ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📚 Yuridik kasbga ilk qadam!

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslariga imtihon (suhbat) jarayonlari boshlandi.

🗣 Suhbat davomida talabgorlardan:
🔹 Yuridik kasbni tanlashning asoslantirilishi
🔹 Huquqiy bilimlar
🔹 Tahliliy fikrlash qobiliyati baholanmoqda.


📊 Baholash 100 ballik tizimda amalga oshiriladi. Kamida 56 foiz natija to‘plagan nomzodlar o‘qishga tavsiya etiladi.

📈 Qabul jarayonida masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslari uchun jami 820 nafar talabgor (shundan 783 nafari o‘zbek, 37 nafari rus guruhiga) hujjat topshirdi.

📍 Suhbatlar institut binosida o‘tkazilmoqda, natijalar institutning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinadi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
#Adliya_xabari

🔷Oliy Majlis Qonunchilik palatasida hakamlik sudlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi


Joriy yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Hakamlik sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda byudjet intizomini kuchaytirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Mazkur qonun loyihasi bilan endilikda doimiy faoliyat yurituvchi hakamlik sudlari nodavlat notijorat tashkilotlari huzurida tashkil etilishi, hakamlik sudyasi sifatida Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus tayyorlov dasturi asosida o‘qitilgan shaxslar faoliyat yuritishi, shu jumladan, Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda har uch yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarini o‘tashi belgilanmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi doimiy faoliyat yurituvchi hakamlik sudlarini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirishga, manfaatlar to‘qnashuvi va hakamlik sudlari tomonidan noqonuniy qarorlar qabul qilinishining oldini olishga hamda davlat budjeti mablag‘larining asossiz sarf qilinishiga barham berishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Joriy yilning 10-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga muvofiqlikni baholash organlarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda mahsulotlarni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik berishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi qabul qilindi.

Mazkur qonun loyihasi bilan Fuqarolik kodeksi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Standartlashtirish to‘g‘risida” va “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
texnik reglamentlar hamda qo‘llanishi majburiy bo‘lgan standartlar talablariga javob bermaydigan mahsulotning kamida 70 foizini o‘rnatilgan tartibda chaqirib olgan yuridik shaxslarni tegishli moliyaviy sanksiyalardan ozod qilish;

muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish natijasida fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda muvofiqlikni baholash organi tovarning (ishning, xizmatning) sotuvchisi, tayyorlovchisi (ijrochisi) bilan bir qatorda yetkazilgan zararni qoplashda solidar javobgar bo‘lishini belgilash;

muvofiqlikni baholash qoidalarini buzganlik uchun muvofiqlikni baholash organiga nisbatan tegishli jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalarni qo‘llashda oqibat kelib chiqqanlik talabini chiqarib tashlash.


Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi iste’molchilar huquqlarini yanada ishonchli himoya qilish, muvofiqlikni baholash organlarining mas’uliyatini yanada oshirish, tegishli talablariga javob bermaydigan mahsulotni chaqirib olgan yuridik shaxslarni tegishli moliyaviy sanksiyalardan ozod qilish orqali sifatsiz va xavfli mahsulotlar realizatsiyasi va iste’molini cheklashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ortga qaytmas islohotlar | Samarqand viloyati Samarqand shahri

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_yangiliklari

🟢 MChJ to‘g‘risidagi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi

2025-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi.

📌 Mazkur hujjat Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy, bozorbop korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy qilishga xizmat qiladi.

Quyidagi asosiy o‘zgarishlar nazarda tutilmoqda:

▪️ MChJlar endilikda litsenziyadan tashqari ruxsat etuvchi hujjatlar yoki xabardor qilish tartibida faoliyat yuritishi mumkin
▪️ Ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi
▪️ Filial, vakolatxona, sho‘ba va qaram xo‘jaliklar tashkil etish huquqi belgilanadi
▪️ Kuzatuv kengashi faoliyati va qarorlarni sirtdan ovoz berish orqali qabul qilish tartibi joriy etiladi
▪️ Fiduziar majburiyatlar, minortiar va majortiar ishtirokchilar huquqlari aniqlashtiriladi
▪️ Ichki va tashqi audit tartiblari takomillashtiriladi
▪️ Moliya hisobotlarini jamoatchilikka e’lon qilish bo‘yicha yangi qoidalar joriy qilinadi

📈 Qonunning qabul qilinishi ishtirokchilar huquqlarini himoyalash, zamonaviy boshqaruv tamoyillarini keng joriy qilish va investitsion muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Advokatlarga “Odam savdosi va korrupsiyaga oid jinoyatlarda ishtirok etishda advokatlarning o‘rni” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

🔹Adliya vazirligi BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatga qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) bilan hamkorlikda respublikada faoliyat yuritayotgan advokatlar uchun UNODC mutaxassislari, xalqaro ekspertlar, Advokatlar palatasi va Oliy sud vakillari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

🔹Mazkur tadbir odam savdosi va korrupsiyaga oid jinoyatlarda advokatlarning ishtirokini kuchaytirish, ularning ushbu yo‘nalishdagi kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarni o‘rganish orqali jinoyat ishlarida samarali huquqiy himoyani ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

🔹Seminar-treningda ma’ruzachilar “Odam savdosi – so‘nggi tendensiya va muammolar”, “Korrupsiya va odam savdosi – global sharh”, “O‘zbekistonda odam savdosi va korrupsiyaga oid jinoyatlarni ko‘rib chiqishda advokatlarning himoyachi sifatidagi vazifalari”, “Odam savdosi va korrupsiyaga oid jinoyatlarni ko‘rib chiqishda odil sudlovni ta’minlashda sudyalar va advokatlarniтп o‘rni” mavzularida o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

🔹Shuningdek, seminar davomida bu sohada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, amaliyotdagi muammolar haqida qizg‘in savol-javoblar orqali fikr almashildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har 5 yil uchun qancha muddat qo'shimcha mehnat ta'tili berilishi lozim?
Anonymous Quiz
66%
2 kalendar kun
11%
4 kalendar kun
15%
5 kalendar kun
8%
8 kalendar kun
📍 Farg‘onada yangi saylangan mahalla raislari uchun o‘quv seminari boshlandi

🏛 Bugun Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi hamkorligida Farg‘ona viloyatida yangi saylangan mahalla raislari uchun malaka oshirish o‘quv seminari o‘z ishini boshladi.

Mazkur o‘quv seminari yangi saylangan mahalla raislarining o‘z faoliyatini samarali tashkil etish, “Mahalla yettiligi” instituti doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, aholi muammolarini o‘z vaqtida va tizimli hal etish borasidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirishni maqsad qilgan.


🗒 Seminar davomida mahalla raislariga ularning vakolat va mas’uliyatlari, huquqiy asoslar, jamoatchilik bilan samarali ishlash usullari, profilaktika va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish mexanizmlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilishi ko‘zda tutilgan.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram