ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FHDY organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlardan onlayn foydalaning!

Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani my.gov.uz portali orqali onlayn olish mumkinligini bilarmidingiz?

Tug'ilganlik haqida guvohnomani onlayn olish tartibi va uning qulayliklari bilan quyidagi videolavhada tanishing:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi aniqlandi

Adliya vazirligining Xalqaro-huquqiy hamkorlik va xalqaro reytinglar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i Saipov Ikrom G‘afurovich 2025-yilning may oyi uchun vazirlik tomonidan “Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi” deb e’tirof etildi.

Ikrom G‘afurovich o‘z mehnat faoliyatini 2005-yilda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida boshlagan. 2018-yildan boshlab Adliya vazirligida turli mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2023-yildan buyon Adliya vazirligining Xalqaro-huquqiy hamkorlik va xalqaro reytinglar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i sifatida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Xususan, “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha doimiy shtabga rahbarlik qilgan. Forum davomida 1000 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, 150 ga yaqin nufuzli xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etgan.

Vazirlik jamoasi Saipov Ikrom G‘afurovichni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Unga kelgusi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat va bardavom zafarlar tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi


Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Shukurov Eldor Narzulla o’g’li joriy yilning may oyi uchun oyning eng yaxshi texnik xodimi deb topildi.

Eldor Shukurov vazirlikdagi mehnat faoliyatini 2024-yilning oktabr oyidan boshlab Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasining 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida davom ettirmoqda.

E. Shukurov vazirlikning notariat va advokatura yo’nalishida xorijiy tajribani o’rgangan holda ma’lumotnomalar tayyorlab, “E-notarius.uz” va “E-advokat.uz” elektron axborot tizimlari yuzasidan murojaat qilgan fuqarolarga tizimdan foydalanish bo’yicha yordam berib kemoqda. Shuningdek, aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishda samarali mehnat qilib kelmoqda.

Vazirlik jamoasi Eldor Shukurovni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlovchi muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.

Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FHDY organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlardan onlayn foydalaning!

Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani my.gov.uz portali orqali onlayn olish mumkinligini bilarmidingiz?

Tug'ilganlik haqida guvohnomani onlayn olish tartibi va uning qulayliklari bilan quyidagi videolavhada tanishing:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Dunyodagi eng gʻaroyib qonunlar

Qonunlar jamiyatning ichida yashaydi va uning talablariga mos ravishda shakllanadi. Lekin baʼzi qonunlar shu darajada noodatiy va gʻaroyib boʻladiki, ularni eshitgan odam hayratda qoladi.

Batafsil 👉 shu yerda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Mehnat_huquqlari

🗓 Qonunchilikka ko'ra, 12 yoshga to'lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolaning ota-onasidan biriga yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxsga har yili davomiyligi kamida to'rt kalendar kun bo'lgan haq to'lanadigan qo'shimcha ta'til beriladi.

📋 Bunda mazkur ta'til yillik mehnat ta'tiliga qo'shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta'tildan alohida (to'liq yoxud qismlarga bo'lib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkin.

🚫 Ammo ushbu ta'tilni keyingi ish yiliga ko'chirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo'l qo'yilmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya yangiliklari kanalini qanchadan beri kuzatasiz?
Anonymous Poll
19%
yangi qo'shildim
29%
bir yil
20%
uch yil
32%
besh yil
#Adliya_aralashgach
#Sirdaryo_viloyati

Mavsumiy ishchilarning mehnat huquqlari tiklandi

Xovos tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi muassasalarda mehnat qonunchiligiga rioya etilishi holatlari o‘rganildi.

▶️Batafsil👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bir_murojaat_izidan
#Navoiy_viloyati

📹 Mehnat shartlariga amal qilmaslik, ish samaradorligini pasayishiga, xodim va ish beruvchi o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ana shu nuqtada huquqlar himoyasi uchun tegishli organlar ko‘magiga ehtiyoj seziladi. Uchquduqlik Malika Xudoyberdiyeva tashkiloti tomonidan ish haqqiga ustama to'lanmaganligi vaj bilan adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#bir_murojaat_izidan
#Namangan_viloyati

Adliya aralashuvi bilan 40 nafar xodimning buzilgan huquqlari tiklandi


Mingbuloq tumani adliya bo‘limiga 2025-yil 5-martda О'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 30-avgustdagi 288-sonli buyrug`iga asosan umumtа'lim muassasalarining ba`zi boshqaruv va texnik xodimlari qisqartirilgan xodimlari tomonidan О'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 173-moddasiga asosan ishdan bo`shatish nafaqasi to‘lanmayotganligi yuzasidan bir nechta murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu murojaatlarga asosan Mingbuloq tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 51 ta maktabda o`rganish olib borildi.

Batafsil shu yerda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_viloyati

Axborot 24 | Sayyor qabulda aholi murojaatlari yechim topmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Yoshga doir pensiya bilan bogʻliq 6 muhim savolga javob

Erkaklar 60 yoshga toʻlganda hamda ish stajlari kamida 25 yil boʻlgan taqdirda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻladilar. Ayollar esa, 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʻlgan taqdirda yoshga doir pensiya olishlari mumkin.


Batafsil 👉 shu yerda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Xalqimiz orasida "Ismigul" qo'shig'i bilan tanilgan ijodkor O'ktam Hakimov mualliflik huquqlarini tiklab berishni so'rab Adliyaga murojaat qildi..

Аdliya vazirligi tomonidan ijodkor O'ktam Hakimovga tegishli "Ismigul" nomli musiqiy asar ijtimoiy tarmoqlarda "Nadyr" taxallusi bilan bilan tanilgan ijodkor Nodirbek Igamberdiyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan foydalanilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

⚖️ Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida – 750 000 (yetti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.


⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Transport vositalari qiymatini baholashga oid yangi standart tasdiqlandi

🗓 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining “O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug'i (ro‘yxat raqami 3487-2, 2025-yil 5-iyun) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📄 Hujjat bilan 15-son “Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti va unga oid metodika tasdiqlandi.

🔹 Ushbu standart asosida transport vositalarining qiymatini baholash va ularga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlashga doir talablar belgilandi.

🔹Shuning, quyidagilar baholanadi:
• yengil avtomobillar,
• yuk avtomobillari,
• avtobuslar,
• tirkamalar va yarim tirkamalar,
• maxsus texnikalar,
• qishloq xo‘jaligi va yo‘l-qurilish texnikalari,
• mototexnika (moped, skuter va boshqalar),
• velosipedlar.

📊 Baholash uslublari:
▪️ Qiyosiy yondashuv – o‘xshash transport vositalari qiymati bilan solishtirish orqali;
▪️ Daromad yondashuvi – tijorat maqsadlarida foydalanilayotgan vositalar bo‘yicha kelajakdagi daromadlar asosida;
▪️ Xarajat yondashuvi – tiklash yoki almashtirish xarajatlari asosida, eskirish darajasini inobatga olgan holda.

🚗 Shuningdek, ushbu standartda shikastlangan transport vositalari qiymatini aniqlash va zarar miqdorini hisoblash tartibi ham belgilab berilgan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bilasizmi

✔️Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan va rasmiy band bo'lgan yolg'iz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida bir nafar farzandi uchun bola(lar) 3 yoshga to'lgunigacha maktabgacha ta'lim xizmatidan foydalanish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamg'armasi mablag'lari hisobidan BHMning bir yarim baravarigacha miqdorida moddiy yordam beriladi.

📢 Bunda agar bolalar egizak bo'lsa, moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_aralashgach

Mehnat haqi kechikdi, lekin adolat kechikmadi

Sayxunobod tuman adliya bo‘limiga fuqaro I. B. murojaat qilib, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan so‘ng hisob-kitob to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmayotganidan shikoyat qildi.

▶️Batafsil👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
"E-huquqshunos" elektron tizimini yanada takomillashtirish masalasi ko'rib chiqildi.

Adliya vazirligi tomonidan "E-huquqshunos" elektron tizimiga innovatsiyalar joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu maqsadda, Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda "Unicon-soft" kompaniyasi mas'ul xodimlari ishtirokida "E-huququshunos" elektron tizimiga innovatsiyalarni joriy etish, vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiyani kengaytirish strategiyasi ishchi tartibda ko'rib chiqildi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "E-huquqshunos" elektron tizimi hamda "xarid.uzex.uz" portali o'rtasida hujjat aylanishning biznes-protsessi ishlab chiqilib, Maktabgacha va maktab bo'limlari tomonidan autsorsing shartnomalarini tuzish bilan bog'liq barcha jarayonlarni yaxlit konsepsiya asosida tashkil etishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, "E-huquqshunos" elektron tizimi orqali hujjat loyihalarini paket usulida ishlab chiqish hamda konstruktor funksiyasini joriy etish mexanizmi hamda muddatlari ishchi tartibda belgilab olindi.

Sohani takomillashtirish bo'yicha ishlar davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🟢 Mediatsiya institutini takomillashtirishga doir qonun loyihasi qabul qilindi

Joriy yilning 10-iyun kuni O‘zbeksiton Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi qabul qilindi.

🔹Mazkur qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni, Oila kodeksi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni, Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni, Soliq kodeksi va “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

▪️mediatsiya qo‘llaniladigan sohalar doirasi kengaytirilmoqda;
▪️mediatorga doir talablarni qayta ko‘rib chiqilib, mediatorlarning noprofessional turi chiqarib tashlanmoqda va mediatorlarga oliy ma’lumotli bo‘lish talabi qo‘yilmoqda;
▪️notariuslarga “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan barcha turdagi sohalar bo‘yicha mediator vazifasini amalga oshirish vakolati berilmoqda;
▪️mediatorlarning malakasini oshirish talabi belgilanmoqda;
▪️mediatorlarning malaka komissiyalari tashkil etilishi nazarda tutilmoqda;
▪️mediativ kelishuvni majburiy ijro etishga oid qoidalar kiritilib, mediativ kelishuvlar sud tomonidan ijro varaqasi berilgandan so‘ng majburiy ijro etilishi lozimligi belgilanmoqda.


Mazkur qonun loyihasining qabul qilinish nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarining amaliyotda samarali ishlashini ta’minlashga, jismoniy va yuridik shaxslarning nizolarini sudga qadar oson va tezkor hal etilishini ta’minlashga, sudlarda ish yuklamasini kamaytirishga va O‘zbekistoning biznes yuritish va investitsion imijini xalqaro darajada ko‘tarilishiga erishishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM