ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Шавкат Мирзиёев Қарши шаҳридаги Давлат хизматлари маркази ва Технопарк фаолиятини кўздан кечирди.
Президент марказдаги шароитлар билан танишди, хизматлар кўлами билан қизиқди. Одамлар талабидан келиб чиқиб, янги хизмат турларини йўлга қўйиш, аҳолига қулайлик яратиш бўйича топшириқлар берди.
IT-технопарк фаолияти билан танишар экан, давлат раҳбари ҳар бир ҳудуднинг ўзига хос имкониятлари, долзарб муаммоларига мос бўлган дастурий маҳсулотлар яратиш кераклигини таъкидлади.

Шавкат Мирзиёев посетил Центр госуслуг и Технопарк в городе Карши, ознакомился с созданными здесь условиями, результативностью работы. Дал указания запустить новые виды услуг с учетом запросов граждан, сделать обслуживание более удобным.
Знакомясь с деятельностью IT-технопарка, глава государства отметил необходимость создания программных продуктов с учетом специфики и актуальных проблем каждого региона.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #texnopark

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qashqadaryo_viloyati
#Adliya_aralashgach

Fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.

Yakkabog‘lik fuqaro Y.J Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tizimida bir necha yillar davomida faoliyat olib borgan.

Fuqaro hozirda vaqtincha ishsiz, ishlagan davrida to'lanmay qolgan ish haqini olish uchun tashkilotga bir necha marta qilgan murojaati javobsiz qolgach, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilishga majbur bo'ldi.


Adliya boshqarmasi tomonidan murojaat atroflicha o'rganilib, fuqaro Y.Jning manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudiga ariza kiritildi.

Sud tomonidan ariza qanoatlantirilib Qashqadaryo viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining zimmasiga fuqaro Y.J foydasiga 26 978 000 so‘m miqdoridagi tegishli to'lovlarni to'lab berish majburiyati yuklatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Qashqadaryo_viloyati

G'uzor tuman adliya bo‘limiga tumanning “Tinchlik” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.P murojaat qilib, o'z murojaatida 2024-yil 1-maydan 2025-yil 1-fevralga qadar maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori lavozimida ishlagan davri uchun ish haqlari to'lab berilmayotganligini ma’lum qildi.

O‘rganish natijasida, haqiqatdan ham, DMTT direktori Z.P ga yuqoridagi ishlagan davrlari uchun asossiz ravishda jami 15 462 000 so‘m oylik ish haqi to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Shunga ko'ra, G'uzor tuman adliya bo'limi tomonidan tegishli ta’sir choralari qo'llanilishi natijasida tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tomonidan fuqaro Z.P ga 15 462 000 so‘m miqdoridagi ish haqi to‘lab berilishi ta’minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_aralashgach
#Qashqadaryo

Yosh shifokorlarning ustama pullari undirib berildi.

Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan uch nafar salohiyatli yosh shifokor adolat izlab, Dehqonobod tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishdi. Ular o‘z murojaatlarida, qonun bilan belgilangan maxsus ustamalar – yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan rag‘batlantiruvchi to‘lovlar – ularga berilmayotganini ma’lum qilishdi.

Adliya bo‘limi bu murojaatni befarq qoldirmadi. Mavjud huquqiy asoslar sinchkovlik bilan o‘rganilib, tuman tibbiyot birlashmasining bunday harakati noo‘rin va qonunga zid ekani aniqlandi. Natijada, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritildi. Biroq, birinchi instansiya sudi yosh shifokorlarning haqiqatga to‘la da’vosini rad etdi.

Shunga qaramay, adolat yo‘lida kurash to‘xtamadi. Dehqonobod tuman adliya bo‘limi ushbu masalada kassatsiya tartibida shikoyat kiritdi. Va nihoyat, 2025-yil 28-may kuni Qashqadaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan adolat qaror topdi – birinchi instansiya sudining asossiz qarori bekor qilinib, uch nafar salohiyatli yosh shifokorning foydasiga jami 22 million so‘m miqdoridagi maxsus ustama mablag‘larini undirish haqida qaror chiqarildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_hudud
#Qashqadaryo

Adliya vaziri A.Tashkulov Qashqadaryo viloyatida.

🔹A.Tashkulov Qashqadaryoga xizmat safari davomida viloyat adliya boshqarmasi binosida tashkil etilgan Davlat rahbarining 2024 -yil 24 -maydagi PF-80-son Farmoni va 2025- yil 3 - yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi hamda adliya organlariga biriktirilgan “og'ir toifa”dagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimoti bilan hamda situatsion markaz faoliyati bilan ham tanishdi.

🔹Shtabda tuman (shahar) adliya boʻlimlariga biriktirilgan “og'ir toifa”dagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, mavjud kamchiliklar, mahallalarda olib borilayotgan targ'ibot tadbirlari, uchrashuvlar hamda mahallalar kesimida jinoyatchilik holatlarini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoni mavjud.

🔹“Yoshlar balansi” elektron dasturi esa og'ir toifadagi yoshlar bilan ishlash tizimini elektronlashtirish maqsadida yaratilgan boʻlib, dasturga adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, sohaga oid muammolarini hal etish hamda ularning bandligi va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar kiritib boriladi.

🔹Shuningdek, situatsion markazda tuman (shahar) adliya boʻlimlarida mavjud barcha elektron qurilmalar, davlat xizmatlari koʻrsatilishi, adliya binolariga oʻrnatilgan quyosh panellarining energiya ishlab chiqarish faoliyati, shuningdek, avtomobillar harakatini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoni mavjud.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Qashqadaryo_viloyati

Yakkabog' tuman adliya bo'limi tomonidan fuqarolarga huquqiy yordam ko'rsatilmoqda

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Qashqadaryo_viloyati

Maxsus reportaj |Prezident qarorlari hayotda va nazoratda


Prezident hujjatlari ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyatida adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar "O'zbekiston24" telekanalining "Ortga qaytmas islohotlar" ko'rsatuvida.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Qashqadaryo_viloyati

Maxsus reportaj | Adliya tizimidagi islohotlar: sifatli huquqiy yordam va davlat xizmatlari kafolatlanmoqda


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_hudud
#Qashqadaryo_viloyati

📌Yana bir ijobiy natija: 255 nafar fuqaroning uy-joyiga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi!

⚖️Qashqadaryo viloyatida fuqarolarning mulkiy huquqlarini qonuniylashtirish borasida tizimli ishlar davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida yana 255 nafar fuqaroning uy-joy va yer uchastkalariga nisbatan mulk va ijara huquqlari rasman tan olindi.

Hududlar kesimida:

🔹Kasbi tumani — 33 nafar
🔹Qamashi tumani — 35 nafar
🔹Dehqonobod tumani — 10 nafar
🔹Qarshi tumani — 18 nafar
🔹Nishon tumani — 3 nafar
🔹Gʻuzor tumani — 50 nafar
🔹Ko‘kdala tumani — 9 nafar
🔹Shahrisabz shahar — 3 nafar
🔹Koson tumani — 13 nafar
🔹Chiroqchi tumani — 22 nafar
🔹Mirishkor tumani — 11 nafar
🔹Shahrisabz tumani — 8 nafar
🔹Yakkabog' tumani — 17 nafar
🔹Kitob tumani — 11 nafar

🔶Ma'lumot uchun: Bugungi kunga qadar viloyatda jami 517 nafar fuqaroning huquqlari e'tirof etilishi ta'minlandi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_hudud
#Qashqadaryo_viloyati

Xodimning 137 232 148 so‘mlik foydalanilmagan mehnat ta'tili pullari undirib berildi.

Muborak tumani, “Ko‘hna shahar” MFYda yashovchi fuqaro Ch.O tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tomonidan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2025-yil 4-yanvar kuni bekor qilingan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati Muborak tumani adliya bo‘limi tomonidan o'rganib chiqildi.

O'rganish natijasiga ko'ra, adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

Natijada, ushbu da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaroning foydasiga 137 232 148 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta'minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_aralashgach
#Qashqadaryo_viloyati

ADLIYA ARALASHUVI BILAN XODIMLARNING PULLARI UNDIRIB BERILDI


Chiroqchi tuman adliya bo’limi tomonidan tumandagi 32-sonli maktabining sobiq direktori M.A va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.Slarning foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovlarini undirib berishda amaliy yordam berishni so'rab yo'llagan murojaati o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida haqiqatda xodimlarning 76 117 000 so‘m miqdorida foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovlari tuman MMTB tomonidan to‘lanmasdan kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan Adliya bo'limi tomonidan tuman MMTBga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlarini to'lab berish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Natijada, fuqaro M.A va O.Slarning foydasiga 76 117 000 so‘m foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_aralashgach
#Qashqadaryo_viloyati

ADLIYA ARALASHGACH O'QITUVCHILARNING PULLARI UNDIRIB BERILDI

Ko'kdala tuman adliya bo’limi tomonidan Ko'kdala tumani 75-maktab o'qituvchilari Z.I va M.Ilarning moddiy yordam pullarini to'lab berilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatlari o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida haqiqatda xodimlarning 14 500 000 so‘m moddiy yordam pullari tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan to‘lanmasdan kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan adliya bo'limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga "TAQDIMNOMA" kiritilib, fuqaro Z.I va M.Ilarga 14 500 000 so‘m moddiy yordam pullari to'lab berilishi ta’minlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Qashqadaryo_viloyati

ADLIYA ARALASHGACH TARBIYACHILAR VA O'QITUVCHILARNING PULLARI UNDIRIB BERILDI

Kasbi tuman adliya bo’limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida o'tkazilgan monitoring natijasida bir qancha mehnat qonunchiligi talablari buzilganligi aniqlandi.

Aniqlanishicha, Kasbi tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan homiladorlik va tug'ish ta'tiliga chiqqan 13 nafar umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari va 16 nafar davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining xodimlariga 206 238 578 so‘m miqdorida tug‘ruq ta’til pullari to'lanmasdan kelinayotganligi ma'lum bo'ldi.


Holat yuzasidan adliya bo'limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga taqdimnoma kiritilib, homiladorlik va tug'ish ta'tiliga chiqqan 13 nafar umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari va 16 nafar davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining xodimlariga 206 238 578 so‘m miqdorida tug‘ruq ta’til pullari berilishi ta’minlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo

Nikoh shartnomasi nima? Fuqarolarimiz bu haqida nimalarni bilishadi?

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
7🔥2
#Adliya_hudud
#Qashqadaryo_viloyati

Qashqadaryoda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlari e'tirof etilgan fuqarolar soni jami 5244 nafarga yetdi.

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida qabul qilingan qarori bilan viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi yana 1388 nafar fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_kuni
#Qashqadaryo

Davlat xizmatlari markazida rahbar va yoshlar uchrashuvi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Qashqadaryo_viloyati

Hamshiralarning ustama pullari undirib berildi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥1