ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul
#Sayyor_xizmat

❗️Farg‘ona viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul va o'rganishlar olib borilmoqda

Farg'ona tumanidagi "Yangiyo'l" MFY binosida turli idoralar mutasaddilaridan iborat Ishchi guruhi a’zolari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o'tkazildi.

Tumanning turli MFYlarida yashovchi aholi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning ko‘plab murojaatlari eshitildi.

Sayyor qabul davomida adliya organi xodimlari tomonidan 15 nafar fuqarolarning murojaati joyida hal etildi, 10 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi, 2 ta murojaat ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, ushbu tadbirda 35 nafardan ortiq fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Sayyor_xizmat

❗️Farg‘ona viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan
sayyor qabul va o'rganishlar olib borilmoqda.

Quvasoy shahri markazidan olis hududda joylashgan "Sufon" mahallasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, shahar adliya bo'limi hamda hamkor tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o'tkazildi.

80 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari eshitilib, 10 dan ortiq fuqarolarning murojaati joyida hal etildi, 20 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 4 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

42 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari, 12 nafariga sayyor notarial xizmatlari ko'rsatildi.

30 dan ortiq fuqarolar bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Sayyor_qabul
#Sayyor_xizmat

❗️Andijon viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan
sayyor qabul va o'rganishlar olib borilmoqda.

Oltinko'l, Shahrixon va Baliqchi tumanlari markazidan olis hududda joylashgan mahallalarda Respublika ishchi guruhi a'zolari hamda hamkor tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida o'rganishlar davom etmoqda.

O'rganish va sayyor qabullarda:

700 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari eshitilib, 100 dan ortiq fuqarolarning murojaati joyida hal etildi, 500 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 119 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

71 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari, 26 nafariga sayyor notarial xizmatlari ko'rsatildi.

50 dan ortiq fuqarolar bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM