ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.46K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
❗️Maʼlumki, joriy yil 18-aprelda Tadbirkorlik faoliyatini samarali qoʻllab-quvvatlash, ular uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda ichki bozorda adolatli raqobat muhitini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-67–son Farmoni qabul qilindi.

Ushbu Farmonga muvofiq, jahon iqtisodiyotidagi keskin oʻzgarishlar, tashqi xatarlar va global raqobat sharoitida milliy ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarni samarali qoʻllab-quvvatlash, ichki bozorda adolatli raqobat muhitini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bir qator vazifalar belgilangan.


🔹Shundan kelib chiqib, Adliya vazirligi tomonidan nazorat qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Bojxona qoʻmitasida tadbirkorlar ishtirokida tovarlarga nisbatan talab etiladigan ruxsat beruvchi hujjatlarini olish bilan bogʻliq jarayonlarda yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida uchrashuv oʻtkazildi.

🔹Yigʻilishda Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari N.Musamuxamedov, qator mutasaddi tashkilotlar vakillari va hududiy bojxona boshqarmalari masʼullari ishtirok etishdi.

🔹Uchrashuv davomida tadbirkorlarning muammo va takliflari eshitilib, tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish masalalari muhokama qilindi.

🔹Tadbir yakunida tegishli chora tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Bugun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan intellektual mulk sohasiga oid 2 ta qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.


Birinchi loyiha, ya’ni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk himoyasini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi bilan 4 ta Kodeksga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

mualliflik huquqi va turdosh huquqlarn buzganlik uchun ma’muriy jarima miqdori oshirilmoqda;
seleksiya yutug‘iga bo‘lgan huquqni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kiritilmoqda;
patentga oid (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi va seleksiya yutug‘i) huquqbuzarliklar sodir etishda foydalanilgan ashyolarni musodara qilish ma’muriy jazo chorasi sifatida kiritilmoqda;
adliya organlarining kontrafakt tovarlarni ko‘zdan kechirish va xatlash vakolatlari kiritilmoqda;
muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilib, buzilishi javobgarlikka sabab bo‘ladigan intellektual mulk obyektlari doirasi kengaytirilmoqda;
intellektual mulk egalarining mulkiy huquqlarini (tovar belgisi, ixtirolar, dasturiy ta’minot, sanoat namunasi va boshqalarga doir huquqlar) buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda;
tovar belgisi bo‘yicha ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar huquqbuzar hisobidan muomaladan olib qo‘yilishi va yo‘q qilinishinazarda tutilmoqda.


Mazkur Qonunning qabul qilinishi milliy qonunchilikni JSTning TRIPS bitimi asosiy talablariga uyg‘unlashtirish ishlarini samarali va tez fursatlarda to‘liq yakunlash, intellektual mulk sohasidagi javobgarlik choralarini kuchaytirish orqali kontrafakt mahsulotlarning aylanmasiga chek qo‘yish va aholining, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk obyektlarini qonuniy foydalanish bo‘yicha mas’uliyatini va davlatning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ikkinchi loyiha, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirilishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi bilan intellektual mulk sohasiga oid 7 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasida quyidagi masalalar ko‘zda tutilgan:

intellektual mulk obyektini ro‘yxatdan o‘tkazishda davlat bojini to‘lash uchun belgilangan 3 oylik muddat o‘tkazib yuborilganda, ushbu muddatni qo‘shimcha to‘lov evaziga (patent bojining 50 foizi) 6 oygacha uzaytirish;
seleksiya yutuqlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda talab etiladigan ayrim hujjatlarni (seleksiya yutug‘idan foydalanmaganligi to‘g‘risida deklaratsiya, sinovdan o‘tkazish uchun materialni belgilangan muddatda ixtisoslashtirilgan tashkilotga taqdim etish majburiyati) bekor qilish;
sanoat mulki obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarida talab qilinadigan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni bekor qilish;
EHM uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan talabnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish muddatini 10 kun etib belgilash;
intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi muhofaza hujjatlarini yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda elektron shaklda avtomatik tarzda berish;
tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazish muddatini 7 oydan 1 oyga qisqartirish;
intellektual mulk sohasiga oid ayrim qonun hujjatlaridagi ayrim tahririy jihatdan o‘zgartirishlar kiritish.


Mazkur Qonunning qabul qilinishi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va innovatsion yuksalishiga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi intellektual mulk ekosistemasi shakllanishiga hamda intellektual faoliyat natijalari egalari va tadbirkorlik subyektlariga o‘z intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilishda qulay shart-sharoitlar yaratilishiga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aholiga davlat xizmatlaridan samarali va qulay foydalanishni ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ichki ishlar organlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida mavjud muammolar yuzasidan onlayn muloqot o‘tkazildi.

Muloqotda qonun buzilishi holatlarini oldini olish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasini takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati

🔹Parkent tuman adliya bo‘limi tomonidan "Olmazor" va "Cho'qqayma" mahallalarida "Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga" huquqiy aksiyasi doirasida uyma-uy yurgan holda fuqarolarning muammolari o'rganilib, tegishli huquqiy yordam ko'rsatildi.

Batafsil videoda👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi, shu jumladan Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan Xorazm viloyatining chekka va chegara oldi hududlarida o'rganishlar olib borildi.


Respublika ishchi guruh tarkibida Adliya vazirligi mas'ullari, dastlab, Xiva shahri hokimligida aholi murojaatlari bilan ishlash, mahallalarda xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek mazkur shaharning “Lolazor”, "Mevaston" va "Sangar" mahallalari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda fuqarolardan suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish, fuqarolik pasportini olish, tadbirkorlik uchun yer maydonini ajratish va shu kabi turli masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish choralarini ko'rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili E.Stiprays bilan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 13-may kuni Adliya vaziri Akbar Tashkulov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduard Stipraysni qabul qildi.

Uchrashuvda Adliya vaziri A. Tashkulov so‘nggi yillarda mamlakatimizda adliya va huquq, shuningdek inson huquqlari va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda ushbu islohotlarda Yevropa Ittifoqining o‘rni haqida gapirib o‘tdi.

Eduard Stiprays janoblari, o‘z navbatida, adliya va huquq sohalarida amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholab, ularni yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv davomida tomonlar «O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi» hamkorlik kengashi hamda adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar bo‘yicha kichik qo‘mitasi doirasida doimiy ravishda qonun ustuvorligi va sud-huquq sohasini takomillashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash sohalarida o‘zaro hamkorlik faol yo‘lga qo‘yilgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar borasida erishilayotgan natijalarga yuqori baho berildi.


Uchrashuv yakunida tomonlar fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari borasida o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish, hamkorlikda adliya va huquq sohasidagi tadbirlarni o‘tkazishga kelishib oldilar.

Shu bilan birga, A.Tashkulov Yevropa Ittifoqini qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va ochiq xalqaro hamkorlikni ta’minlash va mustahkamlashda O‘zbekistonning ishonchli va uzoq muddatli strategik sherigi ekanligini ta’kidladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Avval xabar berganimizdek, hududlarda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi o‘rganilmoqda.

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan hududlarda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tizimini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy choralar koʻrilmoqda.

Jumladan, Ishchi guruh tomonidan Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida “Yuridik yordam” axborot tizimining yoʻlga qoʻyilganlik holati, bu borada adliya boʻlimlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyati tahlil qilinib, surishtiruv va tergov organlari xodimlari, sudyalar va advokatlar, shuningdek tuman adliya boʻlimlari masʼullari ishtirokida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi boʻyicha amaliy seminarlar tashkil etildi.


Bundan tashqari, ishchi guruh tomonidan mazkur hududlarda notarial arxivlarda arxiv ishini tashkil etilganligi holati hamda tuman (shahar)lardagi ayrim notariuslar faoliyati yuzasidan monitoring oʻtkazilib, mas’ullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM