ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.46K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Yangi ishlab chiqilayotgan qonun loyihasi muhokama qilindi.


🔹Joriy yilning 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasida Adliya vazirligi va Advokatlar palatasi mas’ullarining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilishni bartaraf etishga qaratilgan qonun loyihasi muhohama qilindi.

🔹Muhokama jarayonida mas’ullar tomonidan taklif, fikr va mulohazalar oʻrtaga tashlanib, ushbu qonun loyihasi bilan bogʻliq norma ijodkorligi jarayonida oʻzaro hamkorlikni izchil davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Hamdardlik

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamoasi Inson resurslari boshqarmasi bosh maslahatchisi Fahriddin Allayorovga otasi Mamadamin Allayorovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Xorazm_viloyati

🤔Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 741-son qarori bilan jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Madad” — muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti hamda tuman (shahar)larda uning huquqiy maslahat byurolari tashkil etildi.

🤔Yuqoridagi 👆videoda Xorazm viloyati Urganch tumanida "Madad" huquqiy maslahat byurosi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍️Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar Yagona elektron reyestri shakllantirilishi davom etmoqda.

🇺🇿Moliya - 41 ta.
👮‍♀️Iqtisodiy jinoyatlar - 41 ta.
🇺🇿Suv xo'jaligi - 94 ta
🇺🇿Mehnat munosabatlari - 48 ta.

🧾Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9- noyabrdagi PF–244-son Farmoniga muvofiq Tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarning Yagona elektron reyestri ishga tushirilishi belgilangan.

🏛Аdliya vazirligi tomonidan sohaga masʼul tashkilotlar bilan birgalikda bugungi kunga qadar 700 dan ortiq hujjatlar xatlovdan oʼtkazilib, ularda 35 mingga yaqin majburiy talablar mavjudligi aniqlandi.

📢Shundan, 22 mingdan ortiq majburiy talablar Yagona elektron reyestrda eʼlon qilinishi taʼminlandi.

👉Majburiy talablar yagona elektron reyestriga oʼting.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Farg'ona_viloyati
#Adliya_aralashgach

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan «Huquqiy mahalla» loyihasi doirasida uyma-uy yurgan holda fuqarolarning muammolari aniqlanib, ularni hal etish choralari ko'rilmoqda.

Xususan, mazkur loyiha doirasida Farg'ona shahar adliya bo'limining amaliy yordami bilan 3 nafar fuqaro imtiyozli shartlarda muddatidan oldin pensiyaga chiqish imkoniyatiga ega bo'ldi.


Adliya boshqarmasi tomonidan "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yuqoridagi👆 video orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#E'lon

BARCHA ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Advice.uz huquqiy axborot portalida abituriyentlar uchun yangi huquqiy axborot bo'limi ishga tushdi.

Ushbu bo‘limda siz:

Kirish imtihonlariga oid eng so‘nggi yangiliklar;
Qabul jarayonlari haqida to‘liq maʼlumot;
Imtiyozlar va imkoniyatlar;
Muhim huquqiy maslahatlar;
Ko‘p beriladigan savollarga javoblar va boshqa ko‘plab foydali maʼlumotlarni topishingiz mumkin.

O‘qishga kirish jarayonida huquqiy bilimlaringizga tayaning!

👉 "Abituriyentlar uchun" bo‘limiga hoziroq o‘ting.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.


Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili hamda Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “Aholining huquqiy xabardorligini oshirish yo‘llarini takomillashtirish masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida parlament a’zolari, davlat organlari va idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, huquq faollari, “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlari himoyasini mustahkamlash” loyihasi ekspertlari oflayn va onlayn formatlarda ishtirok etdi.

Ta’kidlandiki, aholining huquqiy ongini oshirish — faqat davlat organlari emas, balki fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va huquq faollari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan umumiy vazifadir. Chunki fuqarolarga o‘z huquq va imkoniyatlarini anglatish, ularni qonuniy yechimlar bilan ta’minlash — inson qadrini yuksaltirishning asosiy shartlaridan biridir.


Shundan kelib chiqib, tadbirda ushbu masalalar bo‘yicha aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan muhim yo‘nalishlar belgilab olinib, fuqarolarning huquqiy institutlarga ishonchini mustahkamlash bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand_viloyati

Ishtixonda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

🔹Ishtixon tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning "Qo'ng‘irot" mahallasida joylashgan 13-umumiy o'rta ta'lim maktabida maktab o'qituvchilari va o'quvchilari ishtirokida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

🔹Tadbirda ishtirokchilarga qonunchilikdagi yangiliklar, mehnat va soliq qonunchiligi, pensiya va nafaqa, tadbirkorlik, kadastr, uy-joy va boshqa masalalar bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, sayyor tartibda 4 ta davlat xizmati ko'rsatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_viloyati

Maxsus reportaj | Vazifa va ijro: Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "#Huquqiy_mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar.

Batafsil yuqoridagi👆 video orqali tanishing.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Huquqiy_axborot_minbari

❗️ "Yo'l harakati qoidalari" mavzusida suhbat tashkil etiladi


⚖️ "Yo'l harakati qoidalari" mavzusida ekspertlar bilan suhbat tashkil etiladi.

Ovozli chat 14-may kuni soat 16:00 da Huquqiy axborot telegram kanalida boshlanadi.

🎙Suhbat spikerlari: O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mutaxassislari hamda sudyalar

📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan yoki to'g'ridan to'g'ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

📌 Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv_jarayoni

🧷 Bugun Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi va uning hududiy sho‘balari xodimlari uchun malaka oshirish kursi boshlandi.

Tinglovchilar “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali qonunlar, farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish bo‘yicha Adliya vazirligi markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalarining vazifalari, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha yagona va uzluksiz “texnologik zanjir”ni tashkil qilish borasidagi ustuvor yo‘nalishlar va ularning ahamiyati va boshqa bir qator mavzular doirasida huquqiy bilimlarini mustahkamlashga erishadilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand_viloyati

Toyloq tuman adliya bo'limining amaliy yordami bilan 2 nafar fuqaroning uzoq yillardan buyon O'zbekiston Respublikasida yashaganlik fakti belgilandi.

O'zim Tojikiston Respublikasidan Samarqand viloyatining Toyloq tumaniga kelin bo'lib tushganman. Qariyb qirq yildan buyon O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo'lishni kutib yashadim. Farzandlarim pasport olganida havas bilan qarardim. Turmush o'rtog'im va farzandlarimda pasport bor, faqat bitta menda yo'q edi. Saylovlarda ishtirok eta olmasdim...


Batafsil yuqoridagi 👆 videoda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasida bo'lib o'tgan “Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston mehnat armiyasi jangchilarining jasorati” hujjatli arxiv ko‘rgazmasining ochilish marosimidan videolavha.

Batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektron raqamli imzo faqat oʻzingizga tegishli. Uni hech kimga ishonib topshirmang – hatto yaqinlaringizga ham!

📽 Videorolik orqali siz:
🔹 ERIning afzalliklari;
🔹 Undan xavfsiz foydalanish qoidalari;
🔹 Vaqtincha “ishonsa ham” qanday tavakkalchiliklar boʻlishi mumkinligini bilib olasiz.

👉 Koʻring va boshqalar bilan ham ulashing!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

"E-huquqshunos" elektron tizimiga sun'iy intellekt texnologiyalari joriy etilmoqda.


Adliya vazirligi tomonidan "Unicon-soft" kompaniyasi bilan hamkorlikda "e-huquqshunos" elektron tizimiga axborot texnologiyalarining eng so'nggi yutuqlari keng joriy etilib borilmoqda.

Xususan, Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlar mas'ul xodimlari uchun tizimdan foydalanishni yanada osonlashtirish maqsadida sun'iy intellekt texnologiyasi asosida ishlovchi "Yurist AI" chat-bot ishlab chiqildii.

Mazkur chat-botga tegishli savol berish orqali "e-huquqshunos" elektron tizimdagi barcha turdagi yuridik tusdagi hujjat loyihalarini avtomatik yaratish (meta usulida) mumkin bo'ladi.


Bundan tashqari, "e-huquqshunos" elektron tizimida avtomatlashtirilgan hujjat loyihalarini birlik hamda ko'plikdagi namunalari ishlab chiqlib, ularni sohalar kesimida ixtisoslashtirilishi ta'minlandi. Bu esa tashkilotlar tomonidan hujjat loyihasini yaratish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish hamda loyiha sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Vazirlik tomonidan sohaga innovatsiyalarni jalb etish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM