ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.46K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi, shu jumladan Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan Andijon viloyatining chekka va chegara oldi hududlarida o'rganishlar olib borilmoqda


Respublika ishchi guruh tarkibida Adliya vazirligi mas'ullari, dastlab, Qo'rg'ontepa va Asaka tumanlarida xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida hududlardagi ijtimoiy soha obyektlari, xususan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, masjid va qabristonlarda olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, Asaka tumanidagi "Niyozbotir" va “Yangi Obod” mahallalarida va Qo'rg'ontepa tumanining "Jannatbuloq" mahallalarida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda fuqarolardan suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish, fuqarolik pasportini olish, tadbirkorlik uchun yer maydonini ajratish va shu kabi turli masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish choralarini ko'rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.


Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Sud-ekspertiza sohasidagi mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev boshchiligida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida prokuratura, ichki ishlar organlari xodimlari, advokatlar va sud-ekspertiza sohasidagi boshqa mutaxassislar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Unda mas'ullarga sud-ekspertiza sohasida qonunchilikdagi yangiliklar, qabul qilinishi kutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.


Shuningdek, uchrashuvda sohadagi mavjud muammolar boʻyicha mutaxassislarning fikr-mulohaza va takliflari tinglanib, mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Namangan_viloyati

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yo'lga qo'yilgan “Biz mahalladamiz” loyihasi asosida Uychi tumani “Toshloq” mahallasida fuqarolarning huquqiy muammolari hal etildi.

Batafsil yuqoridagi 👆video orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Vazir o'rinbosari Surxondaryo viloyatida adliya organlari faoliyati bilan tanishdi
.

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatida bo'ldi.

Xizmat safari davomida Termiz shahrida adliya bo'limi, Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY bo'limi va Davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan tanishdi.

Xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot olib borilib, sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalar tinglandi.

Shuningdek aholiga huquqiy yordam ko'rsatish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Sud ekspertiza faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi
.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida sud ekspertiza faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sohada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan seminar tashkil etildi.

Tadbirda Adliya vazirligi hamda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertizasi markazi mas’ullari tomonidan sohadagi yangiliklar, sud-ekspertiza tashkilotlarining jinoyatchilikni oldini olish va uni fosh etishdagi hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini kafolatli himoya qilinishidagi rolini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Keyingi 4 yilda 20 ta yangi ekspertiza turlari joriy qilindi. “E-ekspertiza” elektron axborot tizimi orqali ekspertlar hamda ekspertiza tayinlovchi organlar o‘rtasida faoliyatni va hujjat almashinuvini raqamlashtirish imkoniyati yaratilgan.


Uchrashuvda ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizaning yangi va boshqa tadqiqot turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish yuzasidan o‘zaro fikr almashinib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand_viloyati

Qo'shrabot tumanida sayyor qabul tashkil etildi.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Qo‘shrabot tumani "Mayintepa" mahallasida hudud aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 12 ta murojaat kelib tushdi. 2 tasi joyida ijobiy hal qilinib, fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

Asosan uy-joyga mulk huquqining yo‘qligi, aliment, bolalar nafaqasi va moddiy yordam, kadastr pasportini shakllantirish, nikoh masalasi bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.


Shuningdek, aholining huquqiy muammolarini o‘rganish davomida fuqarolarga sayyor tarzda 5 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari yuzasidan tushuntirish berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM