ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.81K videos
39 files
9.65K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Surxondaryoda yuridik texnikum foydalanishga topshirildi

So‘nggi yillarda mamlakatda o‘quv-pedagogik jarayonga innovatsion ilg‘or va xalqaro ta’lim standartlarini joriy etishga, kadrlar salohiyatini oshirishga hamda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash alohida e’tibor qaratilmoqda.

Vatanimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami arafasida ilm dargohining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

600 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur ta’lim maskani davlat-xususiy sheriklik asosida kapital ta’mirlanib, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlandi. Qolaversa, katta va yorug‘ sinf xonalari, IT klubi, “Yuridik klinika” markazi, sud amaliyoti zali, axborot resurs markazi, yigit va qizlar uchun alohida yotoqxonalar yoshlarimizning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun sharoit yaratadi.

@adliyangiliklari
#Biz_birgamiz

Bugun yurtimizning 16 shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan "Yangi Nafas" ommaviy yugurish marafoni o‘tkazilmoqda.

Adliya vazirligining ijtimoiy loyihasi hisoblanadigan “Biz birgamiz!” doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar ommaviy yugurish musobaqalariga jalb qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅ Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Davlat xizmatlari ko‘rsatishda fuqaro e'tibor markazida tamoyili amal qiladi

Yangilangan Konstitutsiyada mamlakatimizning ijtimoiy davlat ekanligi belgilandi. Ijtimoiy davlat o‘z mohiyatiga ko‘ra, har bir fuqaroning munosib hayot kechirishiga erishishdir.

Bu borada davlat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarda alohida o‘rin tutuvchi davlat xizmatlari sohasi rivojlantirilmoqda. Sohada keyingi paytda muhim o‘zgarishlar yuz berdi

O‘zA muxbiri adliya vazirining o‘rinbosari Xudoyor Meliyev bilan shu haqda suhbatlashdi.

Batafsil 👉 https://uza.uz/posts/516898

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

3-sentabr kuni respublikamizning 16 shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan "Yangi Nafas" ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi. Adliya vazirligining ijtimoiy loyihasi hisoblanadigan “Biz birgamiz!” doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar ommaviy yugurish musobaqalariga jalb qilindi.

Marafonda ko‘rishda va eshitishda nuqsoni bor hamda boshqa turdagi jismonan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun jami uch turdagi nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar taqdirlanadi.

Marafon haqida batafsil 👉 video lavhada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

2023-yil 4-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev bilan Yaponiya parlamenti quyi palatasi Qonunchilik va huquqiy masalalar qo‘mitasi raisi Tadaxiko Ito o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
Sudga hamma ham kira oladimi? Sudni foto, audio yoki video tasvirga olish mumkinmi? Muhim 7 savolga 7 javob

Sudga hamma ham kira oladimi? Sudni foto, audio yoki video tasvirga olish mumkinmi? Sud qachon yopiq tarzda ko‘riladi? Ushbu maqolada shu va shu singari boshqa savollarga javob beriladi.

Batafsil 👉 https://hudud24.uz/?p=18142

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

❗️Ma'muriy sudlarning asosiy vazifasi fuqarolar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish hisoblanadi

Ma'muriy sudlarning birinchi navbatdagi vazifasi fuqarolar va tadbirkorlarning davlat organlari bilan munosabatlarida qonun ustuvorligini ta'minlash bilan bir qatorda ular huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hisoblanadi.

Sudlar tomonidan da'vo arizasi, ariza hamda shikoyat sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababi bilan rad etilmaydi, bunda ish uni ko‘rib chiqishga vakolatli sudga o‘tkaziladi.

Ma'muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorida aniqlangan holatlar boshqa ishni ko‘rayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud uchun majburiy hisoblanadi.

🚫 Bir sud ishi doirasida ba'zilari ma'muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirish taqiqlanadi.

@adliyangiliklari