ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.81K videos
39 files
9.66K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Toshkent shahar yuridik texnikumida o‘quvchi va pedagog–xodimlar bilan uchrashdi, Toshkent davlat yuridik universitetining 3-talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
 
Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev 5-sentabr kuni Toshkent shahar yuridik texnikumida bo‘lib, o‘quv muassasasidagi o‘qish jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar masalalarida o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbat olib bordi.

Suhbat jarayonida, o‘quvchi va pedagog-xodimlarning texnikum faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan bildirgan taklif va mulohazalari tingladi, mavjud muammolar yuzasidan o‘z tavsiyalarini hamda o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Vazir o‘rinbosari Sh. Rabiyev tomonidan uchrashuv yakunida yuridik texnikumning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan 2-bosqichda tahsil olayotgan 5 nafar o‘quvchilarga Adliya vazirligi stipendiyasi guvohnomalarini topshirildi.

Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari Toshkent davlat yuridik universitetining 3-talabalar turar joyi binosiga ham tashrif buyurib, talabalar turar joyida talabalarning yashashi, o‘z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport va boshqa klublarda qatnashishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, turar joy faoliyatini tashkil etish hamda nazorat qilish bo‘yicha ma’sullarga tegishli tavsiyalarini berdi.

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Tovar belgisiga nisbatan huquqbuzarlik holati bartaraf etildi

Adliya vazirligiga “Rasulov Abduzokir” xususiy korxonasiga tegishli muhofazaga olingan “CHIG‘ATOY” so‘zli ko‘rinishdagi tovar belgisidan “A. CH” MChJ tomonidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganligi hamda jamiyatning mutlaq huquqlari buzilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

👉Batafsil
___________

👉 На русском

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mutaxassis_sharhi

Yuristlar malakasini oshirish markazi o‘qituvchisi Shohjahon Jumayev aybsizlik prezumpsiyasi haqida gapirib berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Tadbirkorlik subyektlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishidagi cheklovlar olib tashlanmoqda

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

"Madad" muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda "Bolalar yo‘l harakati ishtirokchisi" nomli davlat ijtimoiy buyurtmasi ijrosi bo‘yicha Farg‘ona shahridagi 26-sonli umumta'lim maktabida o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv maydonchasi foydalanishga topshirildi.

Ushbu maydoncha real chorrahalar va yo‘l belgilari asosida qurilgan. Shuningdek, maydonchadan yon atrofdagi mahallalar hamda maktablar o‘quvchilari amaliyot o‘tkazish maydonchasi sifatida foydalanishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur o‘quv maydonchasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi "2022—2026-yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan "Xavfsiz va ravon yo‘l" umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya tadbirkorning manfaatlarini sudda himoya qildi

Shartnomaga asosan tadbirkor tomonidan 20 ga yaqin ko‘chalarda joriy ta’mirlash ishlari olib borilgan, biroq bajarilgan ushbu ishlar uchun unitar korxonasi tomonidan to‘lovlar amalga oshirilmagan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mutaxassis_sharhi

Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri Sevarxon Maripova mediatsiya haqida gapirib berdi.

@adliyangiliklari
#OAV_biz_haqimizda

Tadbirkorlik subyektlarining sud orqali himoyalanishini cheklovchi normalar bekor qilinadi

Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

Shu asosda qonunchilikda qanday yangiliklar joriy etiladi? Bu savolga adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov javob berdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Biz_kontrafaktga_qarshimiz

Respublika boʻylab kontrafaktga qarshi targʻibot tadbirlari boshlandi

Joriy yilning 4–5-sentabr kunlari Adliya vazirligi xodimlari tomonidan Navoiy viloyati hududida joylashgan savdo majmualarida kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Respublika bo‘ylab profilaktika tadbirlarini amalga oshirishdan maqsad, aholini intellektual mulkka bo‘lgan hurmat hissini kuchaytirish, kontrafaktga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish hamda hududiy adliya organlari xodimlarining intellektual mulk huquqini himoya qilish yuzasidan bilim va koʻnikmalarini oshirishdan iborat.

Targʻibot tadbirlari davomida kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va savdoga taklif etishga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda kontrafakt mahsulotlar katalogi tarqatildi.

👉На русском

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi Moliya-kredit, soliq, bojxona va investitsiya faoliyati sohasidagi qonunchilik bo‘limi boshligʻi Axadjon Adxamjon o‘g‘li Soliyev 2023-yilning avgust oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

A. Soliyev Adliya vazirligidagi mehnat faoliyatini 2018-yilda Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida boshlagan. 2018—2023-yillarda Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi katta, yetakchi va bosh maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. Joriy yilning iyun oyidan ushbu boshqarmaning Moliya-kredit, soliq, bojxona va investitsiya faoliyati sohasidagi qonunchilik bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyatini yuritib kelmoqda.

A. Soliyev moliya va kredit, banklar va bank faoliyati, soliq sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, mazkur sohalarda huquqiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishda samarali faoliyat yuritmoqda.

Vazirlik jamoasi Axadjon Soliyevni ushbu e'tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining vakillari Toshkent viloyati yuridik texnikumida o‘quvchi va pedagog–xodimlar bilan uchrashdi

Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J. Nuritdinov 6-sentabr kuni Toshkent viloyati yuridik texnikumida bo‘lib, o‘quv muassasasidagi o‘qish jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar masalalarida o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbat olib bordi.

Suhbat jarayonida o‘quvchi va pedagog-xodimlarning texnikum faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan bildirgan taklif va mulohazalari tingladi, mavjud muammolar yuzasidan o‘z tavsiyalarini hamda o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Uchrashuv yakunida yuridik texnikumning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan 2-bosqichda tahsil olayotgan 5 nafar o‘quvchilarga Adliya vazirligi stipendiyasi guvohnomalari topshirildi.

@adliyangiliklari