ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.81K videos
39 files
9.66K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“G‘IJDUVON SHASHLIK” GEOGRAFIK KO‘RSATKICH SIFATIDA DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, tovarni muayyan geografik ob’ekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb e’tirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi geografik ko‘rsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasining ko‘magi bilan joriy yilning 24-avgust kuni “G‘IJDUVON ShAShLIK” geografik ko‘rsatkich sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Buxoro viloyatida birinchi bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ushbu geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma uning egasi, ya’ni G‘ijduvon tuman hokimligiga guvohnomada ko‘rsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini beradi.

Mazkur geografik ko‘rsatkich guvohnomasi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Bahronov tomonidan davlatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami tadbirlari doirasida G‘ijduvon tuman hokimi Sh.Ashurovga tantanali ravishda topshirildi.

Eslatma: muayyan tovarning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘shimcha majburiyatlarni yuklamaydi, geografik ko‘rsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

📣 Adliya vazirligidan yana bir foydali loyiha. Endi “So’ragan edingiz” rukni video formatda.

❓Bugun kontrakt uchun imtiyozli kredit olish tartibi, shartlari, buning uchun talab qilinadigan hujjatlar haqida ma’lumot beramiz.

Batafsil 👉 videoda.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘n beshinchi zamonaviy Davlat xizmatlari markazi binosi foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida Davlat xizmatlari markazining ochilishi nafaqat Kegeyliliklar uchun, balki barchamiz uchun muhim voqeadir. Endilikda ushbu markaz orqali fuqarolar 300 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi o‘n beshinchi yangi Davlat xizmatlari markazi ham davlat xizmatlaridan eksterritoriallik tamoyili asosida, yaʼni yashash joyidan qatʼiy nazar foydalanish imkonini beradi. Shu o'rinda takrorlanmas meʼmoriy dizaynga ega Markaz Kegeyli tumanining 70 000 dan ortiq aholisiga xizmat ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlarga ega.

Yangi binoda adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY bo‘limi va davlat xizmatlari markazining bir joyda bo‘lishi hudud aholisiga yana bir qulaylik yaratadi.

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov va Kegeyli tuman hokimi A.Kamalov, adliya bo‘limi vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_yangiliklari

“Faxriylarimiz doimo e'zozda” nomli uchrashuv o‘tkazildi

Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining tashabbusi bilan adliya tizimida uzoq yillar mehnat qilib, ustoz sifatida o‘rin egallagan faxriylar uchun “Faxriylarimiz doimo e'zozda” nomli uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan dastlab FHDY arxiviga, so‘ngra Davlatobod va Yangi Namangan tumani adliya bo‘limlariga tashrif buyurilib, Davlat xizmatlari, FHDY, yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar guvohi bo‘lishdi.

Shundan so’ng, boshqarma boshlig‘i va Adliya vazirligi faxriylar kengashi a’zolari hamda uchrashuv ishtirokchilari xodimlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlarda yoshlarni vatanparvar qilib tarbiyalash, ularni tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetishga o‘rgatish,  ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo’yicha o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

Oʻtkazilgan tadbirlarda yoshlarga xos kuch-gʻayrat, oʻrta va keksa avlod vakillarining boy hayot maktabi birlashdi. Shu asnoda xulosalar qilinib, ishtirokchilar oʻzlarining hayotiy tajribasi va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasidagi qimmatli mulohazalari bilan oʻrtoqlashishdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

ISHTIXONDA ADLIYA BO‘LIMINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Bino davlat-xususiy sheriklik asosida qariyb 1 mlrd 200 mln so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga qurilib, foydalanishga topshirildi. Ishtixon tumanining 260 mingdan ortiq aholisi uchun chinakam bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Mazkur zamonaviy ikki qavatli binoda fuqarolar uchun barcha qulayliklar mavjud. Xususan, kutish xonalari, shinam tadbirlar zali va fuqarolarni qabul qilish xonasi hamda boshqa qulayliklar shular jumlasidandir. Muhimi, bino qayta tiklanuvchi energiya tizimiga ulangan bo‘lib, o‘rnatilgan quyosh panellari binoni uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash imkonini beradi.

@adliyangiliklari
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
«Eng yaxshi xizmat – uni olganingizni bilmay qoladigan xizmatdir». DXMlardagi xizmat turlari 500 ga yaqinlashadi. Buning qanday oqibatlari bor?

Hozirda Davlat xizmatlari markazlari kuniga o‘rtacha 70 ming kishiga xizmat ko‘rsatmoqda. Kelasi yil oxirigacha taqdim qilinayotgan davlat xizmatlari soni 310 dan 450 ga yetkaziladi. Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Kun.uz'ga taqdim qilgan maqolasida xizmatlar sonining oshishi fonida – kutish vaqti va xodimlar ish yuklamasi ortishi kabi qator risklarni hisobga olish, foydalanuvchilar uchun maksimal qulayliklarni saqlab qolish haqida so‘z boradi.

👉 https://kun.uz/uz/55940398

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Navoiyda G‘ozg‘on shahar adliya bo‘limi binosi foydalanishga topshirildi.

Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan G‘ozg‘on shahar adliya bo‘limi yangidan qad ko‘tarib, g‘ozg‘onliklar uchun bayramga munosib tuhfa bo‘ldi.

Zamonaviy me’moriy yechimga ega binoda davlat xizmatlari markazi, davlat notarial idorasi, FHDY bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi joylashgan. Bu esa g‘ozg‘onliklar uchun juda qulay imkoniyat.

Adliya bo‘limida  G‘ozg‘on shahrining 7 000 nafardan ortiq aholisiga huquqiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Barcha xizmatlar elektron navbat orqali yo‘lga  qo‘yilgan. 5 ta xizmat ko‘rsatish oynasida fuqarolarga 300 dan ortiq davlat xizmati ko‘rsatiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston davlat mustaqilligining 32 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Bugungi qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik tilaymiz.

Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Dolzarb

📍Geogarafik ko‘rsatkichlar mintaqaviy brendlarni rivojlantirishga xizmat qiladi
 
Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoga ochilmoqda, turizm salohiyati kengaymoqda va respublikamizning har bir hududining o‘ziga xos tabiati va an’analari mavjud bo‘lib, ularni jahon miqyosida mashxurlikka erishishida albatta hududiy brendlarni rivojlantirish va uni shu hudud bilan bog‘liqligini ko‘rsatishda intellektual mulk obyektlarning bir turi bo‘lgan geografik ko‘rsatkichlarning o‘rni beqiyos hisoblanadi.

Mamlakatimizda geografik ko‘rsatkichlar 2022-yil 3-martda qabul qilingan “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.

👉Batafsil

👉На русском

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM