#Diqqat_aksiya
Adliya vazirligi tomonidan “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.
⏳ Aksiya 2023-yil 30-iyunga qadar davom etadi.
Hududiy adliya organlari tomonidan mahallalarda ommaviy sayyor qabullar tashkil etiladi.
Sayyor qabullarda:
🔹fuqarolarning muammolarini joyida hal etish choralari ko‘riladi;
🔹o‘rganilishi talab etiladigan murojaatlar nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi;
🔹aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ta'sir choralari qo‘llaniladi;
🔹sayyor xizmatlar (notarius, davlat xizmatlari, FHDY va boshqalar) tashkil etiladi.
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Qatar davlati Adliya vazirligi o‘rtasida 2023–2025-yillar uchun hamkorlik dasturi imzolandi
👉Batafsil

#Tayinlov
Azamat Hamraqulovich Aliyev O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrug'i bilan Toshkent shahar yuridik texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.
A.Aliyev 1990-yil, 31-iyulda Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, huquqshunos, 2012-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
A.Aliyev shu kunga qadar Toshkent shahar yuridik texnikumi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

#Eslatma
Kontrafakt mahsulotni qanday aniqlash haqida tushunchaga ega emasmisiz? Unda yuqoridagi tasvir orqali haqiqiy tovar va kontrafakt oʻrtasidagi farqni taqqoslashingiz mumkin!
Kontrafakt bu xuddi "Adidas" tovarini xarid qilaman deb “Abibas”ni adashtirib sotib olishga oʻxshaydi.
Asosiysi arzon mahsulotni koʻrganda uni sotib olishga shoshilmang.
Eslatma! Tovar belgisidan noqonuniy foydalanib, iste’molchini chalg’itganlik uchun javobgarlik belgilangan.
🔰Hurmatli tadbirkor, oʻzganing tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanishdan saqlaning, oʻz brendingizni yarating va uni rivojlantiring.

#Diqqat_loyiha
Taqiqlovchi yo‘l belgilari jamoatchilik xabardor qilinganidan so‘ng o‘rnatiladi va yo‘l belgilarining dislokatsiyasi e'lon qilib boriladi
👉Batafsil
Muhokamada faol bo‘ling ✏️ https://regulation.gov.uz/oz/d/81246

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida “Inson huquqlari oliy qadriyat” hamda “Mehnat huquqlarini o‘rganamiz” huquqiy aksiyalari doirasida ommaviy sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning muammolarini joyida hal etish, o‘rganilishi talab etiladigan murojaatlar nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun qabul qilish, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ta’sir choralari qo‘llash, sayyor xizmatlar (notarius, davlat xizmatlari, FHDY va boshqalar) tashkil etishdan iboratdir.
Sayyor qabulda ishtirok etgan aholi uy-joy bilan ta’minlashda subsidiya olishda ko‘maklashish, elektr tarmoqlaridagi past kuchlanishni bartaraf etish, ish bilan ta’minlash va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar berish yuzasidan murojaatlar qildilar. Aksariyat murojaatlarni qabul davomida hal etish choralari ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining
15-3 va 22-10-moddasiga muvofiq Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining buyrug‘iga asosan:
▫️Guliston tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Davron Djamoliddinovich Israilovning (litsenziya SI № 0024, 23.03.2021-y.) litsenziyasining amal qilishi hamda notarius maqomi tugatildi.

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-2-moddasiga asosan Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining tegishli majlisi bayonnomasiga asosan:
▫️Boyovut tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Shavkat Egamkulovich Narkulovning (litsenziya SI 0023, 21.04.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2023-yilning 6-iyun kunidan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish masalalari” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi!
🎙Suhbat spikerlari:
👨⚕️Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi mas’ul xodimlari va X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertizasi markazi mutaxassislari.
⏰Ovozli chat 9-iyun kuni soat 16:30da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.
📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.
Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap

Huquqiy Gap
⚡️“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish masalalari” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi! 🎙Suhbat spikerlari: 👨⚕️Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi mas’ul xodimlari…
⚡️“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish masalalari” mavzusida audio-podkast boshlandi.
Ulanish 👉 @huquqiy_gap
Ulanish 👉 @huquqiy_gap
#Adliya_tabrik
9-iyun — Xalqaro arxivlar kuni!
Sana munosabati bilan adliya vaziri Akbar Toshqulov sohaning fidoiy va jonkuyar xodimlari, faxriylari va xizmatchilariga tabrik yo‘lladi!
@adliyangiliklari
9-iyun — Xalqaro arxivlar kuni!
Sana munosabati bilan adliya vaziri Akbar Toshqulov sohaning fidoiy va jonkuyar xodimlari, faxriylari va xizmatchilariga tabrik yo‘lladi!
@adliyangiliklari
#Tayinlov
Shomurod Zakirovich Sattarov O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrug'i bilan Toshkent viloyati yuridik texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.
Sh.Sattarov 1987-yil, 9-avgustda Qashqadaryo viloyati, Yakkabog' tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, huquqshunos, 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Sh. Sattarov shu kunga qadar Toshkent shahar Chilonzor tumani adliya bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuriib kelayotgan edi.

#Adliya_munosabati
Adliya vazirligi huzuridagi sobiq Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan byudjet mablag‘larini talon-taroj qilganlik holati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumotlar yuzasidan Adliya vazirligi quyidagilarni ma'lum qiladi.
Vazirlikning ichki audit xizmati 2022-yil dekabr – 2023-yil fevral oylarida 2019–2022-yillarda davlat xizmatlari ko‘rsatishda noto‘g‘ri to‘langan yoki xizmatdan foydalanilmagan mablag‘larni yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishda belgilangan tartibga rioya etilishi o‘rganilgan. O‘rganishda cobiq Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasida 864 mln so‘m va Samarqand viloyat boshqarmasida 394 mln so‘m jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarishi lozim bo‘lgan mablag‘lar ayrim buxgalteriya va davlat xizmati markazi xodimlari tomonidan o‘zlashtirilganligi aniqlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘liq qaytarilishi ta'minlangan. Aybdor 7 nafar xodim lavozimidan ozod etilgan hamda jinoiy javobgarlik masalasini hal etish uchun to‘plangan meteriallar shu yil fevral oyida prokuratura organlariga yuborilgan.
Shu o‘rinda ta'kidlash kerakki, davlat xizmatlari markazlari aholiga yiliga 11,5 mlndan ortiq xizmat ko‘rsatadi va bu xizmatlar uchun 1,1 trln so‘m to‘lovlar undiriladi, xato o‘tkazilgan yoki xizmatdan foydalanmagan 4 mingga yaqin shaxsga to‘langan mablag‘lar qaytariladi.
Barcha jarayon maxsus elektron dasturda amalga oshadi va xodimlar suiste'mol qilishi holatini aniqlash va oldini olish choralari ko‘rib boriladi.
Adliya tizimida faoliyat yuritayotgan har bir xodim o‘z vazifasini halol va vijdonan bajarishi eng yuksak qadriyat hisoblanadi. Bu qadriyatga rioya qilmagan har qanday xodimga nisbatan keskin choralar ko‘riladi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev yoshlar bilan uchrashdi
Davlatimiz tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtiga mazmun olib kirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan bo‘lib, hozirda yoshlar bilan ishlashning mahalla-tuman-viloyat-respublika tizimi yaratildi.
Ushbu tizim asosida eng birinchi o‘rinda yoshlar yetakchilari tomonidan uyma-uy yurib, “Yoshlar balansi”ni to‘liq shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni “Yoshlar daftari”ga kiritish hamda mahallalarda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 9-iyun kuni adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyevning Toshkent viloyati Zangiota tumani “Obod” MFYda yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan muammolar va ular duch kelayotgan qiyinchiliklar tinglanib, har bir yoshga tegishli taklif, tavsiya va maslahatlarni bergan holda ularning muammolari bilan vazirlik vakolati doirasida amaliy yordam yoki yo‘nalishlar berilishi borasida kelishib olindi.

Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi ISO 9001:2015 sifat standarti bo‘yicha xalqaro sertifikat va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatlarini oldi.
Ushbu sertifikatlar agentlik faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. ISO 9001:2015 sifat boshqaruvi tizimi bo‘yicha ish faoliyati jarayonlari va ularning natijasini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, har yarim yillik yakuni bo‘yicha vazirlik ish faoliyati jarayonlari va ularning natijalari oldindan belgilangan mezonlarga ko‘ra baholab boriladi. ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni ko‘rish hamda korrupsiya xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan maqbul va aniq mezonli chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
“O‘zarxiv” agentligi boshqaruv faoliyatiga ISO 9001:2015 hamda ISO 37001:2016 xalqaro standartlarini joriy etish bo‘yicha siyosat ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.
“O‘zarxiv” agentligi boshqaruv faoliyatiga “ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlari bo‘yicha boshqaruv tizimini ishlab chiqish” yuzasidan 2022-yil 22-25-noyabr kunlari o‘qitish kursi tashkil etilib, ushbu kursda 21 nafar tinglovchi ishtirok etib, o‘qish yakunida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga tegishli sertifikatlar topshirildi.
“O‘zarxiv” agentligining Arxiv ishi sohasi boshqaruvi – xalqaro standartlar talablariga muvofiq deb topildi.
9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni ushbu sertifikatlar “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupovga “CERT International” masu'llari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Bu boradagi kompleks ishlar hali davom etmoqda. Har yili mazkur sertifikatga muvofiqlik darajasi xalqaro tashkilotlar tomonidan audit qilib boriladi.
Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentlinining korrupsiyaga qarshi siyosatida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni to‘liq amalga oshirish orqali arxiv muassasalarini korrupsiyasiz sohaga aylantirish ustuvor vazifalardandir.