#Bilasizmi
"Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra, patentning amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda patent egasining iltimosnomasiga binoan Intellektual mulk departamenti tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Patentining amal qilish muddati patent egasining iltimosnomasiga binoan:
❇️ ixtiro patenti 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
❇️sanoat namunasi patenti 5 yilga;
❇️foydali model patenti 3 yilga uzaytirilishi mumkin.
@adliyangiliklari

#Adliya_aralashgach
Qariyb 100 million so‘mlik asossiz qarzdorlik adliya aralashuvi bilan bekor qilindi
“Qoshrabot tuman gaz” taʼminoti bo‘limi tomonidan “Sangzor mojizasi” XK gazdan noqonuniy foydalanib kelinganligi vaji bilan 99 459 360 so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblangani aniqlandi.
👉Batafsil

#Adliya_xabari
Advokatlik guvohnomasini olish endi yana-da oson va zamonaviy
Hukumat qarori bilan Advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Endilikda advokatlik guvohnomasini olish uchun faqatgina elektron murojaat qilishning o‘zi kifoya qiladi (talabgordan ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi).

#Tayinlov
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Sherzod Mirjalilovich Rabiyev adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sh. Rabiyev 1984-yilda Sirdaryo viloyati Xovos shahrida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Sherzod Rabiyev shu kunga qadar Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Adliya vazirligi jamoasi Sh. Rabiyevni yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.
Maʼlumot uchun: adliya vaziri o‘rinbosarlari Aktam Muxammadiyev va To‘lqin Abdusattorov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifalaridan ozod etildi.

Sud-ekspertlik faoliyati bo'yicha muhim uslubiy-qo‘llanma yaratildi
Adliya vazirligi e'tiboringizga Sud-ekspertlik faoliyati: umumiy tushunchalar, sohada yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmani elektron shaklini taqdim etadi.
Mazkur uslubiy qo‘llanma keng jamoatchilik vakillarini sud-ekspertiza sohasi haqida ilk tushuncha va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishini ta’minlash hamda sohadagi mavjud imkoniyatlardan keng foydalanilishi maqsadida ishlab chiqildi.
Ushbu uslubiy qo‘llanma bilan tanishish orqali fuqarolar sud-ekspertiza sohasi haqida umumiy tushunchalarga ega bo‘lib, sud ekspertizasini tayinlash sabablari, uni o‘tkazish muddatlari, sud-ekspertizani amalga oshiradigan ekspertiza muassasalari to‘g‘risida ma’lumotlar, sud-ekspertiza turlari va bunday ekspertizada hal etiladigan savollar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📥 Yuklab olish

#Huquqiy_axborot_minbari
⚡️Mehnat huquqlari bo‘yicha audiopodkast boshlandi
⚖️ Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “Mehnat huquqlarimizni o‘rganamiz“ huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.
🎧 Aksiya doirasida Mehnat kodeksi bo‘yicha avvalgi va yangi tartiblarni qiyosiy tushuntirish hamda bu orqali fuqarolarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida audiopodkast tashkil etiladi.
🎙Suhbat spikerlari: Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti mas'ul xodimlari.
Ovozli chatga ulanish 👉 https://t.me/huquqiyaxborot
📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.
Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

ADLIYA YANGILIKLARI
#Huquqiy_axborot_minbari ⚡️Mehnat huquqlari bo‘yicha audiopodkast boshlandi ⚖️ Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “Mehnat huquqlarimizni o‘rganamiz“ huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda. 🎧 Aksiya doirasida Mehnat kodeksi bo‘yicha avvalgi va yangi tartiblarni…
#Huquqiy_axborot_minbari
⚡️Mehnat huquqlari bo‘yicha audiopodkast davom etmoqda
📹 Onlayn kuzatib borish: https://www.youtube.com/embed/BrBMw1UpV90

YouTube
Меҳнат ҳуқуқлари бўйича аудиоподкаст
#Tayinlov
Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi direktori tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Ulug‘bek Shuxratovich Tashxodjayev Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

O‘zarxiv agentligiga direktor tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Ulug‘bek Mirtalibovich Yusupov Adliya vazirligi huzuridagi O‘zarxiv agentligi direktorligiga tayinlandi.

Adliya vazirligida may oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi
Dilafruz Ulug‘bekovna Sufiyeva Adliya vazirligi markaziy apparatining may oyidagi eng yaxshi xodimi sifatida e'tirof etildi.
D. Sufiyeva 1986-yilda Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos.
Mehnat faoliyatini 2009-yilda Sud departamenti Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Uchtepa tuman bo‘limida sud ijrochisi lavozimidan boshlagan.
2011–2017-yillarda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutida, 2017-yilda bir muddat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonida turli mas'ul lavozimlarda ishlagan.
D.Sufiyeva 2017-yilda Adliya vazirligi markaziy apparatida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan. 2023-yildan boshlab Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.
Dilafruz Ulug‘bekovna huquq ijodkorligi, normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta'sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatni muvofiqlashtirish, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash, huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish sohalarida ayniqsa samarali mehnat qilib kelmoqda.
Shuningdek Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladigan halqaro miqyosdagi tadbirlar tashkillashtirishga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.
Adliya vazirligi jamoasi Dilafruz Sufiyevani ushbu e'tirof bilan samimiy qutlaydi hamda kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

#sayyor_qabul
YANGI BATOSHDA FUQARO MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI
Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Departamenti boshlig'i Sanjar Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qarshi tumanidagi "Yangi Batosh" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul o'tkazildi.
Shu kuni Qarshi tumanida o‘tkazilgan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish davomida jami 39 ta fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi, Shundan 12 ta “Mobil ID”ro‘yhatga olingan bo'lsa, 2 nafar fuqaroning kadastr pasporti shakllantirildi, 4 nafar bolalarni bog'chaga navbatga qo'yish, ERI kalitlarini rasmiylashtirish, 3 nafar nikoh masalasida murojaatlar qabul qilinib, 6 ta tug'ilganlik guvohnomasi o'z egalariga topshirildi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida ishchi guruh tumanning "Kasanachilik" markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Fargʻona viloyatida sayyor qabul oʻtkazildi
Davlat rahbarining tegishli qarorida belgilangan “Istiqbolli geografik ko’rsatkichlarni ishlab chiqaruvchilar bilan joylarda uchrashuvlar tashkil etish, mahsulot spetsifikatsiyasini ishlab chiqishga ko’maklashish” kabi vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida Intellektual mulk markazi rahbariyati ishtirokida Farg’ona viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbirda muassasa direktori Bahodir Sagdullayev boshchiligida jismoniy va yuridik shaxslarning intellektual mulk sohasidagi murojaatlarini ko’rib chiqish maqsadida aholi bilan ochiq muloqot olib borildi. Unda mintaqaviy brendlarni rivojlantirish, oliy ta’lim, ilmiy-taqiqot va boshqa tashkilotlarda yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofazasi, mualliflik huquqi va turdosh huquqlari obyektlarini deponentlashga talabnomalar tayyorlash hamda kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining huquqiy oqibatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash, tovar belgilari va xizmat ko‘rstish belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnoma topshirish, elektron xizmatlardan foydalangan holda ish yuritish jarayonida yuridik ahamiyatga molik yozishmalarni yuritish bo’yicha atroflicha ma'lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarning o‘z tarmog‘ida mavjud muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing
Advokatlik tuzilmasi yangidan tashkil etilganda advokatlik guvohnomasini olish uchun murojaat qilish talab etilmaydi
Advokatga guvohnoma avtomatik tarzda kompozit xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 226-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi bilan advokatlik guvohnomalarining QR-kod qo‘yilgan ID-karta shaklidagi yangi namunasi tasdiqlandi.
📱QR-kodni skanerlash orqali advokatning advokatlik guvohnomasi kim tomonidan berilganligi, advokat maqomi, advokat faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, advokatning ixtisosligi, lisenziya raqami va berilgan sanasi aniqlanadi.
Bunda advokatning ixtisosligi va faoliyat yuritadigan tuzilmasi o‘zgarganda guvohnomani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva advokatura sohasidagi o‘zgarishlar mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berdi: