#Diqqat_muhim
📢📢 Yuridik ta'lim sohasiga befarq bo‘lmaganlar diqqatiga
Bugun, 10-may kuni soat 16:00 da Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatiga oid muhim masalalar bo‘yicha onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi.
Asosiy maqsad — yuridik texnikumlar faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalarini ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikka yetkazish.
Muloqot vazirlikning Facebook dagi “Adliya bilan muloqot” guruhi va YouTube dagi “Adliya vazirligi Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.
Onlayn muloqotda Adliya vazirligi mas'ul xodimlari savollarga javob beradi.
Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.
@adliyangiliklari

#Adliyadan_javob
❓Ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyatni amalga oshirishda ruxsat etishga oid talab va shartlar nimalardan iborat?
— OAV sifatida faoliyatni amalga oshirishda ruxsat etishga oid talab va shartlar:
a) “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;
b) O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish, urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
v) milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborot tarqatmaslik, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni va pornografiyani targ‘ib qilmaslik;
g) ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymaslik;
d) prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz surishtiruv yoki dastlabki tergov materiallarini e’lon qilish, muayyan ish bo‘yicha sud qarori chiqmasdan turib yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirmay turib, uning natijalarini taxmin qilish yoxud sudga boshqacha yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatish taqiqlanadi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida yagona nizom”.

#Xorijiy_OAV_biz_haqimizda
"Labor Code of the Republic of Uzbekistan is being updated"
🔺 (“O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi yangilanmoqda”)
By Nodir Jumanyozov, Head of Department of the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan, PhD of the Chung-ang University of the Republic of Korea
🔺(Nodir Jumanyozov, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i, Koreya Respublikasi Chung-ang universiteti, yuridik fanlari bo`yicha falsafa dokroti, PhD)
Manba: http://www.koreapost.com/news/articleView.html?idxno=32475

#Adliya_xabari
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 03.05.2023-yildagi 144-um-sonli buyrug‘iga asosan, Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Ramazanov Nurshen Urshenovichning (litsenziya raqami SA0027 24.04.2020-y) xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi va notarius maqomi tugatildi.

Forwarded from Rasmiy xabarlar I Официальные новости
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!
✅ Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.
🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.
📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ADLIYA YANGILIKLARI
#Diqqat_muhim 📢📢 Yuridik ta'lim sohasiga befarq bo‘lmaganlar diqqatiga Bugun, 10-may kuni soat 16:00 da Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatiga oid muhim masalalar bo‘yicha onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi. Asosiy maqsad — yuridik texnikumlar faoliyatini…
YouTube
Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatiga oid muhim masalalar bo‘yicha onlayn muloqot.
#Adliyadan_javob
❓Nodavlat notijorat tashkilotining huquqlariga qaysilar kiradi?
— Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:
▪️o‘z a’zolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
▪️ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;
▪️davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;
▪️o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish;
▪️ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
▪️ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;
▪️o‘z ramziy belgilarini ta’sis etish;
▪️o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig‘ilishlar, konferensiyalar o‘tkazish;
▪️qonunchilikka muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish.
Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi 763-I-son qonuni

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi mas’ullari Navoiyda
Navoiy viloyatida Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori A. Xalilov hamda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi A. Sarabekovning sayyor qabuli tashkil etildi. Unda 100 ga yaqin fuqarolar va tadbirkorlar ishtirok etdi.
Qabulda sud-ekspertizasi bilan bog‘liq masalasi bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan murojaatlar kelib tushdi.
Aytib o‘tish kerak, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan olib borilayotgan tergov jarayonlarining adolatli yakun topishida X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining alohida oʻrni bor. Aynan ekspertlarning xulosasi bilan aksariyat jinoyatlar qanday sodir boʻlganiga va jinoyatchilarning shaxsiga oydinlik kiritib kelinmoqda. Jinoyatlarni ochish va odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq tergov organlari hamda sudlar faoliyatida fan-texnika yutuqlaridan keng foydalanishga ehtiyoj ortib borayapti.
Shu bois, sayyor qabul davomida mazkur masala murojaatlarning asosiy mazmuniga aylandi. Nurlan Isroilov Navoiy shahrida bir necha yildan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib keladi. U turar–joy ekspertizasi bo‘yicha qilgan murojaatiga ijobiy yechim topdi.
Bundan tashqari, qabulda fuqarolarga ekspertiza turlari kengayayotgani, endilikda advokatlar tashabbusi bilan ham eksapertiza tayinlash imkoniyatlari mavjudligi borasida ma’lumotlar berildi.
Sayyor qabul davomoda fuqarolarning soliq, bank-kredit, ish satajini tiklash va mehnat munosabatlariga oid murojaatlari tinglanib, adliya ish yurituviga qabul qilindi.

#TashkentLawSpring2023
Через неделю стартует III международный юридический форум «Tashkent Law Spring»
17—18 мая в Ташкенте пройдет III международный юридический форум «Tashkent Law Spring» — одно из значимых событий в сфере права в Центральноазиатском регионе. Форум проводится один раз в два года под эгидой Министерства юстиции Узбекистана.
Главная тема нынешнего форума — «Фундаментальные права как вечные ценности». «Tashkent Law Spring» станет открытой площадкой для обсуждения международными, зарубежными и отечественными экспертами современных правовых тенденций через призму фундаментальных прав.
Форум призван способствовать популяризации современных научных достижений в области права в Узбекистане и мире.
Запланированные темы для обсуждений:
🔹«Альтернативное разрешение споров: от медиации до арбитража»;
🔹 «К верховенству права через качественное нормотворчество»;
🔹«Цифровые технологии в юридической отрасли»;
🔹«Антикоррупционная политика»;
🔹«Юридические кадры для современного права»;
🔹«Современные тенденции развития судебной экспертизы»;
🔹«Государственные услуги: успехи, задачи и перспективы»;
🔹«Экосистема интеллектуальной собственности – инструмент формирования инновационной и промышленной среды Узбекистана».

Bir haftadan so‘ng “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumiga start beriladi
17–18-may kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri hisoblangan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tadi. Forum O‘zbekiston Adliya vazirligi boshchiligida ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
Forumning asosiy mavzusi — “Fundamental huquqlar – abadiy qadriyatlar”. “Tashkent Law Spring” xalqaro, xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan fundamental huquqlar prizmasi orqali zamonaviy huquqiy tendentsiyalarni muhokama qilish uchun ochiq platforma vazifasini bajaradi.
Forum huquq sohasidagi zamonaviy ilm-fan yutuqlarini O‘zbekistonda va jahonda ommalashtirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.
Forum doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar mavzulari:
🔹 "Nizolarni muqobil hal etish: mediatsiyadan arbitrajgacha";
🔹"Sifatli norma ijodkorligi orqali qonun ustuvorligi qadar";
🔹 "Yuridik sohada raqamli texnologiyalar";
🔹"Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar";
🔹"Korrupsiyaga qarshi siyosat";
🔹"Intellektual mulk ekotizimi – O‘zbekistonning innovatsion va sanoat muhitini shakllantirish vositasi sifatida";
🔹"Zamonaviy huquq uchun yuridik kadrlar";
🔹"Sud ekspertizasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari".

❓Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ommaviy axborot vositalari mavjudmi? Agar mavjud bo‘lsa, ular qaysilar ?
— Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ommaviy axborot vositalariga quyidagilar kiradi:
▪️davriy bosma nashrlar (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax va boshqalar);
tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari;
▪️mahsulotlari Internet jahon axborot tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar);
▪️asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar);
▪️reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari (reklama tarqatishga ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, bukletlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar);
▪️ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari (elektron shaklda tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va boshqalar).
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida yagona nizom”.
@adliyangiliklari
❓Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ommaviy axborot vositalari mavjudmi? Agar mavjud bo‘lsa, ular qaysilar ?
— Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ommaviy axborot vositalariga quyidagilar kiradi:
▪️davriy bosma nashrlar (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax va boshqalar);
tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari;
▪️mahsulotlari Internet jahon axborot tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar);
▪️asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar);
▪️reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari (reklama tarqatishga ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, bukletlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar);
▪️ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari (elektron shaklda tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va boshqalar).
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida yagona nizom”.
@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Davlat xizmatlarini ko‘rsatish masalalari (FHDY organlari va Davlat xizmatlari markazlari sohasidagi yangiliklar)” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi!
🎙Suhbat spikerlari:
➖ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mutaxassislari.
⏰Ovozli chat 11-may kuni soat 16:30da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.
📥Savollaringizni @huquqiy_gap kanali izohlarda qoldiring.
Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap

Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining 2023-yilning o‘tgan davri sarhisob qilindi!
Joriy yilning 11-may kuni Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i J.Nuritdinov boshchiligida vazirlik, TDYU mas’ul xodimlari hamda yuridik texnikumlarning rahbar va xodimlari ishtirokida onlayn shaklda 2023-yilning o‘tgan davri bo‘yicha yuridik faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni, ijro intizomi, o‘quvchilar uchun mehnat yarmarkalari o‘tkazilishi, yuridik texnikumlar reytingi holati va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish natijasi yuzasidan yuridik texnikum direktorlariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Davlat rahbarining tegishli qaroriga koʻra, 2022-yil 1-avgustdan boshlab sertifikatsiyalash bilan shug‘ullanuvchi organlar tomonidan respublikada ishlab chiqarilayotgan, realizatsiya qilinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish bosqichida yangi vazifa kiritildi.
Ya’ni, sertifikatsiyalash bilan shug‘ullanuvchi organlarga mahsulotlarda qo‘llanilgan nom, qadoqlar va boshqa rekvizitlarda intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi, geografik ko‘rsatkich, tovar kelib chiqqan joy nomi va sanoat namunasiga) bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish vakolati berildi.
Shu munosabat bilan Adliya vazirligi xodimlari tomonidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida sertifikatlashtirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga intellektual mulk obyektlarining “Sanoat mulki muhofazasi portali”dan foydalanish tartibi yana bir bor tushuntirildi.

❓Jamoat birlashmasi tushunchasi nima?
— Ma’naviy yoki boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish uchun o‘z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmasi jamoat birlashmasi deb e’tirof etiladi.
Jamoat birlashmasi qatnashchilari mazkur birlashmaga mulk qilib bergan mol-mulklariga, shu jumladan a’zolik badallariga bo‘lgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular a’zo sifatida qatnashayotgan jamoat birlashmasining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar, mazkur birlashma esa o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi 763-I-son qonuni
@adliyangiliklari
❓Jamoat birlashmasi tushunchasi nima?
— Ma’naviy yoki boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish uchun o‘z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmasi jamoat birlashmasi deb e’tirof etiladi.
Jamoat birlashmasi qatnashchilari mazkur birlashmaga mulk qilib bergan mol-mulklariga, shu jumladan a’zolik badallariga bo‘lgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular a’zo sifatida qatnashayotgan jamoat birlashmasining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar, mazkur birlashma esa o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi 763-I-son qonuni
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Adliya vaziri A.Toshqulov Sankt-Peterburg shahrida “Adliya vazirlarining ochiq uchrashuvi”da ishtirok etdi
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi XI Peterburg xalqaro yuridik forumida ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun: Peterburg xalqaro yuridik forumi – 2011-yilda taʼsis etilgan boʻlib har yili Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi tashabbusi asosida oʻtkazib kelinadi.
Forumning maqsadi — xalqaro yuridik hamjamiyatni birlashtirish, umumjahon huquq muammolarini yechish boʻyicha yagona yondashuvni ishlab chiqish hamda yuridik olamning yangi trendlarini shakllantirish.
Forum doirasida 12-may kuni tashkil etilgan “Adliya vazirlarining ochiq uchrashuvi”da adliya vaziri A.Toshqulov nutq bilan ishtirok etdi. Uchrashuvida 20 ga yaqin xorijiy davlatlarning adliya va huquq vazirlari ishtirok etib, ishtirokchi mamlakatlarning adliya hamda sud-huquq sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shu o‘rinda, uchrashuv chog‘ida adliya vaziri A.Toshqulov joriy yilning 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi to‘g‘risida to‘xtalib, ushbu muhim siyosiy voqea mamlakatimizda amalga oshirilib kelayotgan islohotlarning mantiqiy davomi ekanligini ta’kidlab, yangi Konstitutsiyada fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashini nazarda tutuvchi huquqiy davlatning barcha belgilari o‘z ifodasini topganini aytib o‘tdi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Forumning asosiy tadbiri hisoblanmish “Huquq suvereniteti” mavzusidagi plenar sessiya va boshqa huquqiy mavzularga oid muloqot sessiyalarida faol ishtirok etdi.
Adliya vazirligi delegatsiyasining Forumdagi ishtiroki davom etmoqda.

❓Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan bojxona ombori qanday bo’lishi kerak?
— Bojxona ombori — maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o‘z ichiga olgan hamda tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan. Bojxona ombori ochiq yoki yopiq turda bo‘lishi mumkin.
______________
❓Har qanday shaxslar foydalanishi mumkin bo‘lgan bojxona omboriga litsenziya talab qilinadimi?
— Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qaroriga asosan talablari mavjud, bu turdagi bojxona ombori — ochiq turdagi bojxona ombori deb nomlanadi.
______________
❓Yopiq turdagi bojxona ombori?
— Litsenziat tovarlarini saqlashga mo‘ljallangan bojxona ombori, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Yopiq turdagi bojxona omboriga litsenziat tovarlaridan tashqari uning tarkibiy tuzilmalari tovarlari ham joylashtirilishi mumkin.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qarori.

Adliya vazirligi va uning tizimida uzoq yillar mas'uliyat va halol mehnat qilib kelgan Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ravshan Sanjarovich Xamidov bevaqt vafot etdi.
Ravshan Sanjarovich shu yil 34 yoshga kirar edi. U Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010-yil huquqshunoslik fakultetining magistratura bo‘limini tugatgan.
Mehnat faoliyatini 14 yil avval Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlagan.
2010—2011-yillarda Adliya vazirligi Jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar boshqarmasi operatori, 2011—2011-yillarda Birinchi bo‘lim 1-toifali ish yurituvchi kotibi, 2011—2012-yillarda Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarma katta maslahatchisi, 2012—2014-yillarda Xalqaro-huquqiy boshqarma yetakchi maslahatchisi, 2014—2016-yillarda Xalqaro huquqiy boshqarma bosh maslahatchisi, 2016—2017-yillarda Tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi, 2017—2019-yillarda adliya vazirining yordamchisi, 2019-yilda Ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2020-yildan boshlab Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 3-darajali adliya maslahatchisi martaba darajasi berilgan, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 25 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan edi.
Uch nafar farzandning otasi, oilaparvar, ochiqko‘ngil, hech kimdan yordamini ayamaydigan, samimiy, hazilkash hamkasbimizni barcha kasbdoshlar birdek hurmat qilardi.
Adliya vazirligi jamoasi hamkasbimiz Ravshan Sanjarovich Xamidovning bevaqt vafoti munosabati bilan barcha yaqinlari va oila a'zolariga chuqur hamdardlik izhor qiladi.