ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
​#TashkentLawSpring2023

Bir haftadan so‘ng “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumiga start beriladi

17–18-may kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri hisoblangan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tadi. Forum O‘zbekiston Adliya vazirligi boshchiligida ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.

Forumning asosiy mavzusi — “Fundamental huquqlar – abadiy qadriyatlar”. “Tashkent Law Spring” xalqaro, xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan fundamental huquqlar prizmasi orqali zamonaviy huquqiy tendentsiyalarni muhokama qilish uchun ochiq platforma vazifasini bajaradi.

Forum huquq sohasidagi zamonaviy ilm-fan yutuqlarini O‘zbekistonda va jahonda ommalashtirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.

Forum doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar mavzulari:
🔹 "Nizolarni muqobil hal etish: mediatsiyadan arbitrajgacha";
🔹"Sifatli norma ijodkorligi orqali qonun ustuvorligi qadar";
🔹 "Yuridik sohada raqamli texnologiyalar";
🔹"Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar";
🔹"Korrupsiyaga qarshi siyosat";
🔹"Intellektual mulk ekotizimi – O‘zbekistonning innovatsion va sanoat muhitini shakllantirish vositasi sifatida";
🔹"Zamonaviy huquq uchun yuridik kadrlar";
🔹"Sud ekspertizasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari".

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring2023

Yana bahor. Yana Toshkent. Va yana "Tashkent Law Spring".

Forumning asosiy mavzusi: “Fundamental huquqlar — abadiy qadriyatlar”

Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirokidagi III Xalqaro yuridik forumi poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi.

Dastur doirasida yalpi majlislar, davra suhbatlari, mahorat darslari va onlayn taqdimotlar o‘tkaziladi!

20dan ziyod mamlakat, 600dan ortiq ishtirokchi, 132 ma'ruza, 16 muhokama sessiyasi!

Unda huquqiy soha rivojlantirishning eng dolzarb masalalari bo‘yicha xorijiy ekspertlarning chiqishlarini kuzatishingiz mumkin.

Mutaxassislarning fikrlari, tahlilchilarning xulosalari, ochiq muhokamalar!

“Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi.

📆 17—18-may kunlari

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring2023

Снова весна. Снова Ташкент. И снова «Law Spring».

III Международный юридический форум «Tashkent Law Spring»
с участием ведущих специалистов в области юстиции и права из Великобритании, Германии, России, Турции, Швеции, Японии и других государств завтра стартует в столице Узбекистана.

В его программе — пленарные заседания и «круглые столы», мастер-классы и онлайн-презентации!

Более 20 стран, свыше 600 участников, 132 доклада, 16 сессионных обсуждений!

Главная тема форума: «Фундаментальные права как вечные ценности».

📆 17—18 мая, Ташкент
____

🇺🇿 O‘zbek tilida

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

Bugun "Tashkent Law Spring" — "Toshkent huquq bahori" xalqaro forumi boshlanadi.

Forumning asosiy mavzusi: “Fundamental huquqlar — barhayot qadriyatlar”.

III Xalqaro yuridik forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirok etadi.

Dastur doirasida yalpi majlislar, davra suhbatlari, mahorat darslari va onlayn taqdimotlar o‘tkaziladi.

20dan ziyod mamlakat, 600dan ortiq ishtirokchi, 132 ma'ruza, 16 muhokama sessiyasi!

Unda huquqiy soha rivojlantirishning eng dolzarb masalalari bo‘yicha xorijiy ekspertlarning chiqishlarini kuzatishingiz mumkin.

Forum dasturi bilan tanishish uchun👉 https://tashkentlawspring.uz/site/agenda

Forum spikerlari bilan tanishish uchun👉 https://www.tashkentlawspring.uz/speaker/index#

Forumni www.tashkentlawspring.uz sayti orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

"Tashkent Law Spring" III Xalqaro yuridik forumi o‘z ishini davom etmoqda.

Forumning asosiy mavzusi: “Fundamental huquqlar — barhayot qadriyatlar”.

Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirok etmoqda.

📹 Forumni onlayn kuzatib borishingiz mumkin:
👉“Yuridik sohada raqamli texnologiyalar” mavzusida navbatdagi sessiya
👉“Nizolarni muqobil hal etish: mediatsiyadan arbitrajgacha” mavzusida navbatdagi sessiya
👉“Sifatli norma ijodkorligi orqali qonun ustuvorligi qadar” mavzusida navbatdagi sessiya

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring2023

Adliya vaziri Akbar Toshqulov xalqaro forumda fundamental huquqlar himoyasi haqida gapirdi:

— Barcha odamlarning qonun oldida tengligi va hech bir tafovutsiz qonun bilan teng himoya qilinish huquqi amalda ta'minlanishi kerak. Mana shu masalalarni hal qilish O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar asosiy mag‘zini tashkil etadi.

Biz yuristlar bilamizki, davlatlarning siyosiy va huquqiy tizimlari turlicha bo‘lganligi sababli fundamental huquqlarni talqin qilish yoki ularga amal qilishda farqlar bor. Bu farq yaxshi yoki yomon tarafga bo‘lishi mumkin. Lekin har qanday jamiyatda ham progressiv fikrlovchi, fundamental huquqlarning fidoyi himoyachilari ham bor-ki, ular vaziyatni yaxshi tomonga burishga doim harakat qilishadi. Men bunday rolda yuristlar ko‘proq bo‘lishini istardim. Chunki, biz yuristlar muammoni kundalik ish jarayonida doim ko‘ramiz va ularning yechimini ham bilamiz.

Shunday ekan forum davomida huquqning mana shunday fundamental masalalarini professional va chuqur yondashuvlar asosida muhokama qilishga chaqiramiz.

Bugun butun progressiv jamiyatlar insonning fundamental huquqlarni har qachongidan yuqori darajaga ko‘tarishga intilmoqda. Bu fundamental huquqlari har bir shaxsning qadr-qimmati va tengligiga asoslanadi.

Ulardan inson huquqlarining asosiy qadriyatlari – shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar kelib chiqadi. Ushbu fundamental huquqlar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mustahkamlangan bo‘lib, hamma joyda bir xil himoya qilinishi shart.

@adliyangiliklari
​#TashkentLawSpring2023

Inson qadrini ko‘tarish uchun nima kerak? Singapur Ichki ishlar va huquq vaziri 3 ta omilni sanadi

Odamlar yaxshi yashashi uchun nima kerak bo‘ladi? Yaxshi ta'lim, farovon yashash va ishlash sharoitlari, qonun ustuvorligi, fundamental inson huquqlarining ta'minlanganligi. Buni hamma davlatda amalga oshirib bo‘ladimi?

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Tashkent Law Spring” xalqaro forumida Singapurning Ichki ishlar va huquq vaziri K. Shanmugam shu haqda gapirdi. Uning fikricha, taraqqiylashmagan mamlakatda inson huquqlari ulug‘lanishini kutishning hojat yo‘q. Ammo hamma davlat o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib buni amalga oshirishga urinib ko‘rishi kerak.

“Men sizlarga Singapurning yutuqlari haqida emas, uning imkoniyatlari haqida gapirmoqchiman. Balki sizda ham bunday imkoniyatlar bordir va insonning dastlabki, fundamental huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun o‘z mamlakatingiz miqyosida buni qo‘llasangiz bo‘ladi”, — deydi vazir.

Vazirga ko‘ra, inson resursi birinchi o‘ringa chiqishi uchun:
1. Kuchli markazlashgan hukumat kerak (u ta'lim, sog‘liqni saqlash – inson huquqlarini ta'minlash bo‘yicha boshqa barcha majburiyatlarini to‘liq bajarishi shart).
2. Kompetentligi bo‘lgan — kuchli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan davlat xizmatchilarini ishga olish kerak.
3. Mamlakatda yashaydigan millatlar birlashuvi kerak.

Shanmugam Singapur qayerdan boshlanganini, hozir qayerda ekanligini va keyinchalik qanday boshqarilishini gapirib berdi. Uning ta'kidlashicha, bir paytlar Singapurning malaylar bilan qattiq nizolari va ziddiyatlari bo‘lgan. Bu shahar-davlat Malayziyaning tijoriy markazi bo‘lgan va tabiiyki, mustaqil bo‘lish uchun davlatning tabiiy resurslari yo‘q edi. Singapur davlatchiligini qurish uchun ham kuchli va yetarli asoslar bo‘lmagan.

Bundan tashqari mamlakat Britaniyaning koloniyalaridan biri sifatida o‘zining identifikasiya qiladigan biror bir asosiga ham ega bo‘lmagan. U yerda ijtimoiy, diniy, siyosiy nizolar ko‘p bo‘lgan. Jinoyatchilik, korrupsiya avjiga chiqqan. Aholida oddiy yashash sharoitlari, kommunal xizmatlar umuman yaxshi bo‘lmagan. Shunga qaramay mamlakat bugun juda shijoatli insonlar yashaydigan, zamonaviy davlatga aylandi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring2023

300 dan ziyod korrupsiyaviy omillar aniqlandi, 7 trln so‘m asossiz saarflanishining oldi olindi, lekin bu kifoya emas

Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan "Tashkent Law Spring" xalqaro huquqiy forumda muhokama qilinayotgan masalalar qatorida qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta'sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertiza qilish mavzusida adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov nutq so‘zladi.

Nutqdan muhim raqamlar:
2022-yilda 144 ta qonunchilik hujjati loyihasining ta'siri baholanib, ulardan 150 dan ortiq talab, majburiyat va cheklov o‘rnatuvchi norma chiqarib tashlandi. Natijada aholi va biznes uchun 7 trln so‘mdan ortiq asossiz xarajatlarning oldi olindi.

Amaldagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilib, 2026-yilga qadar 21 mingdan ortiq hujjatni ekspertizadan o‘tkazish belgilandi.

Dastlabki yilda 1800 dan ortiq hujjat ekspertizadan o‘tkazilib, ularning 12 foizida 300 dan ziyod korrupsiyaviy omillar aniqlandi hamda bartaraf etish bo‘yicha tegishli qonunchilik hujjati loyihalari ishlab chiqildi.

“Tartibga soluvchi gilyotina” usuli orqali qonunchilik bazasini ixchamlashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida bugungi kunga qadar 3 mingdan ortiq Prezident va hukumat hujjati bekor qilinib, milliy qonunchiligimiz deyarli 10 foizga qisqartirildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring2023

Alisher Karimov, adliya vaziri o‘rinbosari:
— Norma ijodkorligida “aqlli tartibga solish” modeli keng joriy etiladi. Bunda barcha hujjatlarning ta'siri baholanadi. Har yili hujjatning samaradorligini o‘rganish, ijrosini ta'minlash hamda baholash uchun statistik ma'lumotlarni yig‘ish maqsadida monitoring o‘tkaziladi.

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

Forum sessiyalari: Yuridik sohada raqamli texnologiyalarni qo‘llash

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri hisoblangan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi o‘z ishini davom etmoqda.

Ushbu forum O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi, “Regional Dialogue” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti va boshqa hamkorlar ishtirokida tashkil etildi.

Forumning asosiy mavzusi — “Fundamental huquqlar – abadiy qadriyatlar”. Forum huquq sohasidagi zamonaviy ilm-fan yutuqlarini O‘zbekistonda va jahonda ommalashtirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.

Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirok etmoqda.

📹 Forumni onlayn kuzatib borishingiz mumkin:
👉“Korrupsiyaga qarshi siyosat” mavzusida navbatdagi sessiya;
👉“Intellektual mulk ekotizimi — O‘zbekistonning innovatsion va sanoat muhitini shakllantirish vositasi sifatida” mavzusida navbatdagi sessiya
👉“Sud ekspertizasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida navbatdagi sessiya

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar

“Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumining “Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar” mavzusidagi sessiyasi ham tashkil etildi.

Sessiya davomida adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yaratilayotgan qulayliklar, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan tezkor va sifatli davlat xizmatlari, sohani jadal rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berib o‘tdi.

Shuningdek, mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish, xizmat koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan oʻzgartirish raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar haqida to‘xtaldi.

Mazkur sessiyada bir qancha xorijiy ekspertlar, shu jumladan BMT TDning Oʻzbekistondagi vakili oʻrinbosari Nika Saidi, TSARKA GROUP asoschisi hamda direktori, Qozogʻistondagi NATIONAL HOLDING ZERDE sobiq raisi Arman Abdrassilov, xalqaro ekspert Aleksandr Antonovs, Viskonsin-Madison universitetining siyosatshunoslik fanlari boʻyicha doktori va magistri Lin Enn Hammergren va boshqa mutaxassislar ishtirok etib, ushbu yoʻnalishdagi xalqaro tajriba bo‘yicha nutq so‘zladi.

Bunday kengaytirilgan va professional formatdagi tadbir O‘zbekiston va xorijiy davlatlarda norma ijodkorligi sifatini oshirishga qaratilgan huquqiy islohotlarni kompleks va chuqur muhokama qilish, jahondagi yangi tendensiyalarni tahlil qilish imkonini berdi.

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

«Tashkent Law Spring» III Xalqaro yuridik forumi doirasida “Xalqaro nohukumat tashkilotlariga yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida muhokama sessiyasi o‘tkazildi.
Unda 15 dan ortiq xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari va 50 dan ortiq milliy NNT rahbar va vakillari ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Singapur Respublikasi Huquq vazirligi o‘rtasida hamkorlik jadallashmoqda

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumi doirasida joriy yilning 18-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulov hamda Singapur Respublikasi Ichki ishlar va huquq vaziri K.Shanmugam o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kashivishvanatxan Shanmugam boshchiligidagi Singapur delegatsiyasi shu kunlarda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro yuridik forumida faol ishtirok etib kelmoqda.

Akbar Toshqulov uchrashuv chog‘ida so‘ngi yillarda O‘zbekistonda investitsiya muhitining yaxshilanishi, bu borada yaratilayotgan keng imkoniyatlar va amalga oshirilgan huquqiy islohotlar haqida Singapurlik mehmonlarni tanishtirib, ushbu yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashish har tomonlama manfaatli ekanligini ta’kidladi.

O‘z o‘rnida, K.Shanmugam “Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumi yuqori saviyada tashkillashtirilganini ta’kidlab, mazkur voqea xalqaro yuridik hamjamiyatni birlashtirishga hamda huquq sohasidagi muammolarga birgalikda yechim izlash uchun foydali platforma sifatida xizmat qilganini bildirdi.

Tomonlar nizolarni hal qilishning muqobil usullari – mediatsiya, arbitraj, Singapur hamkorlik dasturi (SCP) doirasida yuridik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga, norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti yo‘nalishlarida kelgusida Hamkorlik dasturini imzolash orqali aloqalarni mustahkamlashga kelishib oldilar.

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov bilan Tojikiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Nigina Alizoda o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumi doirasida joriy yilning 18-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov bilan Tojikiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Nigina Alizoda o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov mehmonlarni inson huquqlarini ta’minlash, jumladan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va diniy erkinliklarni to‘liq roʻyobga chiqarish, notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, Tojikiston tomoni uchun adliya vazirligida ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi to‘g‘risida taqdimot tashkil qilindi. Taqdimotda vazirlikdagi hujjatlar aylanishi, ish yurituvi tizimi haqida aytib o‘tildi.

Xususan, vazirlik mas’ul xodimlari tomonidan hujjatlarning kirim qilinishi, ularni ijrosini nazorat qilish, hujjatlarni mas’ul tashkilotlarga yuborish tartibi bilan bilan birga xodimlarning ish samaradorligini oshirish bo‘yicha vazirlikda yo‘lga qo‘yilgan amaliyot tushuntirib berildi.

Tomonlar mavjud idoralararo munosabatlarni jadallashtirish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish, aholiga yuridik xizmat ko‘rsatish, ayniqsa bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohalarida doimiy ravishda o‘zaro tajriba almashib turishga, hamkorlikda amaliy va samarador ishlarni yanada faollashtirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida Tojikiston tomonini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

O‘lim jazosi bo‘lmasa ham, korrupsiya kam – Yaponiya sud-huquq tizimining e'tiborli tomonlari

Yaponiya davlat xizmatchilarining halolligi dunyo davlatlari orasida yuqori e'tirof etiladi. Ular orasida korrupsiya holati juda past. Davlat xizmatchilari uchun qattiq qoidalar ishlab chiqilgan. Masalan, davlat xizmatchilariga unga taalluqli bo‘lgan odamlardan 5 ming iena (taxminan 40-50 AQSh dollari) atrofidagi summadan ortiq summada hadya olish mumkin emas.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023
 
Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri hisoblangan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tdi. Forum yagona platformada 600 dan ortiq mahalliy va xorijiy ekspertlarni birlashtirdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Xalqaro xususiy huquqni unifikatsiya qilish instituti Bosh kotibi o‘rinbosari Anna Venetsiano bilan uchrashdi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumi doirasida adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan Xalqaro xususiy huquqni unifikatsiya qilish instituti (UNIDROIT) Bosh kotibi o‘rinbosari Anna Venetsiano o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida xorijiy mehmon bilan ikki tashkilot o‘rtasidagi hozirgi hamkorlik holati va uni istiqbollari muhokama qilindi, xususan O‘zbekiston Respublikasining UNIDROIT tomonidan ishlab chiqilgan 3 ta xalqaro shartnomasidagi ishtiroki hamda istiqbolda yangi shartnomalariga hamda UNIDROITga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilish masalalari bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.

Shu o‘rinda, A.Venetsiano bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ijobiy fikr bildirib, Xalqaro xususiy huquqni unifikatsiya qilish instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi.

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

Intellektual mulk ekotizimini yaratish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba va undagi dolzarb muammolar muhokamasi
 
"Tashkent Law Spring" III xalqaro yuridik forumi doirasida “Intellektual mulk ekotizimi – O‘zbekistonning innovatsion va sanoat muhitini shakllantirish vositasi sifatida” muhokama sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama sessiyasida intellektual mulk sohasi bo‘yicha bir qator xalqaro tashkilotlar, xususan, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Yevroosiyo patent tashkiloti vakillari, xalqaro miqyosdagi taniqli ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy xodimlari, xorijiy davlatlarning intellektual mulk idoralari mas’ullari (CNIPA, Xitoy), huquqshunoslar hamda patent vakillari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Sessiya davomida ma’ruzachilar tomonidan intellektual mulkning zamonaviy tendensiyalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qiziqarli ma’ruza va taqdimotlar namoyish qilindi.

Xususan, ma’ruzachilar tomonidan intellektual mulk ekotizimini yaratish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba va undagi dolzarb muammolar, intellektual mulk sohasidagi xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning o‘rni, vazifalari va afzalliklari, zamonaviy intellektual mulk huquqi va siyosatini yuritish, intellektual mulkni samarali himoya qilish bo‘yicha davlat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi, mamlakat brendi sifatida intellektual mulk obyektlari, xususan, geografik ko‘rsatkichlarni targ‘ib etish masalalarida ma’lumotlar berildi.

Sessiya yakunlangach, ma’ruzachilar va qatnashchilar o‘zaro aloqlarni mustahkamlash va kelgusidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi.

@adliyangiliklari