ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliyadan_layfxak

Pensiyaga chiqish tartibidan xabardormisiz?

Orangizda pensiya yoshiga yetganlar bormi? Pensiyaga chiqish tartibini-chi, bilasizmi? Qayerga borish, qanday hujjatlar topshirish kerak?

Ayrim hollarda fuqarolar muddatidan oldinroq ham pensiyaga chiqishi mumkin. Ushbu huquqiy layfxakda pensiyaga chiqish tartibi tushuntirilgan.

Batafsil 👉 https://youtu.be/6jyjCFZmF1g

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda 8-may kuni “Islohotlar davrida ommaviy axborot vositalarining roli, jurnalistlarning axborot tarqatishdagi huquq va majburiyatlari” mavzusida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun davra suhbati tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Bugun Adliya vazirligida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun “Islohotlar davrida ommaviy axborot vositalarining roli, jurnalistlarning axborot tarqatishdagi huquq va majburiyatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Samarqanda

Ayni damda adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini oʻrganish maqsadida Samarqand viloyatida.

Tashrif davomida vazirlik ishchi guruhi tomonidan Samaraqand viloyatida boʻlib adliya boʻlimlari, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyatini oʻrganish, rejalashtirilgan.

Maqsad fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim mas’ullari faoliyati yanada jadallashtirish, byurokratik cheklovlarni qisqartirish, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish qobiliyatlari va stressni boshqarish kabi koʻnikmalarni oshirish hamda yuqori professionallik bilan ularga xizmat koʻrsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdan iborat.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-may – Xotira va Qadrlash kuni

Adliya vazirligi jamoasi umumiy tarixiy xotira orqali birdamlik va hamjihatlikka chorlovchi ushbu kun bilan barchani samimiy muborakbod etadi!

Xotira o‘zlikni anglatib turadi, qadr insonni yuksaklikka ko‘taradi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Adliya faxriylari holidan xabar olindi

Yurtimizda har yili 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng miqyosda nishonlanadi. Tom ma'noda ushbu bayram asrlar davomida o‘lkamizni qaxramanona himoya qilgan, uning mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga, shuning barobarida, o‘z kasbining fidoyisi, vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan jonkuyar insonllarni qadrlash, ularning namunali hayot yo‘lini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan. Zotan, ularning ezgu ishlarini davom ettirish, qolaversa bugungi kunda safimizda bo‘lgan keksalarni e'zozlash ma'naviy xayotimizning ajralmas qismidir.

Xususan, adliya organlarida shakllangan xayrli an'anaga muvofiq 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tizimda uzoq yillar xizmat qilgan adliya faxriylari holidan xabar olindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

📹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan adliya faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari