ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Sobiq adliya vaziri faoliyatiga bag‘ishlangan kitob chop etildi

Kitob I-darajali davlat adliya maslahatchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, taniqli davlat va jamoat arbobi Alisher Mardiyevning mazmunli va sinovli hayoti va serqirra faoliyati to‘g‘risida hikoya qiladi.

Unda mashhur huquqshunosning mamlakatimiz yurisprudensiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi noyob arxiv materiallari va dalillar asosida ochib berilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Tashkilot ham, xodim ham zarar koʻrmadi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat

❗️OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar diqqatiga!

Xabaringiz bor respublikamizda har yili 15-fevraldan 15-martga qadar kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish va targ‘ibotni ko‘zda tutuvchi “Kontrafaktsiz oy” oyligi o‘tkaziladi. Adliya vazirligi tomonidan mazkur oylikni samarali tashkil etish maqsadida 15-fevral kuni soat 11:00da matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

Manzil: Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti binosi. Shayxontohur tumani, Xadra 33 (Mo'ljal: AOKA binosi)

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Kitoblarning elektron nusxasini noqonuniy tarzda Telegramda tarqatgan “admin” jarimaga tortildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Navoiy viloyatining Konimex va Navbahor tumanlarida adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muxammadiyev sayyor qabul o‘tkazib, aholi muammolarini o‘rgandi.

@adliyangiliklari
#davra_suhbati

⚡️ Joriy yilning 15-fevral kuni Yuristlar malakasini oshirish markazida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Advokatlar palatasi hamkorligida “Konstitutsiyaviy shikoyat institutining nazariy va amaliy masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

📊 Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, joylardagi advokatlik tuzilmalari vakillari, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oʻqituvchilari va tinglovchilari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdilar.

➡️ Davra suhatida Konstitutsiyaviy sudning fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatiga doir masalalar atroflicha muhokama etildi. Jumladan, Konstitutsiyaviy sudda fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqishning protsessual xususiyatlari, advokatlarning fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini yanada kengroq himoya qilishda oʻrni va roliga oid fikrlar almashildi.

🌐 @yumom_news

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing 👇
🆔Veb-sayt 🔵Facebook
📷Instagram 🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_muqobil_energiya

⚡️Adliya organlari muqobil energiyadan foydalanishga o‘tmoqda

Adliya boshqarmasi va 7 ta DXM binolariga quyosh elektr panellari o‘rnatildi.

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasining ma'muriy binosiga hamda 7 ta DXM binolariga jami 185 kVt.soat quvvatga ega quyosh elektr panellari o‘rnatildi. Bular: Farg‘ona va Marg‘ilon shahar, Farg‘ona, Dang‘ara, Furqat, Toshloq, Beshariq tumanlari

Boshqarma va 4 ta DXM binolariga (Farg‘ona, Marg‘ilon, Quvasoy shaharlari, Toshloq tumani) hajmi 1000 litr bo‘lgan 5 ta quyosh suv isitkichlari – geokollektorlar o‘rnatildi.

Ushbu quyosh panellari bir yilda 387,9 ming kVt. soat elektr energiya manbai ishlab chiqarishi, yillik 310 million so‘mdan ortiq mablag‘ni tejash imkonini beradi.

@adliyangiliklari
#Adliya_huquq_ijodkorligi

344 ta hujjat loyihalarida 534 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan

❗️Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilgan 344 ta loyihalarda 534 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan.

Xususan:
▪️136 tasi (26 foiz) ma'muriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki to‘liq emasligi;
▪️123 tasi (23 foiz) diskresion vakolatlarning kengligi;
▪️43 tasi (8 foiz) normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida ziddiyatlarning mavjudligi;
▪️ 38 tasi (7 foiz) noaniq va asossiz havolalar keltirilganligi;
▪️23 tasi (4 foiz) vaqt chegaralarining aniq belgilanmaganligi;
▪️171 tasi (32 foiz) boshqa korrupsiyaviy omillar hisoblanadi.

@adliyangiliklari
#Kontrafaktsiz_oy

Bugundan “Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muxammadiyev sayyor qabul o‘tkazib, aholi muammolarini o‘rgandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tahlil

Davlat boshqaruvida xotin-qizlarning ulushi qancha bo‘lishi kerak?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
E’lon!

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga O‘zbekiston Akkreditatsiya Markazi O‘ZAKK tomonidan O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 xalqaro akkreditatsiya standarti bo‘yicha Akkreditatsiya guvohnomasini topshirish marosimi munosabati bilan joriy yilning 17-fevral kuni soat 11:00 da X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida OAV vakillari uchun Press tur va Master klass bo’lib o’tadi.

Barcha OAV va keng jamoatchilik vakillarini press turga taklif etamiz!

Manzil: Mirobod tuman, Farg’ona yo’li ko’chasi.

Murojaat uchun telefon:
71-209-11-55 (ichki 175)
97-104-16-00

Xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi.

@adliyangiliklari
#OAV_biz_haqimizda

Bundan besh yil muqaddam O‘zbekistonda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish maqsadida davlat xizmatlari markazlari tashkil etildi. Sohaga “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyili joriy etildi.

Bu tamoyil qanday ishlamoqda? Adliya vazirining o‘rinbosari Xudoyor Meliyev shu haqda so‘zlab berdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
"Birja" gazetasining 12-sonida (2023-yil 16-fevral) "Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish — muhim vazifa" nomli adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov bilan suhbat chop etildi.

Davlatlararo savdo qoidalarini boshqarib turuvchi yagona xalqaro organ — Jahon savdo tashkiloti (JST) O‘zbekiston uchun muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizni rivoj lantirishning Harakatlar va taraqqiyot strategiyasidagi dol zarb vazifalardan biri ushbu tashkilotga a'zo bo‘lib kirish jarayonini yanada faollashtirishdan iborat bo‘lib turibdi.

Adliya vaziri o‘rinbosari, milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh rahbari Alisher Karimov ayni shu guruh tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning borishi va ularning mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berdi.

@adliyangiliklari
Birja_12.pdf
2.1 MB
"Birja" gazetasining 12-sonida (2023-yil 16-fevral) "Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish — muhim vazifa" nomli adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov bilan suhbat chop etildi.

Intervyu bilan tanishib chiqishingiz mumkin (1—2-sahifa).

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Jahon bankining “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida Whiteshield Partners konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari