ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#davra_suhbati

⚡️ Joriy yilning 15-fevral kuni Yuristlar malakasini oshirish markazida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Advokatlar palatasi hamkorligida “Konstitutsiyaviy shikoyat institutining nazariy va amaliy masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

📊 Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, joylardagi advokatlik tuzilmalari vakillari, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oʻqituvchilari va tinglovchilari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdilar.

➡️ Davra suhatida Konstitutsiyaviy sudning fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatiga doir masalalar atroflicha muhokama etildi. Jumladan, Konstitutsiyaviy sudda fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqishning protsessual xususiyatlari, advokatlarning fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini yanada kengroq himoya qilishda oʻrni va roliga oid fikrlar almashildi.

🌐 @yumom_news

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing 👇
🆔Veb-sayt 🔵Facebook
📷Instagram 🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#davra_suhbati

Yil sarhisobi va kelgusi rejalar

🔹Adliya vazirligida “O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish: dolzarb masalalar va tavsiyalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔸Tadbir adliya vaziri o'rinbosari M.Allakuliyev, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari, Finlandiyaning O‘rta Osiyo uchun elchisi hamda Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari ishtirokida tashkil etildi.

🔹Mazkur davra suhbatida BMT Taraqqiyot Dasturining 2025-yildagi O‘zbekistondagi loyihalari ijrosi, jumladan “Yuridik yordam” axborot tizimi yangi versiyasining ishga tushirilishi, bir qator nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yakuni va kelgusi yil uchun rejalashtirilgan loyihalar muhokama qilindi.

🔸Shuningdek, tadbir davomida BMT Taraqqiyot Dasturi loyihalarining g‘olib va sovrindorlari maxsus diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2🔥1