ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrafaktga_toqatsiz

Hurmatli fuqaro! Siz kontrafaktga koʻnyapsizmi? Unda buning oqibati qanday boʻlishini ham bilib qoʻying!

❗️Mazkur video rolikni koʻring va xulosa qiling!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A. Toshqulov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Adliya vazirligi markaziy apparatida tayinlovlar

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 7-fevral kungi 21-um-sonli buyrug‘iga muvofiq “NIZAM USTINLIGI” advokatlik hay’ati advokati Turdimurat Jumamuratovich Uteniyazovning advokatlik maqomi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka
komissiyasining qaroriga asosan advokatlik faoliyati bilan birga olib borib bo‘lmaydigan doimiy lavozimga tayinlanganligi sababli 6 (olti) oy muddatga to‘xtatildi.

Asos: “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan “Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomi, “O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risida”gi nizomi.

@adliyangiliklari
​​#Adliya_munosabat

Qonunchilik hujjatlari loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish yuzasidan munosabat

ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi PF–21-son Farmoni bo’yicha faollar tomonidan turlicha fikrlar bildirilmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlarini va ularning loyihalarini belgilangan barcha tartib-taomillarga rioya qilingan holda qabul qilish, hususan ularning tartibga solish ta’sirini basholashdan o‘tkazish bilan bog‘liq funksiyalar muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, 2022-yil davomida 280 ta loyihalarning tartibga solish ta’siri baholanib, tegishli takliflar kiritilgan.

Xususan, yuqorida nazarda tutilgan Farmon loyihasi ham Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o’tkazilgan, tartibga solish ta’siri baholangan.

Shu bilan birgalikda, Adliya vazirligiga taqdim etilgan loyihada Farmonning 7-bandi 4-xatboshisida nazarda tutilgan talablar mavjud bo’lmaganligi ma’lum qilinadi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Diplom dublikati asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

Hukumat qarori (395-son, 21.07.2022-y.) bilan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ko’ra:

🔰 Taʼlim tashkilotini tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.

✅ Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

📝 Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron toʻldiradi.

⏩ Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

💰Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

❗️Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

⏳Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.

📋 Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.

🏢Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

⚠️ Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Sobiq adliya vaziri faoliyatiga bag‘ishlangan kitob chop etildi

Kitob I-darajali davlat adliya maslahatchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, taniqli davlat va jamoat arbobi Alisher Mardiyevning mazmunli va sinovli hayoti va serqirra faoliyati to‘g‘risida hikoya qiladi.

Unda mashhur huquqshunosning mamlakatimiz yurisprudensiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi noyob arxiv materiallari va dalillar asosida ochib berilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Tashkilot ham, xodim ham zarar koʻrmadi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat

❗️OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar diqqatiga!

Xabaringiz bor respublikamizda har yili 15-fevraldan 15-martga qadar kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish va targ‘ibotni ko‘zda tutuvchi “Kontrafaktsiz oy” oyligi o‘tkaziladi. Adliya vazirligi tomonidan mazkur oylikni samarali tashkil etish maqsadida 15-fevral kuni soat 11:00da matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

Manzil: Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti binosi. Shayxontohur tumani, Xadra 33 (Mo'ljal: AOKA binosi)

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Kitoblarning elektron nusxasini noqonuniy tarzda Telegramda tarqatgan “admin” jarimaga tortildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Navoiy viloyatining Konimex va Navbahor tumanlarida adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muxammadiyev sayyor qabul o‘tkazib, aholi muammolarini o‘rgandi.

@adliyangiliklari
#davra_suhbati

⚡️ Joriy yilning 15-fevral kuni Yuristlar malakasini oshirish markazida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Advokatlar palatasi hamkorligida “Konstitutsiyaviy shikoyat institutining nazariy va amaliy masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

📊 Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, joylardagi advokatlik tuzilmalari vakillari, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oʻqituvchilari va tinglovchilari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdilar.

➡️ Davra suhatida Konstitutsiyaviy sudning fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatiga doir masalalar atroflicha muhokama etildi. Jumladan, Konstitutsiyaviy sudda fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqishning protsessual xususiyatlari, advokatlarning fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini yanada kengroq himoya qilishda oʻrni va roliga oid fikrlar almashildi.

🌐 @yumom_news

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing 👇
🆔Veb-sayt 🔵Facebook
📷Instagram 🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_muqobil_energiya

⚡️Adliya organlari muqobil energiyadan foydalanishga o‘tmoqda

Adliya boshqarmasi va 7 ta DXM binolariga quyosh elektr panellari o‘rnatildi.

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasining ma'muriy binosiga hamda 7 ta DXM binolariga jami 185 kVt.soat quvvatga ega quyosh elektr panellari o‘rnatildi. Bular: Farg‘ona va Marg‘ilon shahar, Farg‘ona, Dang‘ara, Furqat, Toshloq, Beshariq tumanlari

Boshqarma va 4 ta DXM binolariga (Farg‘ona, Marg‘ilon, Quvasoy shaharlari, Toshloq tumani) hajmi 1000 litr bo‘lgan 5 ta quyosh suv isitkichlari – geokollektorlar o‘rnatildi.

Ushbu quyosh panellari bir yilda 387,9 ming kVt. soat elektr energiya manbai ishlab chiqarishi, yillik 310 million so‘mdan ortiq mablag‘ni tejash imkonini beradi.

@adliyangiliklari