ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Marg‘ilon atlasi va adrasi, Qo‘qon pichoqlari geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yhatga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

⚖️ “Yuridik klinika” ko‘rsatuvi davom etmoqda

Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda tayyorlangan “Yuridik klinika” ko‘rsatuvi ayni vaqtda “O‘zbekiston” telekanali orqali jonli efirga uzatilyapti.

Mavzu: “Vorislik huquqida vasiyatnomani rasmiylashtirishning afzaliklari”

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 Onlayn translyatsiya

@adliyangiliklari
#Diqqat_aksiya

Adliya vazirligi tomonidan “Vorislik huquqi“ aksiyasi o‘tkazilmoqda

Oilalarda meros bilan bog‘liq nizolarning oldini olish, shuningdek fuqarolarning mol-mulkka bo‘lgan huquqlarini ta'minlash, ularning bu sohadagi huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Vorislik huquqi“ aksiyasi o‘tkaziladi.

🗓 Aksiya 2023-yil 10-fevraldan 10-martgacha davom etadi.

Aksiya doirasida, jumladan:
▫️davlat tashkilotlari va mahallalarda manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinadi;
▫️joylarda vasiyatnomalarni tasdiqlash va boshqa notarial harakatlar sayyor tarzda amalga oshiriladi;
▫️vorislik huquqi bo‘yicha audiopodkast o‘tkaziladi;
▫️2 bosqichli (test va suhbat shaklida) tanlov tashkil etiladi;
▫️merosni rasmiylashtirish va merosni ochish bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi;
▫️bepul onlayn o‘quv kurslari va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida MDH Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi — davlatlarining sud-ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Rossiya Federatsiyasi, Armaniston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Belarus Respublikasidan vakillar ishtirok etdi.

Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi — davlatlarining sud-ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish bo‘yicha bitim loyihasi kelishib olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti idoralararo ilmiy-uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
📢 Bugun, 9-fevral kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzu: 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident Farmoni loyihasi yuzasidan

⏰ Vaqti: 12:00

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Zamonaviy sud ekspertizaning imkoniyatlari” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikerlari:

👨‍⚕️Adliya vazirligi mas’ul xodimlari va Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertizasi markazi mutaxassislari.

⏰Ovozli chat 10-fevral kuni soat 17:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📹Suhbat facebookda online translyatsiya qilinadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.


Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Joriy yilgi davlat dasturida davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga yo‘naltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish ko‘zda tutilgan

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva "2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni loyihasi yuzasidan ma'lumot berdi.

Sizdan 2023-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflaringizni 2023.strategy.uz hamda davlatdasturi.uz yoki regulation.gov.uz portallari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi @dscuzbekistan va @YangiTaraqqiyotStrategiyasi Telegram kanallari orqali bildirishlarini so‘rab qolamiz.

👉 Batafsil

@adliyangiliklari
#OAV_diqqat_markazida

Qozog‘istonning mashhur “Infozakon” jurnalida "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlash borasida qanday ishlar amalga oshirildi?" sarlavha ostida navbatdagi maqola chop etildi.

Maqolada, O'zbekistonda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi o'zgarishlar alohida qayd etilgan.

Xususan, qonunchilikda muallif asaridan ruxsatsiz foydalanish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha tovon to‘lanishi mamlakatda muallif ijodiga nisbatan hurmat hissini shakllantirish, o'z navbatida ushbu tartib muallifga va boshqa mualliflik huquqi egalariga ularning huquqlari buzilishi natijasida yetkazilgan zararni aniqlashning imkoni bo‘lmaganda tovon olish imkonini berishi ta'kidlangan.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅ • TDYU volontyor-talabalari ayollar va qizlarga nisbatan kiberzo‘ravonlikka qarshi

✅ • Студенты-волонтеры ТГЮУ против кибернасилия в отношении девушек и женщин

✅ • Volunteer students of TSUL against cyber violence against girls and women

👍👍 @tsulofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi haqida e'lon

2023-yil 10-fevral kuni soat 11:00 da Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi videokonferensaloqa shaklida о‘tkaziladi.

Majlisda 2022-yil davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarni muhokama qilish belgilangan.

Hay’at majlisida vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bо‘linma rahbarlari, adliya organlari va muassasalari rahbarlari, shu jumladan tuman (shahar) adliya bо‘limlari va mas’ul xodimlari ishtirok etadi.

@adliyangiliklari