ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.76K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

📹 Oqqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan fermerlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Bitta guvohnomani o‘z vaqtida olmaganligimiz sababli uy sotishda qiynaldik. Adliya 25 yillik muammoimizni hal qilib berdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Bir_murojaat_izidan

"АDLIYА KOʼMАGI BILАN XАYОTGА QАYTDIM..."

Ota uydan chiqarilgan, qaynota uydan quvilgan ayol koʼchada 3 nafar bolasi bilan qolganda xayot tugadi deb oʼylagandi. Baʼzan yertoʼlada,baʼzida noturar binolarda farzandlarini issiq sovuqdan asragan Dildora Xayitova Xatirchi tuman adliya boʼlimiga murojaat qilganda tamoman umidsizlik iskanjasida edi. Аdliya boʼlimi tomonidan uning murojaati ish yurituviga qabul qilindi.

Jarayon ayolning fuqaro sifatida huquqlarini tiklash va uni “Аyollar daftari”ga roʼyxatga kiritishdan boshlandi. Fuqaro Vazirlar Mahkamasining 250-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga koʼra, vaqtinchalik yashab turish uchun ijara toʼlovisiz uy-joy bilan, “Аholi bandligi toʼgʼrisida”gi Qonunga asosan ish bilan taʼminlandi.

— Ikki nafar farzandim 4—5 yosh, kattam o'n to'rtga kirgan. Men adliyaga murojaat qilganimda ishlarim oʼnglanib ketishiga uncha ishonmagandim, ammo umid qilgandim. Chunki shu paytgacha koʼp eshiklar oldimda yopilgan. Lekin adliya xodimlari xuddi jigarlarimdek yugurishdi. Ularga ham oson boʼlmayotganini sezib turardim. Koʼp tashkilotlarga xat chiqarishdi, ijrosi boʼlmaguncha soʼrovni toʼxtatmadilar. Hozir uyimni ham hal etib berishgan, ishga ham joylashdim. Bolalarim bogʼchaga, maktabga borishyapti. Xullas adliya xodimlarining koʼmagi bilan hayotga qaytdim, — deydi D. Xayitova.

Navoiy viloyati adliya boshqarmasi

@adliyangiliklari
Bugun, 10-yanvar kuni soat 17:00 da “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda “O‘zbekiston 24” telekanali hamkorligida markaz platformasi orqali Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasida belgilab berilgan maqsadlarning mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetazishga qaratilgan jamoatchilik muhokamasi o‘tkaziladi.

Ushbu jamoatchilik muhokamasi “O‘zbekiston 24” telekanali hamda Markazning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

👉🏻 2022-2026.strategy.uz

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_shonli_30_yil

📹 Adliya faxriysi Alisher Mardiyev: "Adliya odillik, adolat degani"

@adliyangiliklari
#Eslatma

❗️Huquqiy axborotni o‘zingizga qulay formatlarda oling!

Huquqiy masalalarda foydali ma'lumotlar bilan @huquqiyaxborot Telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin:

➖ @pravoinf (rus tilida)
➖ @leginf (ingliz tilida)
➖ @huquqiyaxborot_lotin (lotin alifbosida)

Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar, hayotiy zaruratga aylangan huquqiy bilimlar, eng sara tahliliy materiallarni hudud24.uz sayti hamda @hudud24official telegram kanalida kuzatib borishni tavsiya etamiz.

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim viloyatlarda Odam DNKsi ekspertizasi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (11-son, 10.01.2022 y.) qabul qilindi.

🔬 Qarorga muvofiq X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm hududiy bo‘limlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda Odam DNKsiga qo‘shimcha ravishda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi.

🔘 Adliya vazirligi:

● 2022-yil 1-iyulgacha Samarqanddagi, 2022-yil 1-dekabrgacha Farg‘onadagi, 2024-yil 1-sentyabrgacha ekspertiza bo‘limlarini xalqaro standartlarga mos binolarga joylashtiradi;

● 2022-yil 1-noyabrgacha Xorazmdagi ekspertiza bo‘limini zarur texnikalar bilan ta'minlaydi;

● 2023-yil 1-yanvargacha sud ekspertiza xulosalarini xalqaro tan olinishini ta'minlash uchun Sud-fonografiya va Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazadi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_shonli_30_yil

📹 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan qutladi.

@adliyangiliklari
Adliya vazirligiga 30 yil: Malikovdan Davletovgacha

O‘zbekistonda mustaqil adliya tizimi tashkil topganiga 30 yil to‘ldi. Shu yillar davomida Adliya vazirligiga o‘n kishi rahbarlik qildi. Biz yubiley sana munosabati bilan tizim rahbarlarining kasbiy faoliyatiga nazar tashladik.

👉Batafsil: https://kun.uz/uz/97343748

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_shonli_30_yil

📹 Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, GIZning “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni ilgari surish” dasturi direktori Yorg Pudelka O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan video tabrik yo‘lladi.
____________

📹 Глава представительства Германского общества по международному сотрудничеству (GIZ) в Узбекистане, директор Программы GIZ «Содействие правовой государственности в Центральной Азии» Йорг Пуделька направил видеопоздравление в связи с 30-летием Министерства юстиции Республики Узбекистан.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil etilganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan “Huquqiy axborot tarqatish zamonaviy bosqichda” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️"Yuridik sohada muvaffaqiyat sirlari" mavzusida ovozli chat tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikeri:

❗️Islambek Rustambekov – Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, y.f.d., professor, xalqaro arbitr va mediator.

⏰Ovozli chat 13-yanvar soat 19:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📹Suhbat TDYUning facebookdagi sahifasida online translyatsiya qilinadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
#Adliya_xabari

«Yutuqli obuna» aksiyasining ilk g‘oliblari taqdirlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_shonli_30_yil

📹 YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan video tabrik yo‘lladi.
____________

📹 Глава представительства ЮНИСЕФ в Узбекистане Мунир Мамедзаде направил видеопоздравление в связи с 30-летием Министерства юстиции Республики Узбекистан.

@adliyangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan USAIDning O‘zbekistonda huquqiy islohotlar dasturi bilan hamkorlikda “Kooperatsiyalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omili sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilsh rejalashtirilgan.

Mazkur tadbir 2022-yilning 14-yanvar kuni soat 13.30 da Toshkent shahridagi Courtyard by Marriot mehmonxonasi konferensiyalar zalida o‘z ishini boshlaydi.

Onlayn va offlayn shaklda o‘tkaziladigan mazkur tadbirda kooperatsiyalarning tashkiliy-huquqiy asoslari, nazariya amliyotning dolzarb masalalari, milliy va bir qator xorijiy davlatlar tajribasi qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi.

Unda qatnashish uchun “Zoom” onlayn platforma orqali quyidagi manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi:
https://us06web.zoom.us/j/89881512818?pwd=SUluWGNkL1R3ZWp5TjIwdkZaMzhQdz09
Parol: LRP2022

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Qadrli vatan himoyachilari!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Siz va oila a'zolaringizni sharafli bayramingiz bilan qutlaymiz! Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, oliyjanob va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.

Hurmat bilan, Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Koronavirus tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartibning amal qilish davrida ish beruvchining majburiyatlari

@adliyangiliklari