ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.76K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from BOŞQARMA YANGILIKLARI
#Adliya_shonli_30_yil

ADLIYA KUNI

🎗1992-yil 8-yanvar O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga asos solingan kun sifatida tarixda qoldi. Adliya idoralari tashkil topgan vaqtdan boshlab inson omili ustuvorligi prinsipini faoliyatining asosiy yo`nalishi etib belgilab, demokratik huquqiy davlat barpo etishda o`z hissasini qo`shib kelmoqda.

🔹Xususan, tumandagi davlat organlari va muassasalari hodimlariga har tomonlama yordam berish, ularning faoliyatlarida yuzaga kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish va ularga huquqiy ko`mak berish borasida amaliy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

⚡️Bugun adliya tizimining shonli 30 yilligini nishonlash arafsida Uchqo'rg'on tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi bir qator tashkilotlarga tashrif buyurgan holda ularga ko‘p yillik hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirildi hamda adliya tizimining tashkil topishi, tarixi va bugungi kuni haqida qisqacha maʼlumotlar berib o‘tildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_shonli_30_yil

📹 Qirgʻiziston Respublikasi adliya vaziri Ayaz Bayetov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan video tabrik yo‘lladi.
__________

📹 Министр юстиции Республики Кыргызстан Аяз Баетов направил видеопоздравление в связи с 30-летием Министерства юстиции Республики Узбекистан.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Qaysi idoraga bormay, o‘zimni aybdor qilib ko‘rsatishdi. Lekin haqiqat qaror topdi. Bunga adliya yordam berdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya ko‘magida tibbiyot xodimlarining murojaati ijobiy hal etildi

G. Sultonova Guliston shahar sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati bo‘limida faoliyat yuritadi. U va yana 14 nafar hamkasbiga Prezidentning 2020-yil 24-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan pandemiya davrida oylik maoshiga 35 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab kelingan edi.

Biroq ushbu to‘lovlar 2021-yil yanvar oyidan boshlab to‘lanmadi. Fuqaro G. Sultonova va boshqalar Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Rasmiy_xabar

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari pedagog xodimlari va oʻquvchilar diqqatiga!

Hurmatli pedagog xodimlar va qadrli oʻquvchilar joriy yilda qishqi ta’til muddati 2022-yilning 11-yanvaridan 24-yanvariga qadar uzaytirildi.

Ushbu ta’til Adliya vazirligi yurdik texnikumlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun ta’lim shaklidan qat’iy nazar (kuzduzgi, sirtqi) amal qiladi.

Mazkur masala yuzasidan barcha qo‘shimcha savollar bilan tegishli yuridik texnikumlarga murojaat etishingiz mumkin!

@adliyangiliklari
​#Bir_murojaat_izidan

MEN UCHUN ADLIYANING YANA BIR NOMI YAXSHILIKDIR

Madina Yo‘ldoshyeva 2 nafar farzandning onasi.U turmush o‘rtog‘idan erta ajradi.Hali maktab yoshiga etmagan bolalarini boqish yolg‘iz o‘zining zimmasida.Oila boshi vafotidan so‘ng, ma’lum bir mutaxassislikka ega bo‘lmagani bois, ish topolmay qiynalgan ayol,ota uyiga ham sig‘madi.

— Ota-onam meni ko‘ksimdan itarishgani yo‘q, ammo, odamlar bu hovlida beva qiz bor deb,ukamga so‘ragan joydan qiz berishmadi. Shu holat bir necha marotaba takrorlangach,ukamni baxtiga to‘siq bo‘lmay deb uydan chiqib ketdim.Ota-onamning sharoiti ham aytarli darajada emas. — deydi biz bilan suhbatda M.Yo‘ldosheva.

Bunday paytda najot faqat davlatdangina edi xalos. Ayolning turli tashkilotlarga murojaati asosan ovoragarchilik bilan yakunlandi. Adliya organlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabuldagi ishtiroki fuqaroni tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishi uchun dastak bo‘ldi.

— Avvaliga adliya ham yordam berolmasa kerak, deb o‘lagandim. Ammo baraka topsin, ular menga yopilgan eshiklarni ochib berdi. Eng birinchi o‘rinda, “Ayollar daftari”ga kiritib brishdi, keyin ishga joylashishimda yordamlashdi.Ijara to‘lovlariga qarashdi. Boshqa tashkilotdagilarni ham jalb qilib “Navoiy mehr” xayriya jamg‘armasi bilan birga homiylik mablag‘lari evaziga, tovuq, qo‘y olishda, bolalarimni bog‘chaga qo‘yishda adliya xodimlari doimo yonimda turishdi.Otam ham ulardan maslahat so‘rab ish qilayaptilar. Yaratganga shukur, xayotimni ozmi, ko‘pmi tiklab oldim.Hozir uy yoki yer-joy olishga harakat qilib yuribman.Adliyadagilar bu masalada ham tashkilotlarga xat chiqarayapti. Ming marotaba roziman, o‘zim uchun adliyani yana bitta nomini yaxshilik deb qo‘ydimda. — deydi M.Yo‘ldosheva.

Vazirlar Mahkamasining 250-son qarori bilan tasdiqlangan tartibda, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni ish bilan band etish, moddiy, ma’naviy, huquqiy jihatdan ko‘maklashish alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, “Ayollar daftari”dagi uy-joy bilan ta’minlanmagan, ijtimoiy ahvoli og‘ir xotin-qizlarni vaqtinchalik yashab turish uchun ijara to‘lovisiz uy-joy bilan ta’minlash ham belgilangan. Shu asosga ko‘ra, fuqaro M.Yo‘ldoshevaga adliya organlari tomonidan, mas’ul tashkilot va muassasalar hamkorligida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Navoiy viloyati adliya boshqarmasi

@adliyangiliklari
#Adliya_shonli_30_yil

1992-yil 8-yanvar O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga asos solingan kun sifatida tarixda qoldi. Adliya idoralari tashkil topgan vaqtdan boshlab inson omili ustuvorligi prinsipini faoliyatining asosiy yo`nalishi etib belgilab, demokratik huquqiy davlat barpo etishda o`z hissasini qo`shib kelmoqda va bu borada huquqni muhofaza qiluvchi hamda tegishli davlat organlari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Xususan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlari va davlat tashkilotlari xodimlari o'rtasida #Adliya_shonli_30_yil xeshtegi ostida huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

@adliyangiliklari
MSK rahbariyati Adliya vazirligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi

Bugun Markaziy saylov komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining shonli 30 yilligi munosabati bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda adliya vazirining o‘rinbosari M. Ikramov ishtirok etib MSK raisi Z.Nizamxodjayev, rais o‘rinbosari B.Kuchkarov hamda MSK Kotibiyat rahbari X.Mamatovlarga Adliya vazirligining 30 yilligi esdalik nishoni tantanali topshirildi.

Batafsil: https://saylov.uz/uz/news/2022/01/08/msk-rahbariyati-adliya-vazirligining-30-yilligi-esdalik-nishoni-bilan-taqdirlandi

Obuna bo’ling: 👇👇👇
Telegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter - Ok.ru
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_shonli_30_yil

📹 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan qutladi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_shonli_30_yil

📹 Huquq orqali demokratiya uchun Yevropa Komissiyasi (Venetsiya komissiyasi) prezidenti
Kler Beyzi-Malauri xonim O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan video tabrik yo‘lladi.
________

📹 Президент Европейской комиссии за демократию через право (Венецианская комиссия) Клэр Бази-Малори направила видеопоздравление в связи с 30-летием Министерства юстиции Республики Узбекистан.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_shonli_30_yil #Qutlovlar

📹 Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
Aurelia Bushez xonim O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan video tabrik yo‘lladi.
____

📹 Чрезвычайный и Полномочный Посол Французской Республики в Республике Узбекистан Аурелия Бушез направила видеопоздравление в связи с 30-летием Министерства юстиции Республики Узбекистан.

@adliyangiliklari