This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣 Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish tartibini bilasizmi?
- my.gov.uz
- new.birdarcha.uz
- Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤5👍4🔥3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_yordam
#Inson_qadri
Bir murojaat — uçta muhim masalaning ijobiy hal etilişiga sabab böldi!
Batafsil*
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert

Fuqaro Rahmatullayeva Şohsanam öz murojaatida Tojikiston Respublikasida tuğilgan qizi Mahkamzoda Bibiosiyoning tuğilganlik haqidagi guvohnomasi yöqolganligi sababli qator muammolarga duç kelayotganini ma’lum qildi.
Batafsil*
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
#Adliya_xabari
📝 Adliya vazirligi huzuridagi “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Axborot texnologiyalari markazi” davlat unitar korxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
🔹 Tadbir davomida memorandum doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamkorlik yo‘nalishlari, mavjud texnologik imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda istiqboldagi loyihalar muhokama qilindi.
📌Mazkur memorandum ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
🤝 Innovatsion loyihlarni joriy qilish va rivojlantirish bo'yicha hamkorlik memorandumi imzolandi
🔹 Tadbir davomida memorandum doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamkorlik yo‘nalishlari, mavjud texnologik imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda istiqboldagi loyihalar muhokama qilindi.
📌Mazkur memorandum ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi nogironligi boʻlgan shaxslarni navbat asosida reabilitatsiya qilish va protezlash markazlariga yoʻllash tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3974, 2026-yil 13-noyabr).
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Adliya vazirligi nogironligi boʻlgan shaxslarni navbat asosida reabilitatsiya qilish va protezlash markazlariga yoʻllash tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3974, 2026-yil 13-noyabr).
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥4👍2👏2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi taʼlim muassasalarining ayrim lavozimlari uchun mehnatga haq to'lash shartlarini ro‘yxatdan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3975, 2026-yil 16-noyabr).
📘 Mazkur idoraviy hujjat bilan quyidagilarning bosh hisobchilari (yetakchi hisobchi va hisobchilari) hamda kadrlar bo‘yicha inspektorlari uchun tarif razryadlar va ko‘p yillik ish staji uchun to‘lanadigan oylik ustamalar belgilanmoqda:
➖ reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
➖ koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qo‘shma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
➖eksperimental maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
➖ ixtisoslashtirilgan maktablar;
➖ ko‘p funksional inklyuziv-resurs maktablar;
➖ ko‘p tarmoqli maktab va maktab-internatlar;
➖ ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;
➖ maxsus texnikumlar;
➖ ko‘p funksional inklyuziv-resurs markazi.
📖 Bunda ko‘p yillik ish staji uchun lavozim maoshiga nisbatan quyidagi miqdorlarda har oylik ustama to‘lanishi belgilanmoqda:
➖ 1 yildan 3 yilgacha ish staji uchun – 30 foiz;
➖ 3 yildan 5 yilgacha ish staji uchun – 60 foiz;
➖ 5 yildan 10 yilgacha ish staji uchun – 80 foiz;
➖ 10 yildan 15 yilgacha ish staji uchun – 100 foiz;
➖ 15 yil va undan ortiq ish staji uchun – 120 foiz.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Adliya vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi taʼlim muassasalarining ayrim lavozimlari uchun mehnatga haq to'lash shartlarini ro‘yxatdan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3975, 2026-yil 16-noyabr).
➖ reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
➖ koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qo‘shma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
➖eksperimental maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
➖ ixtisoslashtirilgan maktablar;
➖ ko‘p funksional inklyuziv-resurs maktablar;
➖ ko‘p tarmoqli maktab va maktab-internatlar;
➖ ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;
➖ maxsus texnikumlar;
➖ ko‘p funksional inklyuziv-resurs markazi.
➖ 1 yildan 3 yilgacha ish staji uchun – 30 foiz;
➖ 3 yildan 5 yilgacha ish staji uchun – 60 foiz;
➖ 5 yildan 10 yilgacha ish staji uchun – 80 foiz;
➖ 10 yildan 15 yilgacha ish staji uchun – 100 foiz;
➖ 15 yil va undan ortiq ish staji uchun – 120 foiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🏦 Banklarni sanatsiya qilish tartibi belgilandi
⚖️ Adliya vazirligi banklarni sanatsiya qilish tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3976, 2026-yil 16-noyabr).
📄 Mazkur hujjat “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
📌 Ushbu hujjat omonatchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bank xizmatlarining uzluksizligini ta’minlash hamda banklar faoliyatidagi moliyaviy muammolarni tartibli hal etishga qaratilgan.
👤 Shuningdek, sanatsiya jarayonida bankni boshqarish uchun maxsus boshqaruvchi tayinlanishi mumkin. Uning faoliyati Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi.
📢 Bankni sanatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror Markaziy bank va sanatsiya qilinayotgan bankning rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
🏦 Banklarni sanatsiya qilish tartibi belgilandi
⚖️ Adliya vazirligi banklarni sanatsiya qilish tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3976, 2026-yil 16-noyabr).
📄 Mazkur hujjat “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
📌 Ushbu hujjat omonatchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bank xizmatlarining uzluksizligini ta’minlash hamda banklar faoliyatidagi moliyaviy muammolarni tartibli hal etishga qaratilgan.
❓ Banklarni sanatsiya qilish nima?
🏛 Bu moliyaviy muammoga duch kelgan bankning muhim xizmatlarini saqlab qolish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun amalga oshiriladigan maxsus chora-tadbirlardir.
📊 Hujjatga ko‘ra, banklarni sanatsiya qilishda quyidagi 3 ta asosiy vosita qo‘llaniladi:
🔹 Aktivlar va majburiyatlarni o‘tkazish (sotish) — bankning aktivlari va majburiyatlari, jumladan kreditlari va omonatlarini boshqa bankka o‘tkazish;
🔹 Oraliq bankni tashkil etish — bankning muhim xizmatlarini davom ettirish uchun 2 yilgacha faoliyat yurituvchi vaqtinchalik bank tashkil qilish;
🔹 Hisobdan chiqarish va (yoki) konvertatsiya qilish — bank zararlarini qoplash uchun uning kapitali va ayrim majburiyatlarini kamaytirish yoki aksiyalarga aylantirish.
🛡 Omonatchilar uchun qanday kafolatlar nazarda tutilgan?🔵 Kafolatlangan omonatlar, shu jumladan ularning kafolatlash chegarasidan oshadigan qismi hisobdan chiqarilmaydi yoki aksiyalarga aylantirilmaydi.🔵 Omonatlar boshqa bankka o‘tkazilganda, omonatchilar bilan yangi bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish talab etilmaydi.🔵 Bankning aktivlari va majburiyatlari boshqa bankka yoki oraliq bankka o‘tkazilganda, bank xizmatlarining uzluksizligini ta’minlash choralari ko‘riladi.🔵 Bankning zararlari birinchi navbatda aksiyadorlar hisobidan qoplanadi.
👤 Shuningdek, sanatsiya jarayonida bankni boshqarish uchun maxsus boshqaruvchi tayinlanishi mumkin. Uning faoliyati Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi.
📢 Bankni sanatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror Markaziy bank va sanatsiya qilinayotgan bankning rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
#Xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇹🇷 O‘zbekiston va Turkiya adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
⚖️ Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov hamda Turkiya Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Sedat Ayyildiz boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🤝 Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanayotgani, xususan, Boku shahrida imzolangan memorandum va Turkiy davlatlar adliya vazirlari uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarning ahamiyati ta’kidlandi.
💻 A. Tashkulov O‘zbekistonda adliya sohasini raqamlashtirish natijalariga to‘xtalib, onlayn notariat tizimidan 1 million 300 mingdan ortiq fuqaro foydalanganini qayd etdi.
🔹 Shuningdek, sun’iy intellektni huquq va sud ekspertizasiga joriy etish, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda mediatsiya institutini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
🇹🇷 S. Ayyildiz O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan adliya tizimidagi islohotlarini yuqori baholab, istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
✅ Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldilar.

❤5🔥3
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
Ayni damda Konstitutsiya normalarini bolalarga sodda va qiziqarli tilda tushuntirishga qaratilgan ingliz tilidagi “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi hamda unga ishlangan huquqiy multfilmlar taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥3👍1