ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kecha, 13-noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev huzurida 2027-yilgi Davlat byudjeti va iqtisodiy o‘sishning yangi modelini muhokama qilish yuzasidan fikrlarini o‘rtoqlashdi.

Qayd etilishicha, kelgusi yilda asosiy soliq stavkalari oshirilmaydi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy sanoatni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining AQShdagi vakili Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti Maslahat kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Batafsil

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥1
#Adliya_tanlov

📣📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

✅Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola va blogpost tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etiladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola”;
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost”.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2026-yilning 1-yanvaridan 25-noyabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan telegramdagi @axborot_xizmati_AV elektron manziliga yuboriladi.

🗓 Muddat: 2026-yil 25-noyabrgacha.

Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan materiallar hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi va har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib aniqlanadi.

Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi nogironligi boʻlgan shaxslarni navbat asosida reabilitatsiya qilish va protezlash markazlariga yoʻllash tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3974, 2026-yil 13-noyabr).


Xususan, mazkur hujjatga ko‘ra:
1) nogironligi bo‘lgan shaxslar reabilitatsiya markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali elektron tarzda, navbat asosida yo‘llanadi, navbat esa markazlardagi bo‘sh o‘rinlar hisobga olingan holda avtomatik shakllantiriladi;

2) yo‘llanma olish uchun nogironligi bo‘lgan shaxs yoki uning qonuniy vakili Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, ijtimoiy xodimlar orqali yoxud bevosita oilaviy shifokorga murojaat qiladi hamda xizmatni hududiy yoki milliy markazda, ambulator yoxud statsionar sharoitda olishni o‘zi tanlaydi;

3) so‘rovnomani ko‘rib chiqish, yo‘llanma berish hamda reabilitatsiya xizmatlari bepul amalga oshiriladi;

4) oilaviy shifokor 5 ish kuni ichida tibbiy ko‘rik o‘tkazib, shaxsda 569 ta tibbiy ko‘rsatmadan birortasi mavjudligi va 26 ta qarshi tibbiy ko‘rsatma mavjud emasligini aniqlagan taqdirda yo‘llanmani elektron shaklda shakllantiradi;

5) reabilitatsiya xizmatlari nogironlik muddatiga qarab ambulator sharoitda yiliga 2–3 marta, statsionar sharoitda esa yiliga 1–2 marta ko‘rsatiladi;

6) ariza beruvchi navbat holatini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin hamda navbat kelishidan 10 kun oldin SMS-xabarnoma orqali ogohlantiriladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_reportaj

💰 Bu korxona qanday qilib 12 milliard so‘m qarzga botdi?

🚧 12 milliard so‘m qarz. Hovlida esa ishlamay turgan buldozerlar, kranlar va samosvallar…

🏗 “Toshkent Yo‘l Qurilish” MChJ to‘lovga qobiliyatsiz deb topildi. Yo‘l quradigan texnika bor, mutaxassis bor, ammo korxona o‘z qarzini to‘lay olmayapti. Nega shunday bo‘ldi?

🔎 To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi bilan birgalikda korxonaga borib, texnikalar ko‘zdan kechirildi va mas’ullarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar berildi:
❓ Qarzlar qanday yig‘ilib qoldi?
❓ Nega mavjud texnikalar ishlatilmayapti?
❓ Korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish va faoliyatini tiklash rejasi bormi?


🎥 Savollarga javoblar va joyidan tayyorlangan maxsus reportaj videoda 👆

▶️ Oxirigacha tomosha qiling!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥2
🛫 Öquvçini xorijga uzoq muddatga ketişi munosabati bilan maktab safidan çiqariş!

👨‍💻 Ilgari bu jarayon uçun ta’lim muassasasi hamda tegişli idoralarga boriş, turli hujjat va ma’lumotnomalarni yiğiş talab etilardi. Endilikda uşbu xizmat my.gov.uz portaliga integratsiya qilinib, töliq onlayn şaklga ötkazildi.

👉 Xizmat böyiça eng muhim ma’lumotlar:

👤 Kimlar ariza topşirişi mumkin? 18 yoşga tölmagan öquvçining ota-onasi yoki vasiysi.
🏫 Qaysi ta’lim muassasalariga taalluqli? Umumiy örta, örta maxsus va kasbiy ta’lim taşkilotlari (maktab, litsey, kollej va texnikumlar).
🔖 Talab qilinadigan hujjatlar: Yöq! Heç qanday qöşimça hujjat talab etilmaydi. Barça kerakli ma’lumotlar idoralararo elektron tizim orqali avtomatik olinadi.

❗️Xizmatdan foydalaniş mutlaqo bepul.

⏱️ Körib çiqiş tartibi va muddatlari:

1. Ariza bolalar masalalari böyiça tuman (şahar) komissiyasi tomonidan 5 iş kuni içida körib çiqiladi;
2. Qabul qilingan qaror kelib tuşganidan söng, ta’lim taşkiloti 1 iş kuni içida öquvçini elektron tizim (baza)dagi öquvçilar safidan çiqaradi.

👉 Ariza topşiriş uçun:

🗄 my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasiga kiring va “Öquvçini xorijiy davlatga ketişi munosabati bilan ta’lim taşkiloti öquvçilari safidan çiqariş” xizmatini tanlang;
🗄 Farzandingizni (öquvçini) belgilab, elektron sörovnomani töldiring;
🗄 Arizani tasdiqlang va yuboring;
🗄 Natijani şaxsiy kabinetingiz orqali kuzatib boring.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📽 Xorazm viloyat adliya boşqarmasi tomonidan ”Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida bog' taşkil etildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣 Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish tartibini bilasizmi?


✅ Xizmatdan foydalanish uchun:
- my.gov.uz
- new.birdarcha.uz
- Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

💸 Davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun BHMning 1 barobari miqdorida davlat boji undiriladi.

👉 Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari

✍️ Yakka tartibdagi tadbirkor besh nafargacha xodimlarni yollash huquqiga ega.

✨ Tez va oson biznes boshlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤5👍4🔥3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_yordam
#Inson_qadri

Bir murojaat — uçta muhim masalaning ijobiy hal etilişiga sabab böldi!

Fuqaro Rahmatullayeva Şohsanam öz murojaatida Tojikiston Respublikasida tuğilgan qizi Mahkamzoda Bibiosiyoning tuğilganlik haqidagi guvohnomasi yöqolganligi sababli qator muammolarga duç kelayotganini ma’lum qildi.


Batafsil*

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
#Adliya_xabari

🤝 Innovatsion loyihlarni joriy qilish va rivojlantirish bo'yicha hamkorlik memorandumi imzolandi


📝Adliya vazirligi huzuridagi “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Axborot texnologiyalari markazi” davlat unitar korxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔹 Tadbir davomida memorandum doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamkorlik yo‘nalishlari, mavjud texnologik imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda istiqboldagi loyihalar muhokama qilindi.

📌Mazkur memorandum ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi nogironligi boʻlgan shaxslarni navbat asosida reabilitatsiya qilish va protezlash markazlariga yoʻllash tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3974, 2026-yil 13-noyabr).

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥4👍2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_reportaj | 16.11.2026

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikning oldini oliş, nizoli oilalar bilan işlaş borasida Samarqand viloyatida amalga oşirilayotgan işlar


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi taʼlim muassasalarining ayrim lavozimlari uchun mehnatga haq to'lash shartlarini ro‘yxatdan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3975, 2026-yil 16-noyabr).

 
📘Mazkur idoraviy hujjat bilan quyidagilarning bosh hisobchilari (yetakchi hisobchi va hisobchilari) hamda kadrlar bo‘yicha inspektorlari uchun tarif razryadlar va ko‘p yillik ish staji uchun to‘lanadigan oylik ustamalar belgilanmoqda:
➖ reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
➖ koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qo‘shma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
➖eksperimental maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
➖ ixtisoslashtirilgan maktablar;
➖ ko‘p funksional inklyuziv-resurs maktablar;
➖ ko‘p tarmoqli maktab va maktab-internatlar;
➖ ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;
➖ maxsus texnikumlar;
➖ ko‘p funksional inklyuziv-resurs markazi.

📖Bunda ko‘p yillik ish staji uchun lavozim maoshiga nisbatan quyidagi miqdorlarda har oylik ustama to‘lanishi belgilanmoqda:
➖ 1 yildan 3 yilgacha ish staji uchun – 30 foiz;
➖ 3 yildan 5 yilgacha ish staji uchun – 60 foiz;
➖ 5 yildan 10 yilgacha ish staji uchun – 80 foiz;
➖ 10 yildan 15 yilgacha ish staji uchun – 100 foiz;
➖ 15 yil va undan ortiq ish staji uchun – 120 foiz.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏦 Banklarni sanatsiya qilish tartibi belgilandi

⚖️ Adliya vazirligi banklarni sanatsiya qilish tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3976, 2026-yil 16-noyabr).

📄 Mazkur hujjat “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

📌 Ushbu hujjat omonatchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bank xizmatlarining uzluksizligini ta’minlash hamda banklar faoliyatidagi moliyaviy muammolarni tartibli hal etishga qaratilgan.

❓ Banklarni sanatsiya qilish nima?
🏛 Bu moliyaviy muammoga duch kelgan bankning muhim xizmatlarini saqlab qolish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun amalga oshiriladigan maxsus chora-tadbirlardir.

📊 Hujjatga ko‘ra, banklarni sanatsiya qilishda quyidagi 3 ta asosiy vosita qo‘llaniladi:
🔹 Aktivlar va majburiyatlarni o‘tkazish (sotish) — bankning aktivlari va majburiyatlari, jumladan kreditlari va omonatlarini boshqa bankka o‘tkazish;
🔹 Oraliq bankni tashkil etish — bankning muhim xizmatlarini davom ettirish uchun 2 yilgacha faoliyat yurituvchi vaqtinchalik bank tashkil qilish;
🔹 Hisobdan chiqarish va (yoki) konvertatsiya qilish — bank zararlarini qoplash uchun uning kapitali va ayrim majburiyatlarini kamaytirish yoki aksiyalarga aylantirish.

🛡 Omonatchilar uchun qanday kafolatlar nazarda tutilgan?
🔵 Kafolatlangan omonatlar, shu jumladan ularning kafolatlash chegarasidan oshadigan qismi hisobdan chiqarilmaydi yoki aksiyalarga aylantirilmaydi.
🔵 Omonatlar boshqa bankka o‘tkazilganda, omonatchilar bilan yangi bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish talab etilmaydi.
🔵 Bankning aktivlari va majburiyatlari boshqa bankka yoki oraliq bankka o‘tkazilganda, bank xizmatlarining uzluksizligini ta’minlash choralari ko‘riladi.
🔵 Bankning zararlari birinchi navbatda aksiyadorlar hisobidan qoplanadi.


👤 Shuningdek, sanatsiya jarayonida bankni boshqarish uchun maxsus boshqaruvchi tayinlanishi mumkin. Uning faoliyati Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi.

📢 Bankni sanatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror Markaziy bank va sanatsiya qilinayotgan bankning rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇹🇷 O‘zbekiston va Turkiya adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

⚖️ Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov hamda Turkiya Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Sedat Ayyildiz boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanayotgani, xususan, Boku shahrida imzolangan memorandum va Turkiy davlatlar adliya vazirlari uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarning ahamiyati ta’kidlandi.

💻 A. Tashkulov O‘zbekistonda adliya sohasini raqamlashtirish natijalariga to‘xtalib, onlayn notariat tizimidan 1 million 300 mingdan ortiq fuqaro foydalanganini qayd etdi.

🔹 Shuningdek, sun’iy intellektni huquq va sud ekspertizasiga joriy etish, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda mediatsiya institutini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🇹🇷 S. Ayyildiz O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan adliya tizimidagi islohotlarini yuqori baholab, istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

✅ Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥3