ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#matbuot_anjumani

“Özarxiv” agentligi tomonidan
matbuot anjumani taşkil etildi

2026-yil 13-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF–228-son Farmoni ijrosi va kelgusidagi vazifalar yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi.

Anjumanda “Özarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan arxiv sohasini raqamlaştiriş, fuqarolarga xizmat körsatiş, normativ baza yaratiş, xalqaro hamkorlik va davlat nazorati yönalişlarida erişilgan asosiy natijalar haqida ma’lumot berildi.

BATAFSIL: https://gov.uz/oz/archive/news/view/247182


“Özarxiv” agentligi Axborot xizmati

—-
✔️ “Özarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
❤1👍1🔥1
✅ Adliya tizimidagi rahbar ayollar xalqaro stajirovkada ishtirok etishmoqda
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Yevropa davlat boshqaruvi instituti (EIPA) va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda rahbar ayollar zaxirasidagi salohiyatli nomzodlar uchun Niderlandiya va Belgiyada xalqaro stajirovka tashkil etildi.

Mazkur stajirovkada Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish ta'sirini baholash boshqarmasi boshlig‘i Maftuna Kabilova hamda Namangan viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i Naima Yadigarova ishtirok etmoqda.
 
Ushbu o’quv rahbar ayollarning yetakchilik salohiyatini yuksaltirish, samarali muzokara olib borish va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

 
Batafsil


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚖️ TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK ISHLARI AGENTLIGI FAOLIYATINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 616-son qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

📌 Nizom bilan Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.

🔰 Mazkur Nizom to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat nazorati va muvofiqlashtirishni kuchaytirish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📄 Qarorning to‘liq matni: https://lex.uz/uz/docs/-8584766

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1🔥1
#Adliya_xabari

⚖️ Adliya vaziri fuqarolarning murojaatlarini tingladi

📍 Bugun, 13-noyabr kuni Adliya vazirligida adliya vazirining fuqarolar bilan navbatdagi qabuli o‘tkazildi.

🔹 Qabul davomida fuqarolar hamda yuridik shaxslar vakillari tomonidan notariat, davlat xizmatlari, FHDY, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati va boshqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

💬 Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, fuqarolarning muammolariga qonuniy yechim topish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Qabul natijalari raqamlarda:
🔹 11 ta murojaat kelib tushdi;
🔹 3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi;
🔹 6 ta murojaat joyida tushuntirish berish orqali hal etildi;
🔹 2 ta murojaat ijroga yo‘naltirilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


✅ Ijroga qabul qilingan murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

📌 Eslatib o‘tamiz, adliya vazirining fuqarolar qabuli har hafta juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar o‘tkaziladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3🔥1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kecha, 13-noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev huzurida 2027-yilgi Davlat byudjeti va iqtisodiy o‘sishning yangi modelini muhokama qilish yuzasidan fikrlarini o‘rtoqlashdi.

Qayd etilishicha, kelgusi yilda asosiy soliq stavkalari oshirilmaydi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy sanoatni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining AQShdagi vakili Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti Maslahat kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Batafsil

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥1
#Adliya_tanlov

📣📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

✅Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola va blogpost tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etiladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola”;
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost”.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2026-yilning 1-yanvaridan 25-noyabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan telegramdagi @axborot_xizmati_AV elektron manziliga yuboriladi.

🗓 Muddat: 2026-yil 25-noyabrgacha.

Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan materiallar hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi va har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib aniqlanadi.

Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi nogironligi boʻlgan shaxslarni navbat asosida reabilitatsiya qilish va protezlash markazlariga yoʻllash tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3974, 2026-yil 13-noyabr).


Xususan, mazkur hujjatga ko‘ra:
1) nogironligi bo‘lgan shaxslar reabilitatsiya markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali elektron tarzda, navbat asosida yo‘llanadi, navbat esa markazlardagi bo‘sh o‘rinlar hisobga olingan holda avtomatik shakllantiriladi;

2) yo‘llanma olish uchun nogironligi bo‘lgan shaxs yoki uning qonuniy vakili Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, ijtimoiy xodimlar orqali yoxud bevosita oilaviy shifokorga murojaat qiladi hamda xizmatni hududiy yoki milliy markazda, ambulator yoxud statsionar sharoitda olishni o‘zi tanlaydi;

3) so‘rovnomani ko‘rib chiqish, yo‘llanma berish hamda reabilitatsiya xizmatlari bepul amalga oshiriladi;

4) oilaviy shifokor 5 ish kuni ichida tibbiy ko‘rik o‘tkazib, shaxsda 569 ta tibbiy ko‘rsatmadan birortasi mavjudligi va 26 ta qarshi tibbiy ko‘rsatma mavjud emasligini aniqlagan taqdirda yo‘llanmani elektron shaklda shakllantiradi;

5) reabilitatsiya xizmatlari nogironlik muddatiga qarab ambulator sharoitda yiliga 2–3 marta, statsionar sharoitda esa yiliga 1–2 marta ko‘rsatiladi;

6) ariza beruvchi navbat holatini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin hamda navbat kelishidan 10 kun oldin SMS-xabarnoma orqali ogohlantiriladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_reportaj

💰 Bu korxona qanday qilib 12 milliard so‘m qarzga botdi?

🚧 12 milliard so‘m qarz. Hovlida esa ishlamay turgan buldozerlar, kranlar va samosvallar…

🏗 “Toshkent Yo‘l Qurilish” MChJ to‘lovga qobiliyatsiz deb topildi. Yo‘l quradigan texnika bor, mutaxassis bor, ammo korxona o‘z qarzini to‘lay olmayapti. Nega shunday bo‘ldi?

🔎 To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi bilan birgalikda korxonaga borib, texnikalar ko‘zdan kechirildi va mas’ullarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar berildi:
❓ Qarzlar qanday yig‘ilib qoldi?
❓ Nega mavjud texnikalar ishlatilmayapti?
❓ Korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish va faoliyatini tiklash rejasi bormi?


🎥 Savollarga javoblar va joyidan tayyorlangan maxsus reportaj videoda 👆

▶️ Oxirigacha tomosha qiling!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥2
🛫 Öquvçini xorijga uzoq muddatga ketişi munosabati bilan maktab safidan çiqariş!

👨‍💻 Ilgari bu jarayon uçun ta’lim muassasasi hamda tegişli idoralarga boriş, turli hujjat va ma’lumotnomalarni yiğiş talab etilardi. Endilikda uşbu xizmat my.gov.uz portaliga integratsiya qilinib, töliq onlayn şaklga ötkazildi.

👉 Xizmat böyiça eng muhim ma’lumotlar:

👤 Kimlar ariza topşirişi mumkin? 18 yoşga tölmagan öquvçining ota-onasi yoki vasiysi.
🏫 Qaysi ta’lim muassasalariga taalluqli? Umumiy örta, örta maxsus va kasbiy ta’lim taşkilotlari (maktab, litsey, kollej va texnikumlar).
🔖 Talab qilinadigan hujjatlar: Yöq! Heç qanday qöşimça hujjat talab etilmaydi. Barça kerakli ma’lumotlar idoralararo elektron tizim orqali avtomatik olinadi.

❗️Xizmatdan foydalaniş mutlaqo bepul.

⏱️ Körib çiqiş tartibi va muddatlari:

1. Ariza bolalar masalalari böyiça tuman (şahar) komissiyasi tomonidan 5 iş kuni içida körib çiqiladi;
2. Qabul qilingan qaror kelib tuşganidan söng, ta’lim taşkiloti 1 iş kuni içida öquvçini elektron tizim (baza)dagi öquvçilar safidan çiqaradi.

👉 Ariza topşiriş uçun:

🗄 my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasiga kiring va “Öquvçini xorijiy davlatga ketişi munosabati bilan ta’lim taşkiloti öquvçilari safidan çiqariş” xizmatini tanlang;
🗄 Farzandingizni (öquvçini) belgilab, elektron sörovnomani töldiring;
🗄 Arizani tasdiqlang va yuboring;
🗄 Natijani şaxsiy kabinetingiz orqali kuzatib boring.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2🔥2