ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_tanlov

📣📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

✅Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola va blogpost tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etiladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola”;
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost”.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2026-yilning 1-yanvaridan 25-noyabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan telegramdagi @axborot_xizmati_AV elektron manziliga yuboriladi.

🗓 Muddat: 2026-yil 25-noyabrgacha.

Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan materiallar hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi va har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib aniqlanadi.

Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_qadri
#Teatr

Sahnada inson qadri.Farg‘onada “Vatanga qaytiş” spektakli qalblarni larzaga soldi


Farğona şahridagi Yusufjon qiziq Şakarjonov nomli viloyati musiqali drama teatrida Adliya vazirligi taşabbusi bilan Samarqand viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan sahnalaştirilgan “Vatanga qaytiş” spektakli namoyiş etildi.

Mazmunan teran, hayotiy voqealarga boy spektakl tomoşabinlarda katta taassurot qoldirib, Vatanga muhabbat, insoniy qadriyatlar va yurtga sadoqat tuyğularini yana bir bor yuksaltirdi.

San’at va teatr orqali ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni tarğib etişga qaratilgan uşbu namoyiş tomoşabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3👏2❤1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida xorijiy qimmatli qog‘ozlarning muomalasi tartibi to‘g‘risidagi nizomni (ro‘yxat raqami 3971, 2026-yil 11-noyabr) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

 
Endilikda maxsus huquqiy rejim doirasida malakali investorlar yoki yuridik shaxslar xorijiy kompaniyalar aksiyalari, obligatsiyalari va birja investitsiya fondlari (ETF) qimmatli qog‘ozlari bilan O‘zbekistondagi fond birjasi hamda investitsiya vositachilarining elektron platformalari orqali operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.

Yangi tartibga ko‘ra:
– xorijiy qimmatli qog‘ozlar bilan savdolar fond birjasi va investitsiya vositachilarining elektron platformalari orqali tashkil etiladi;
– xorijiy qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar faqat Istiqbolli loyihalar milliy agentligining reyestriga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha amalga oshiriladi;
– qimmatli qog‘ozlarni qarz mablag‘lari hisobidan sotib olish taqiqlanadi;
– hisob-kitoblar chet el valyutasida amalga oshiriladi;
– investorlarning pul mablag‘larini chiqarib olish bo‘yicha topshiriqlari uch bank kunidan oshmagan muddatda bajariladi;
– investitsiya vositachisi bilan shartnomalarni masofaviy raqamli identifikatsiyadan foydalangan holda elektron shaklda tuzishga ruxsat etiladi.
– xorijiy qimmatli qog‘ozlarni muomalaga kiritish bo‘yicha arizalar vakolatli organ tomonidan 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibi to'g'risidagi nizomga o‘zgartirishlarni (ro‘yxat raqami 3430-2, 2026-yil 12-noyabr) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

 
❗️Mazkur hujjat bilan retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish mezonlari takomillashtirildi.

🔰 Dori vositasini retseptsiz beriladigan toifaga kiritishda quyidagilar hisobga olinadi:
🔹 dori vositasining tibbiy xodimning doimiy kuzatuvisiz mustaqil va xavfsiz qo‘llanishi;
🔹 noto‘g‘ri qo‘llash, dozani oshirib yuborish, suiiste’mol qilish yoki qaramlikni keltirib chiqarish xavfining pastligi;
🔹 qo‘llash yo‘riqnomasidagi ma’lumotlarning iste’molchi uchun aniq, to‘liq va tushunarli ekani;
🔹 farmakonazorat hamda postmarketing nazorati natijalari;
🔹 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan e’tirof etilgan tartibga soluvchi organlar tomonidan dori vositasining retseptsiz beriladigan toifaga kiritilganligi.

✅ Ikki yoki undan ortiq faol modda birikmasidan iborat dori vositalari ham retseptsiz beriladigan toifaga kiritilishi mumkin.

Bunda har bir faol moddaning terapevtik hissasi, kombinatsiyaning foyda-xavf nisbati, klinik asoslanganligi, shuningdek, o‘zaro ta’sir, dozani oshirib yuborish va noto‘g‘ri qo‘llash xavflari baholanadi.

📝 Dori vositasini retsept bilan beriladigan toifadan retseptsiz beriladigan toifaga o‘tkazish rad etilgan taqdirda, rad etish asoslari bartaraf etilganda yoki dori vositasining xavfsizligi hamda samaradorligiga oid yangi ma’lumotlar olinganda, ariza beruvchi uch yil kutmasdan takroran murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi.

📌 Vakolatli organ dori vositasining xavfsizligi va samaradorligiga oid yangi ma’lumotlar, farmakonazorat va postmarketing nazorati natijalari hamda qonunchilikdagi o‘zgarishlardan kelib chiqib, uning toifasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥1
#Adliya_xabari

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

⚖️ 2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etish bo‘yicha xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqarosi Mehmet Zeki Obuz va boshqalarning O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qo‘zg‘atgan xalqaro arbitraj ishi yuzasidan qaror qabul qildi.

✅ Qarorga muvofiq, da’vogarlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga qarshi ilgari surilgan barcha da’vo talablari rad etildi.

📑 Ushbu investitsiyaviy nizo O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida 1992-yilda tuzilgan investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitim asosida qo‘zg‘atilgan bo‘lib, 2021-yil iyun oyida boshlanib, 5 yil davom etdi.


🔹 Arbitraj tribunali e’lon qilgan qaror nizolashuvchi tomonlar uchun yakuniy hisoblanadi.

🛡 Mazkur arbitraj ishida davlat manfaatlarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda “Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle” xalqaro yuridik kompaniyasi (AQSH) himoya qildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏6❤4🔥2
#matbuot_anjumani

“Özarxiv” agentligi tomonidan
matbuot anjumani taşkil etildi

2026-yil 13-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF–228-son Farmoni ijrosi va kelgusidagi vazifalar yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi.

Anjumanda “Özarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan arxiv sohasini raqamlaştiriş, fuqarolarga xizmat körsatiş, normativ baza yaratiş, xalqaro hamkorlik va davlat nazorati yönalişlarida erişilgan asosiy natijalar haqida ma’lumot berildi.

BATAFSIL: https://gov.uz/oz/archive/news/view/247182


“Özarxiv” agentligi Axborot xizmati

—-
✔️ “Özarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
❤1👍1🔥1
✅ Adliya tizimidagi rahbar ayollar xalqaro stajirovkada ishtirok etishmoqda
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Yevropa davlat boshqaruvi instituti (EIPA) va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda rahbar ayollar zaxirasidagi salohiyatli nomzodlar uchun Niderlandiya va Belgiyada xalqaro stajirovka tashkil etildi.

Mazkur stajirovkada Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish ta'sirini baholash boshqarmasi boshlig‘i Maftuna Kabilova hamda Namangan viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i Naima Yadigarova ishtirok etmoqda.
 
Ushbu o’quv rahbar ayollarning yetakchilik salohiyatini yuksaltirish, samarali muzokara olib borish va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

 
Batafsil


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚖️ TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK ISHLARI AGENTLIGI FAOLIYATINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 616-son qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

📌 Nizom bilan Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.

🔰 Mazkur Nizom to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat nazorati va muvofiqlashtirishni kuchaytirish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📄 Qarorning to‘liq matni: https://lex.uz/uz/docs/-8584766

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1🔥1