#Adliya_xabari
📌 Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi
⚖️ Adliya vazirligi tomonidan Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida “Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi” doirasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
🗣 Anjumanda mualliflik huquqini himoya qilish, kontrafakt asarlar tarqalishining oldini olish, ko‘chirmachilikka qarshi kurashish hamda jamoatchilikning bu boradagi huquqiy xabardorligini oshirish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
📊 Shuningdek, mualliflik huquqiga rioya etish madaniyatini yuksaltirish, ijodkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatda intellektual mulkka hurmatni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🤝 Tadbirda OAV va jamoatchilik vakillari, blogerlar ishtirok etib, berilgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅ “Intellektual mulk va ayollar”
“Buyuk ayollarning buyuk ishlari” 3-qism
U ilm-fan tarixini o‘zgartirdi va ayollar ham dunyoni kashfiyotlar bilan o‘zgartira olishini isbotladi!
Bu galgi qahramonimiz — ikki karra Nobel mukofoti laureati, buyuk olima Mariya Kyuri.
Uning hayoti ilmga muhabbat, jasorat va qat’iyat insonni eng yuksak marralarga olib chiqishini ko‘rsatadi. Mariya Kyuri nafaqat ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shdi, balki millionlab ayollarga ilhom manbaiga aylandi.
✅Izlaning, yarating va tarixda o‘z izingizni qoldiring!

🔥10❤1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏠 15 yil ish staji bo'lgan oliy malaka toifasiga ega pedagoglarga uy-joy sotib olish uchun subsidiya berilishidan xabardormisiz?
✅ Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
🌐 Ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi masʼul tashkilotlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
💰Ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badalning 25 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladi.
⚖️ Asos: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-son qarori
✨ Raqamli davlat xizmatlari Sizning qulayligingiz uchun!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤2👍2
#Adliya_xabari
✅ O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan internet jahon tarmog'idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan deb topilgan hamda O'zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) RO'YXATI (03. 11. 2026 yil holatiga)
✅️ Hurmatli fuqarolar!
✅️ Qadrli ota-onalar va yoshlar!
✅️ Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog'iga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yo'l qo'ymang.
📌 Sud tomonidan taqiqlangan internet manbalardan yiroq bo'ling!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
📌 Sud tomonidan taqiqlangan internet manbalardan yiroq bo'ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥3
#Adliya_xabari
🏢“REAL TEKS Qorako‘l” MCHJda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayoni o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulovning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida bo‘lgan “REAL TEKS Qorako‘l” MCHJ faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔎O‘rganish jarayonida korxonaning joriy holati, to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilishi, korxonaga tegishli mol-mulklarning mavjudligi, saqlanishi va ulardan samarali foydalanish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
🏭Shuningdek, korxona mol-mulklarini inventarizatsiyadan o‘tkazish, baholash, ijaraga berish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq jarayonlar, mavjud kreditorlik qarzdorliklari, to‘lovga qobiliyatsizlik ishlarining davomiyligi hamda ularning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgan omillar tahlil qilindi.
📌Bundan tashqari, korxonaning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, faoliyatini tiklash va moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
📊Shu bilan birga, mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish, korxona mol-mulklarining iqtisodiy samaradorligini ta’minlash hamda kreditorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
🤝O‘rganish davomida to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini qonunchilikda belgilangan tartibda samarali tashkil etish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ishlarning asossiz ravishda cho‘zilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

❤4👍2🔥2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi “Bitiruvchi sifati indeksi”ni hisoblashni belgilovchi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3964, 2026-yil 31-oktyabr).
Mazkur idoraviy hujjat “Bitiruvchi sifati indeksi”ni hisoblashda qo‘llaniladigan indikatorlar va koeffitsiyentlarni aniqlash tartibini belgilaydi.
“Bitiruvchi sifati indeksi” quyidagi indikatorlar asosida hisobot yili yakunlariga ko‘ra shakllantiriladi:
– bitiruvchilarning band bo‘lish tezligi;
– barqaror bandlik darajasi;
– o‘rtacha oylik daromadi;
– bandlik toifasi.
Hisobot yili 1-iyuldan boshlanib, keyingi yilning 30-iyun sanasiga qadar boʻlgan 12 oylik davr hisoblanadi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bitiruvchilar uchun bitiruvchilarning band bo‘lish tezligi va bandlik toifasi indikatorlarida eng yuqori koeffitsiyent qo‘llaniladi hamda barqaror bandlik darajasi indikatorini hisoblashda barqaror bandligi ta’minlangan bitiruvchilar sifatida hisobga olinadi.
Bandlik toifasi indikatorini hisoblashda bitiruvchi bir vaqtning o‘zida bir nechta toifaga mansub bo‘lgan taqdirda, unga nisbatan belgilangan oshiruvchi koeffitsiyentlardan eng yuqorisi qo‘llaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoniga muvofiq “Bitiruvchi sifati indeksi”ni ishlab chiqish hamda har yili eng yuqori indeksga ega 20 ta oliy taʼlim tashkilotining Karyera markazlarini 500 mln soʻmdan moliyaviy ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyilgan.

🔥2❤1
#Adliya_xabari
🏛Adliya vaziri Qorako‘l tumanidagi adliya organlari va muassasalari faoliyati bilan tanishdi
📌 O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulovning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Qorako‘l tumani adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati o‘rganildi.
🔹Tashrif davomida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish hamda adliya organlari faoliyati samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔎Davlat xizmatlari markazida vazir haydovchilik guvohnomasini olish va almashtirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatilishi jarayonini joyida o‘rgandi. Fuqarolar bilan muloqot qilib, ularga yaratilgan qulayliklar, xizmat ko‘rsatish sifati va mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalarini tingladi.
✅FHDY bo‘limida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bog‘liq xizmatlar sifati, elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda aholiga qulaylik yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
🌐Yuridik xizmat ko‘rsatish markazida davlat tashkilotlariga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifati, huquqiy hujjatlarni tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish jarayonlari hamda markaz faoliyati samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
💬O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish hamda yuridik xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

👍4❤2🔥2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi Tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3966, 2026-yil 31-oktyabr).
Soliq toʻlovchi tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘langan QQS bo‘yicha ortiqcha turgan mablag‘lar bojxona organlarida tovarlarni import qilishda toʻlanadigan QQS to‘lovlari uchun quyidagi ketma-ketlikda hisobga olinadi.
1) Soliq to‘lovchi QQS summalarini soliq va bojxona organlarida oʻzaro hisobga olishni bojxona yuk deklaratsiyasi orqali ma’lum qiladi.
2) Bojxona qo‘mitasi tovarlarni import qilishda toʻlanadigan QQSni qoplash uchun soliq organlarida ortiqcha to‘lov mavjudligini tasdiqlash maqsadida Soliq qo‘mitasiga so‘rov yuboradi.
3) Soliq qo‘mitasi tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQSni qoplashda hisobga olinishi mumkin bo‘lgan summa haqida Bojxona qo‘mitasiga ma’lumot yuboradi hamda o‘zaro hisobga olish dalolatnomasi avtomatik shakllantiriladi.
4) Bojxona qo‘mitasi dalolatnomada ko‘rsatilgan QQS summasini soliq to‘lovchining bojxona organlaridagi shaxsiy hisobvarag‘ida aks ettiradi hamda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtiradi.
Ushbu tartib tadbirkorlik subyektlari uchun tovarlarni import qilishda qulaylik yaratadi hamda barcha jarayonlar avtomatik amalga oshiriladi.