ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🏢Adliya vazirligida Jahon savdo tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 
🌐2026-yil 3-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov Jahon savdo tashkilotiga (JST) O‘zbekistonning a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruh raisi S. Choy hamda JST Kotibiyatining A’zolik bo‘limi direktori M. Oshikava boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

🟢Uchrashuvda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi jarayonida milliy qonunchilikni tashkilot bitimlariga uyg‘unlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

📌M. Istamov O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidlab, ushbu jarayonda Adliya vazirligi tomonidan milliy qonunchilikni xalqaro savdo qoidalariga muvofiqlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda qonunchilikni uyg‘unlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining (LAP) ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etdi.

📊Xususan, 2023-yildan buyon 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat JST bitimlari talablariga muvofiqlashtirilgani, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi va mahalliy korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan davlat bojlari, shuningdek, rezident va norezidentlar uchun patent bojlari birxillashtirilgani ta’kidlandi.

✅O‘z navbatida, S. Choy O‘zbekistonda JSTga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholab, milliy qonunchilikni xalqaro savdo qoidalariga uyg‘unlashtirish borasidagi izchil sa’y-harakatlarni e’tirof etdi.

💬Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini muvaffaqiyatli yakunlash, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish hamda tadbirkorlar va investorlar uchun shaffof, barqaror va oldindan aniq huquqiy muhitni shakllantirish yo‘lida o‘zaro muloqot va amaliy hamkorlikni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

🤝Uchrashuv doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤3👏3
#Adliya_xabari

Adliya vaziri yoshlar bilan uchrashdi

📌O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulovning Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida viloyat adliya boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🟢Ochiq va samimiy muloqot davomida yosh xodimlarning kasbiy faoliyati, ularni qiynayotgan masalalar, tizimda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

💬Uchrashuvda yoshlar tomonidan adliya tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, ish jarayonlarini samarali tashkil etish, xodimlarning kasbiy rivojlanishi va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 10 dan ortiq taklif va tashabbuslar bildirildi.

✅Bunday muloqotlar yosh xodimlarning tashabbuskorligini oshirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va tizim rivojiga munosib hissa qo‘shishida muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚖️ Huquqingiz buzilmasidan oldin uni bilib oling!

🟢Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarga qonunchilik mazmunini sodda va tushunarli yetkazish maqsadida "ADLIYA TV" loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.

📌Unda dolzarb huquqiy mavzular, muhim qonunchilik yangiliklari va advokatlardan bepul maslahatlar bilan tanishishingiz mumkin.

YouTube: https://www.youtube.com/@adliyatv
Instagram: https://www.instagram.com/adliyatv/

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Adliya vazirligi tomonidan 1–31-oktabr kunlari respublika bo‘ylab o‘tkazilgan “Mualliflik huquqini himoya qilish oyi” yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tafsilotlari


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

🎙 "BIZDAN ESHITING" — dolzarb savollarga birinchi manbadan javob!

🏗 Qurilish (no)qonuniymi? Yangi xarid qilayotgan uyingiz kafolatli (mi)? Uylar eskirdi (mi)? Yangilash (Renovatsiya) vaqti keldi (mi)?

Bu va boshqa dolzarb savollarga mas'ul idoralar axborot xizmati rahbarlari bilan suhbatimizda javob beramiz.

"Bizdan eshiting" — taxminlar emas, aniq ma’lumotlar va ishonchli javoblar!

❗️Podkastni tomosha qiling, fikr va takliflaringizni izohlarda qoldiring!

Videoni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=D-8I6Fyu7eU

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4🔥4👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_e’lon

⚖️ LEXHACKATHON 2026 🚀

Huquqiy muammolar uchun real yechimlar!

⌛️Tez kunda!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari M.IKramov va CISAC vakili o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔵Adliya vazirligida adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov CISAC (Mualliflar va kompozitorlar jamiyatlarining xalqaro konfederatsiyasi) hamda BIEMning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Mitko Chatalbashev bilan uchrashdi.

🚛Uchrashuv davomida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish tizimini takomillashtirish, mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish mexanizmlarini rivojlantirish hamda ijodkorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

🚛Uchrashuv yakunida mualliflar va boshqa huquq egalarining manfaatlarini samarali himoya qilish, mualliflik huquqi sohasidagi xalqaro standartlarni joriy etish hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥3👏2