ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Beruniy tumanida aholi va tadbirkorlik subyektlarining muammolarini o‘rgandi
.
 
🚛O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari M.Allakuliyev tomonidan Beruniy tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi va tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashildi.

Unda oilalarning ijtimoiy ahvoli, ularni qiynayotgan muammolar, mavjud ehtiyoj va murojaatlari atroflicha o‘rganildi, ehtiyojmand oilalarga subsidiya hisobidan ajratilgan sug‘orish vositalari va quyosh panellari topshirildi hamda kambag‘al oilalarni issiqxona yuritishga o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi oila va to'qimachilik bilan shug'ullanuvchi tadbirkor faoliyati bilan tanishildi.


🚛Shuningdek, fuqarolarning qonunchilikda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.

🚛Bunday uchrashuvlar aholining muammolarini joyida o‘rganish, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4👏1
#Hamdardlik

Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Jumanyozov Nodir Xudayberdiyevich bevaqt vafot etdi.

Nodir Jumanyozov 1982-yilda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida tug‘ilgan.

U 2005-yildan boshlab adliya organlari tizimida turli mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Xususan, Adliya vazirligining markaziy apparatida, Davlat xizmatlari agentligi hamda Xorazm viloyati adliya boshqarmasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Nodir Xudayberdiyevich ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida yuksak kasbiy bilim va salohiyati, boy tajribasi, mas’uliyati hamda fidoyiligi bilan adliya tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shgan.

O‘z ishiga talabchanligi, kasbiy masalalarga puxta yondashuvi, hamkasblari bilan samimiy munosabati va insoniy fazilatlari bilan jamoada hurmat-e’tibor qozongan. Uning adliya tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, orttirgan tajribasi va ezgu ishlari hamkasblari xotirasida saqlanib qoladi.


Uning bevaqt vafoti adliya tizimi jamoasi uchun og‘ir yo‘qotish bo‘ldi.

Adliya vazirligi jamoasi Jumanyozov Nodir Xudayberdiyevichning vafoti munosabati bilan uning barcha yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor qiladi.
1❤185👏2
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi «Intil» xalqaro til va kasbga o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishadi hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari jahon mehnat bozori o‘zgarayotganiga e’tibor qaratdi. Bugun dunyoda 168 million kishi xorijiy migratsiyada. Mamlakatimizda ham chet elda ishlash istagidagi fuqarolar bor, boshqa davlatlarda esa ishchi kuchiga ehtiyoj yuqori. Ushbu ikki imkoniyatni o‘zaro bog‘lash soha mutasaddilari va hududlar rahbarlari oldida turgan asosiy vazifa ekani qayd etildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥3
Prezidentimiz chet elda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish davlatning doimiy vazifasi ekanini alohida ta’kidladi.

– Chet elda ishlayotgan har bir yurtdoshimiz – oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uchun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlar. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz!

– dedi Prezidentimiz.

Xorijda muammoga duch kelgan vatandoshlarimiz endi yordam so‘rab, “Onlayn mahalla” platformasida xabar qoldira oladi. Zarur hollarda elchining o‘zi fuqaro oldiga borib, uning huquqini himoya qiladi va muammosiga yechim topish bilan shug‘ullanadi.

– Chet elda mehnat qilayotgan birorta yurtdoshimiz o‘z muammosi bilan yolg‘iz qolmasligi kerak,

– dedi Prezidentimiz.

Hokimlar oldiga xorijda ishlayotganlarning oilasi va ota-onasi farovon hayot kechirishi, farzandlari yaxshi ta’lim olishi uchun sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi. Har bir vatandoshimiz qayerda bo‘lmasin, ortida uni qo‘llab-quvvatlaydigan Vatani borligini his qilib yashashi kerakligi ta’kidlandi.

Facebook|Instagram|X
🔥2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Taʼlim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish uchun yigʻimlar miqdorlari va ularni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3739-1, 2026-yil 31-oktyabr).

 
Endilikda ta’lim tashkilotining murojaatiga asosan davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish uchun bazaviy yigʻim miqdori 4 barobar kamaytirilishi (bazaviy yigʻim miqdorining 25 foizi qo‘llanilishi) mumkin.
 
Mazkur imkoniyat quyidagilardan biri mavjud bo‘lgan qo‘llaniladi:
 
1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Prezident Administratsiyasi Rahbarining yoki Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli ta’lim dasturlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish zarurati yuzaga kelganda;
 
2) ta’lim tashkilotidagi amaldagi ta’lim dasturlarining kamida 50 foizi O‘zbekistonda tan olinadigan akkreditatsiya tashkilotlari reyestriga kiritilgan akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan hamda mazkur akkreditatsiya natijalaridan foydalanish orqali baholash ishlari hajmini qisqartirish imkoniyati mavjud bo‘lganda;
 
3) maxsus davlat akkreditatsiyasini masofaviy shaklda o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lganda;
 
4) bir vaqtning o‘zida 10 ta va undan ortiq ta’lim dasturini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish uchun murojaat qilinganda;
 
5) turdosh ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish uchun umumiy bo‘lgan moddiy-texnika, kadrlar yoki boshqa infratuzilmani takroran baholash talab etilmasligi natijasida akkreditatsiya ishlarining amaldagi hajmi qisqarganda.
 
Mazkur yengillik ta’lim tashkilotlarining akkreditatsiya bilan bog‘liq xarajatlarini kamaytirish, ta’lim sifatini baholash jarayonlarini soddalashtirish va ta’lim sohasida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍4🔥2👏2
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
💥Live

Ayni paytda OAV uchun kontent tayyorlash markazida “Mualliflik huquqini himoya qilish oyi” oyligi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥3👍2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥4❤3👏2
#Adliya_xabari

O'zbekiston delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi Auditorlar sudi faoliyati bilan tanishdi

Lyuksemburg davlatiga xizmat safari doirasida O'zbekiston delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi Auditorlar sudida davlat-xususiy sheriklik va autsorsing shartnomalarini nazorat qilishga oid tajribani o'rgandi.

Uchrashuvda davlat mablag'laridan samarali foydalanish, shartnomalarning shaffofligi, moliyaviy xavflarni baholash, xizmatlar sifati va erishilgan natijalarni audit qilish kabi masalalarga e'tibor qaratildi.

Mazkur tajriba davlat-xususiy sheriklik loyihalari va autsorsing mexanizmlarini takomillashtirish, budjet mablag'larining maqsadli sarflanishini ta'minlash hamda davlat xizmatlari samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy yondashuvlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

Uchrashuv Yevropa Ittifoqi ko'magida Adliya vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamkorligida amalga oshirilayotgan "O'zbekistonda davlat xizmatlari ko'rsatishni yanada takomillashtirish" loyihasi doirasida tashkil etildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥2
#Adliya_e'lon

⚖️ LEXHACKATHON 2026 🚀

Huquqiy muammolar uchun real yechimlar!

🖥20–22-noyabr kunlari LexHackathon 2026 bo‘lib o‘tadi!

☄️Agar sizda huquq va davlat boshqaruvi sohasidagi muammolarga innovatsion yechim g‘oyasi bo‘lsa, ushbu xakaton aynan siz uchun!


🎯 Xakaton 2 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi:
🔹 Huquqiy xizmatlarni ko‘rsatish
🔹 Huquqiy targ‘ibot va ta’limni rivojlantirish

🏆 Mukofotlar:
🥇 1-o‘rin – 60 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin – 40 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin – 25 000 000 so‘m


🎁 G‘olib jamoalarga qo‘shimcha ko‘mak:
🚀 inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish imkoniyati;
🏢 loyiha ustida ishlash uchun ofis;
🤝 huquq, texnologiya va biznes sohalarida mentorlik ko‘magi.

📍 Manzil: Toshkent davlat yuridik universiteti

👥 Ishtirokchilar: 3–5 nafardan iborat jamoalar

✅ Ishtirok etish bepul

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 2–15-noyabr
🖥 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: eventflow.uz
🌐 Batafsil ma’lumot olish uchun: lexlab.uz

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥3❤2👍2
#Adliya_xabari

📌 Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

⚖️ Adliya vazirligi tomonidan Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida “Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi” doirasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🗣 Anjumanda mualliflik huquqini himoya qilish, kontrafakt asarlar tarqalishining oldini olish, ko‘chirmachilikka qarshi kurashish hamda jamoatchilikning bu boradagi huquqiy xabardorligini oshirish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

📊 Shuningdek, mualliflik huquqiga rioya etish madaniyatini yuksaltirish, ijodkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatda intellektual mulkka hurmatni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝 Tadbirda OAV va jamoatchilik vakillari, blogerlar ishtirok etib, berilgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3🔥3👏3