ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

✅ Mualliflik huquqini himoya qilish – ijodkor mehnatini qadrlash demakdir!

✅Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Madaniyat vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Mualliflik huquqini himoya qilish” oyligi doirasida “Mualliflik huquqiga oid nizolar: sud amaliyotining dolzarb masalalari”, “IT sohasida mualliflik huquqi” va “Madaniyat sohasida mualliflik huquqi” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

Unda mualliflik huquqini himoya qilishning dolzarb masalalari, sud amaliyoti, raqamli muhitda intellektual mulk obyektlaridan qonuniy foydalanish hamda ijodkorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

✅Mazkur tadbirlar soha vakillari o‘rtasida tajriba almashish, hamkorlikni mustahkamlash va jamiyatda intellektual mulkka hurmat madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

#MualliflikHuquqi #IntellektualMulk #IjodkorHuquqlari

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2❤1
#Adliya_xabari

🎓 TDYU talabalari ish beruvchilar bilan karyera imkoniyatlarini muhokama qildi

📍 Toshkent davlat yuridik universitetida “Yuridik kasbda karyera: ishga joylashish imkoniyatlari va talablar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Tadbirda Adliya vazirligi, “Aloqabank” ATB, “Yunusobod advokatlari” advokatlar hay’ati vakillari hamda talabalar ishtirok etdi.

💬 Uchrashuv davomida yuridik sohadagi mehnat bozorining bugungi talablari, yosh mutaxassislarning ishga joylashish istiqbollari va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

⚖️ Xususan, adliya organlari, bank tizimi va advokatura sohasida faoliyat boshlash, ishga qabul qilish tartiblari, tanlov bosqichlari hamda nomzodlarga qo‘yiladigan kasbiy talablar haqida ma’lumot berildi.


🤝 Ochiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan bevosita ish beruvchilarga murojaat qilib, ishga joylashish, kasbiy faoliyatni boshlash va o‘z salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤1👍1
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri o'rinbosari M.Allakuliyev tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasida aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda. Xususan, Beruniy tumani “To‘qimachi mahallasida joriy yilning 30-oktyabr kuni sayyor qabul tashkil etildi.
 
🟢 Sayyor qabulga kelgan fuqarolarning har bir murojaati atroflicha tinglanib, qonunchilik hujjatlari talablari asosida tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
 
📊 Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra:

➖  10 ga yaqin murojaat joyida hal etildi;
➖  20 dan ortiq murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi;
➖ 30 ga yaqin murojaat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazish hamda tegishli huquqiy hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

Shuningdek, fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarini e’tirof etish bo‘yicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qarori tantanali tarzda topshirildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ishga joylashish uchun kerakli hujjatlar to’plamini my.gov.uz portalida olishingiz mumkinligini bilarmidingiz?

Batafsil ushbu video orqali bilib olishingiz mumkin.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👏3🔥2👍1