ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1👏1
💥Live

Ayni paytda xalqaro ekspertlar ishtirokida "Qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda manfaatdor tomonlarni jalb qilish va jamoatchilik muhokamasini tashkil etish" mavzusida amaliy seminar bo‘lib o’tmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥3
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari yanada inklyuziv va qulay bo‘lishi yo‘lida treninglar boshlandi


Bugun Farg‘ona shahrida davlat xizmatlari markazlari xodimlari uchun gender sezgirligi va inklyuziv xizmat ko‘rsatishga bag‘ishlangan hududiy treninglarning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Treninglardan ko‘zlangan asosiy maqsad — har bir fuqaroning jinsi, yoshi, imkoniyati va raqamli savodxonlik darajasidan qat’i nazar, davlat xizmatlaridan teng va qulay foydalanishini ta’minlash, DXM xodimlarining bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.


Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida Ayollar maslahat guruhlarining amaliy tajribasini davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoniga tatbiq etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Zero, inklyuziv davlat xizmatlari — bu shunchaki qulaylik emas, balki har bir fuqaroning huquq va manfaatlariga hurmat bilan yondashish, hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik demakdir.


📍 Hududiy treninglar 15-oktyabr kuni ham Farg‘onada davom etadi. Keyingi mashg‘ulotlar Buxoro (29–30-oktabr) va Urganch
(5–6-noyabr)
shaharlarida tashkil etiladi.

Mazkur treninglar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Quva tumanida tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o'tkazildi

Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimiga ko‘maklashish maqsadida Quva tumanida tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o'tkazildi.

Unda Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi, viloyat ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlari, Biznes-ombudsmanning hududiy sho‘basi, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Ularning sud-huquq tizimiga oid masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni qonuniy hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar bildirildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍3👏3❤1
#Adliya_xabari

Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.

Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.

Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥2
#Adliya_xabari

Jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

Adliya vazirligida Yevropa Ittifoqining Tvining dasturi ekspertlari ishtirokida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini tashkil etishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlik va idoralarning norma ijodkorligi hamda jamoatchilik muhokamasini tashkil etish uchun mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda normativ-huquqiy hujjatlar sifatini oshirishda jamoatchilik fikrini o‘rganish, manfaatdor tomonlarning takliflarini inobatga olish va qarorlarning amaliy samaradorligini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Seminar davomida xalqaro ekspertlar jamoatchilik bilan samarali muloqot o‘rnatish, manfaatdor guruhlarni muhokama jarayoniga jalb qilish hamda bildirilgan takliflarni tahlil etish bo‘yicha ma’ruzalar qildi.


Shuningdek, ishtirokchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, xalqaro tajribani milliy amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tadbirda jamoatchilik muhokamasini elektron platformalar bilan bir qatorda ochiq muloqotlar, davra suhbatlari va so‘rovnomalar orqali ham samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Seminar-trening norma ijodkorligi jarayonining ochiqligini ta’minlash, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish hamda normativ-huquqiy hujjatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥6👍3👏1
#18_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

Bir qo‘lda haddan tashqari ko‘p vakolat — qo‘shimcha xavf

Qaror qabul qilish, nazorat qilish va uning ijrosini baholash funksiyalarining aniq taqsimlanishi muhim.

✅ Yechim: vakolat va mas’uliyatni aniq belgilash, qaror qabul qilish jarayonida tegishli nazorat mexanizmlarini qo‘llash.

🎯 Natija: subyektiv qarorlar va manfaatlar to‘qnashuvi xavfi kamayadi.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
❤1