#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Bolalar_huquqi
O‘zbekiston Respublikasining "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ–1180, 14.10.2026 y.) qabul qilindi.
💼 Mehnat munosabatlari:
➖ bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish majburiyati yuklatilgan ta’lim tashkiloti xodimi bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgani uchun javobgarlikka tortilsa, bu mehnat shartnomasini bekor qilish uchun qo‘shimcha asos bo‘ladi.
⚖️ Himoya kafolatlari:
➖ zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki zo‘ravonlikka guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi;
➖ jinsiy zo‘ravonlikka oid ishlarda voyaga yetmagan jabrlanuvchiga davlat hisobidan advokat ishtiroki ta’minlanadi.
📌 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
❗️ Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
O‘zbekiston Respublikasining "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ–1180, 14.10.2026 y.) qabul qilindi.
🔰 Jinoyat javobgarligi:
🔹 o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish va unga nisbatan jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish uchun jazo o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish belgilandi;
🔹 voyaga yetmaganga nisbatan javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlardagi qasddan odam o‘ldirish, terrorizm va boshqa ko‘rsatilgan holatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi;
🔹 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan shartli hukm qilish qo‘llanilmaydi.
📝 Ma’muriy javobgarlik:
➖ ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar voyaga yetmagan bolaning tarbiyasidagi majburiyatlarini bajarmasa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi;
➖ bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotini tarqatilganda, axborot mahsuloti musodara qilinib tarqatgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari, mansabdor shaxslarga esa ellik baravari miqdorida jarima solinadi;
➖ bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalarning qarorini ijro etmaslik yoki ijro etishga to‘sqinlik qilgan fuqarolarga uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan yetti baravarigacha jarima solinadi.
💼 Mehnat munosabatlari:
➖ bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish majburiyati yuklatilgan ta’lim tashkiloti xodimi bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgani uchun javobgarlikka tortilsa, bu mehnat shartnomasini bekor qilish uchun qo‘shimcha asos bo‘ladi.
⚖️ Himoya kafolatlari:
➖ zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki zo‘ravonlikka guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi;
➖ jinsiy zo‘ravonlikka oid ishlarda voyaga yetmagan jabrlanuvchiga davlat hisobidan advokat ishtiroki ta’minlanadi.
📌 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Patent vakilligi instituti yanada takomillashtiriladi
Hukumat qarori (542-son, 07.10.2026-y.) bilan Patent vakilligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
🔰 Qarorga ko‘ra, patent vakillarining har uch yilda malakasini oshirish tartibi joriy qilindi hamda ularni attestatsiyadan o‘tish talabi bekor qilindi.
🏢 Endilikda Patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (Guvohnoma) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan beriladi.
👤 Guvohnoma olgan jismoniy shaxs Respublikada o‘z faoliyatini patent vakili sifatida amalga oshiradi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
🔥4❤2
❗️ESLATMA
☎️Kuz-qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiqlik ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bo‘yicha qayerga murojaat qilish kerakligini bilasizmi?
📌 Kerakli telefon raqamlarini saqlab qo‘ying va yaqinlaringiz bilan ulashing!

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast
"BIZDAN ESHITING" — RASMIY AXBOROTNI BIRINCHI MANBADAN OLING!
Endi eng dolzarb savollarga javobni bevosita rasmiy axborot manbalaridan eshitasiz.
Ilk son mavzusi: Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va «Hududiy elektr tarmoqlari» mas’ullari bilan mavsumga tayyorgarlik, elektr ta’minoti, ehtimoliy favqulodda vaziyatlar va aholini qiziqtirgan muhim masalalar xususida suhbatlashdik.
"Bizdan eshiting" — mish-mishlardan emas, birinchi manbadan!
Podkastni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=Bu3ptfVv5vQ
❗️Tomosha qiling, fikr bildiring va o‘zingizni qiziqtirgan savollar va kelgusi mavzularga takliflarni izohlarda qoldiring!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
"BIZDAN ESHITING" — RASMIY AXBOROTNI BIRINCHI MANBADAN OLING!
🎙 Birinchi ishonchli axborot kimda?
Albatta, Matbuot kotiblarida!
Endi eng dolzarb savollarga javobni bevosita rasmiy axborot manbalaridan eshitasiz.
"Bizdan eshiting" — yangi podkast loyihasi! Uning o‘ziga xos jihati shundaki, suhbatdoshlarimiz Matbuot kotiblari va Axborot xizmati mas’ullari bo‘ladi.
Bu yerda taxminlar emas, aniq ma’lumotlar, rasmiy munosabatlar va ishonchli javoblar beriladi.
Ilk son mavzusi: Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va «Hududiy elektr tarmoqlari» mas’ullari bilan mavsumga tayyorgarlik, elektr ta’minoti, ehtimoliy favqulodda vaziyatlar va aholini qiziqtirgan muhim masalalar xususida suhbatlashdik.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qanday ketmoqda? Qanday choralar ko‘rilgan? Fuqarolar nimalarga e’tibor qaratishi kerak?
Bu va boshqa savollarga javob — podkastimizning birinchi sonida!
"Bizdan eshiting" — mish-mishlardan emas, birinchi manbadan!
Podkastni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=Bu3ptfVv5vQ
❗️Tomosha qiling, fikr bildiring va o‘zingizni qiziqtirgan savollar va kelgusi mavzularga takliflarni izohlarda qoldiring!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍9🔥5👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
INTELLEKTUAL MULKNING HUQUQIY HIMOYASI TAKOMILLASHTIRILMOQDA
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
🔥4❤1👍1
#Mehr_ulash
✔️ Bir donor — uch inson hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shishi mumkin!
❤️ Adliya vazirligi tashabbusi bilan Respublika qon quyish markazi bilan birgalikda 16-oktabr kuni “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi oʻtkaziladi.
✔️ Aksiyada adliya organlari va muassasalari xodimlari bilan birga Toshkent shahri aholisi va mehmonlari ham ishtirok etishlari mumkin.
❗️ Eslatma: donor boʻlish uchun pasportning (ID) asli yoki elektron shakli kerak boʻladi.
✔️ Qon va qon mahsulotlari murakkab tibbiy va jarrohlik muolajalarni boshdan kechirayotganlarga va baxtsiz hodisalar oqibatida jarohatlanganlarga samarali yordam koʻrsatishda juda muhim manbadir. Donor bemorlarni hayotini saqlab qolishi, unga yangi hayot tuhfa qilishi mumkin.
✔️ Adliya vazirligi jamoasi “Bir ezgu tomchi. Uchta hayot imkoniyati” chaqirigʻi bilan qolganlarni ham ushbu xayriya aksiyasiga qoʻshilishga chorlaydi.
🗓 Vaqti va sanasi: 16-oktabr , 09:00-14:00
📍 Manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh, 5 (Adliya vazirligi binosi).
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤3
#19_kun
🛡 1 KUN — 1 YECHIM
Qayerda xavf borligini bilmasdan, uning oldini olish qiyin
Har bir tashkilotning faoliyat yo‘nalishlari bir xil emas. Shu sababli korrupsiyaviy xavflar ham turlicha bo‘lishi mumkin.
🔹 Xavf yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash va ular bo‘yicha alohida choralar ko‘rish muhim.
✅ Yechim: korrupsiyaviy xavflarni tizimli aniqlash va ularni boshqarish.
🎯 Natija: resurslar eng xavfli jarayonlarning oldini olishga yo‘naltiriladi.
#1Kun1Yechim
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)

❤4
#Mehr_ulash
Ayni dam Adliya vazirligida “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi bo’lib o’tmoqda.
Ayni dam Adliya vazirligida “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi bo’lib o’tmoqda.
👍7❤3🔥1
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi
©️Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik — ilm-fan va ijodning muhim tamoyillari
✅ Adliya vazirligi hamda Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamkorligida “Mualliflik huquqini himoya qilish” oyligi doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.
✅ Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘rtasida mualliflik huquqiga hurmat, akademik halollik tamoyillariga rioya etish, plagiatning oldini olish hamda intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
#MualliflikHuquqi #IntellektualMulk #AkademikHalollik #Plagiat
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
©️Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik — ilm-fan va ijodning muhim tamoyillari
#MualliflikHuquqi #IntellektualMulk #AkademikHalollik #Plagiat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥3👏3
Forwarded from To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Bankrotlik hukm emas. Ko‘pchilik shu so‘zini eshitganda, kompaniyaning hisobi butunlay nolga tenglashganini tasavvur qiladi. Aslida esa hammasi biroz boshqacha.
✅ Qonunchilikka ko’ra, korxona hamkorlari ya’ni bank yoki soliqchilardan bo‘lgan qarzini 3 oy davomida to‘lay olmasa va bu qarz miqdori belgilangan summadan oshib ketgan bo‘lsa, u to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.
✅Ammo bu korxonani darhol yopish kerak degani emas. Galda vazifa ana shunday tadbirkorlik subyektlarini qayta “oyoqqa qo’yish”, qonun tilida sanatsiya qilish ya’ni sog’lomlashtirishdan iborat.
✅O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi To’lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi ishchi guruhi ana shu maqsadda Navoiy viloyatida bo’ldi. O‘rganish Nurota tumani va Navoiy shahrida toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonidagi 4 ta korxona faoliyati misolida olib borildi
✅Bunda korxonalarga tegishli mol-mulkning tarkibi, saqlanishi va undan foydalanish holati, mol-mulkni baholash, ijaraga berish va savdoga chiqarish jarayonlari hamda toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining davomiyligi va uning choʻzilish sabablari tahlil etildi.
🔹Bugungi kunda ishchi guruh tomonidan, korxonalar faoliyatini tiklash va moliyaviy sogʻlomlashtirish imkoniyatlari, ish oʻrinlarini saqlab qolish hamda kreditorlar manfaatlarini taʼminlash masalalari bo’yicha belgilab berilgan chora-tadbirlar asosida sud boshqaruvchilari bilan muhokamalar tashkil etilmoqda. Korxonalarni sog’lomlashtirish maqsadida kreditorlar bilan kelishuvlarga erishilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2
#Mehr_ulash
❤️ «Mehr ulash» — bir ezgu tomchi, bir hayotga umid
✔️ Adliya vazirligida insonparvarlik, mehr-oqibat va ezgulikni targ‘ib etishga qaratilgan «Mehr ulash» donorlik aksiyasi tashkil etildi.
❗️ Aksiyaning asosiy maqsadi — ixtiyoriy qon donorligining ahamiyatini keng targ‘ib qilish, donorlik madaniyatini rivojlantirish hamda inson hayotini saqlab qolishga qaratilgan ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.
✔️ Tadbirda donorlarimiz ixtiyoriy ravishda qon topshirib, inson hayotini asrab qolishdek xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
✔️ Donor qoni og‘ir kasalliklarni davolash, murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, qon topshirish — nafaqat tibbiy ehtiyoj, balki yuksak insonparvarlik va ijtimoiy mas’uliyat namunasidir.
✔️ Unutmang, bir donor uch nafargacha inson hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shishi mumkin. Ba’zan bir ezgu qaror kimningdir hayotga bo‘lgan umidini tiklaydi, bir oilaga esa quvonch va ishonch bag‘ishlaydi
♥️ Bir ezgu tomchi — kimdir uchun yangi hayot imkoniyati!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤4👏3👍1