Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
#Surxondaryo_viloyati
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
#Surxondaryo_viloyati
⚖️ 4 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning hayotida muhim huquqiy qadam: endi ular O'zbekiston Respublikasining fuqarosi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4❤1👍1🔥1
#Adliya_xabari
Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
🚛 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildilar.
🎚 Qonun loyihasida quyidagi asosiy o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish nazarda tutilmoqda:
1️⃣ xizmat asarlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarni tartibga solish. Amaldagi normaga ko‘ra, asar oshkor etilganidan boshlab 10 yil o‘tgach, shartnoma shartlaridan qat’i nazar, mulkiy huquqlarning muallifga avtomatik ravishda qaytishini nazarda tutuvchi qoidani bekor qilish hamda ushbu masalani taraflarning o‘zaro kelishuvi asosida belgilash taklif etilmoqda;
2️⃣intellektual mulk obyektlari bo‘yicha davlat ekspertizasi qarorlaridan norozi bo‘lgan shaxslarga muqobil tartibda bevosita sudga murojaat qilish huquqini berish nazarda tutilmoqda;
3️⃣ patentlarning amal qilishini saqlab turish uchun belgilangan davlat bojlarini ixtiyoriy ravishda oldindan to‘lash imkoniyatini yaratish taklif etilmoqda.
❗️ Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish, ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish hamda tadbirkorlar va investorlar uchun qulay huquqiy muhitni shakllantirishga qaratilgan.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
1️⃣ xizmat asarlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarni tartibga solish. Amaldagi normaga ko‘ra, asar oshkor etilganidan boshlab 10 yil o‘tgach, shartnoma shartlaridan qat’i nazar, mulkiy huquqlarning muallifga avtomatik ravishda qaytishini nazarda tutuvchi qoidani bekor qilish hamda ushbu masalani taraflarning o‘zaro kelishuvi asosida belgilash taklif etilmoqda;
2️⃣intellektual mulk obyektlari bo‘yicha davlat ekspertizasi qarorlaridan norozi bo‘lgan shaxslarga muqobil tartibda bevosita sudga murojaat qilish huquqini berish nazarda tutilmoqda;
3️⃣ patentlarning amal qilishini saqlab turish uchun belgilangan davlat bojlarini ixtiyoriy ravishda oldindan to‘lash imkoniyatini yaratish taklif etilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4❤2👏1
#Adliya_xabari
“Samarqand noni” brendi tovar belgisi sifatida ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
(Ma'lumot uchun, 2025-yilning fevral oyida “Samarqand noni” geografik ko'rsatkich sifatida davlat ro'yxatidan oʻtkazilgan edi)
Mazkur ro‘yxatdan o‘tkazish Samarqand nonining o‘ziga xosligini e’tirof etish, milliy gastronomik merosimizni asrash hamda ushbu mahsulotning bozordagi nufuzini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.
Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
“Samarqand noni” brendi tovar belgisi sifatida ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
(Ma'lumot uchun, 2025-yilning fevral oyida “Samarqand noni” geografik ko'rsatkich sifatida davlat ro'yxatidan oʻtkazilgan edi)
Mazkur ro‘yxatdan o‘tkazish Samarqand nonining o‘ziga xosligini e’tirof etish, milliy gastronomik merosimizni asrash hamda ushbu mahsulotning bozordagi nufuzini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
“Samarqand noni” nomining geografik ko‘rsatkich va tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi milliy brendlarni huquqiy muhofaza qilish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.
Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3❤2
#17_kun
🛡 1 KUN — 1 YECHIM
Korrupsiyaviy xavfni hujjatning o‘zidayoq aniqlash mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarida korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillar mavjud bo‘lishi ehtimoli bor.
🔹 Shu sababli ularni tegishli tartibda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish muhim.
✅ Yechim: hujjat va loyihalardagi korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish.
🎯 Natija: korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarning oldini olishga xizmat qiladi.
#1Kun1Yechim
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)

❤2
#Adliya_xabari
Olmazor tumanida “Raqamli markaz” faoliyati bilan tanishildi
🚛 Adliya vaziri Akbar Tashkulov Olmazor tumani Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan “Raqamli markaz” faoliyati bilan tanishdi.
🚛 Mazkur loyiha fuqarolarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish, raqamli platformalardan mustaqil foydalanish madaniyatini shakllantirish hamda davlat xizmatlarini olish jarayonini yanada qulaylashtirishga qaratilgan.
🚛 “Raqamli markaz”da fuqarolar nafaqat davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish, balki soliq, bojxona, mehnat, ta’lim, bank-kredit va boshqa sohalarga oid raqamli platformalarda ishlash bo‘yicha ham professional mentorlar ko‘magidan foydalanishlari mumkin.
📖 Loyihaning muhim jihati shundaki, fuqarolar raqamli xizmatlardan foydalanish ko‘nikmalarini egallagach, kelgusida ularni mustaqil ravishda olishi mumkin. Bu esa Davlat xizmatlari markazlariga tushadigan yuklamani kamaytirish, vaqt va xarajatlarni tejash hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
🚛 “Raqamli markaz”lar faoliyatini rivojlantirish orqali aholining raqamli savodxonligini oshirish, davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sohada inson resurslaridan samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Olmazor tumanida “Raqamli markaz” faoliyati bilan tanishildi
Raqamlar va natijalar:
📌 Olmazor tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2025-yilda 115 320 ta, 2026-yilning 9 oyida esa 87 966 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan.
📌 Joriy yilning avgust-sentyabr oylarida 2 000 nafardan ortiq fuqaroga myGov mobil ilovasi orqali xizmatlardan foydalanishda ko‘maklashilgan.
📌 Markazda jami 630 turdagi davlat xizmati ko‘rsatiladi. Shulardan 350 dan ortig‘ini “oson” va “o‘rta” toifadagi xizmatlar tashkil etib, endilikda ular faqat “Raqamli markaz” orqali ko‘rsatiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤3🔥1