ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#oyning_eng_yaxshi_xodimi

✅Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Shamsiyev Firdavs Fazliddinovich joriy yilning sentabr oyi uchun vazirlik tomonidan "Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi" deb topildi.

🤔Firdavs Shamsiyev 2010-yilda Samarqand davlat universiteti bakalavr bosqichini, 2012-yilda Toshkent davlat yuridik instituti magistratura bosqichini tamomlagan.

Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2017-yilda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar bo‘limining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

⚫️2017-2018 yy. - Toshkent shahar adliya boshqarmasi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar bo‘limining yetakchi maslahatchisi;
⚫️2018-2019 yy. - Toshkent shahar adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limining yetakchi maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i v.v.b;
⚫️2019-2022 yy. - Adliya vazirligi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi
⚫️2022-2025 yy. - Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i;

🔵2026-yildan buyon Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

➡️Firdavs Shamsiyev tomonidan ijro intizomini ta’minlash, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish, davlat organlari faoliyatida natijadorlikni oshirish yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

✔️ Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga har oyda 6 ta yo‘nalish bo‘yicha tahliliy axborot kiritib borilmoqda. Shuningdek, 50 dan ortiq vazirlik va idora mas’ullari bilan “jonli muloqot” tashkil etilib, topshiriqlar ijrosini ta’minlashga amaliy ko‘mak ko‘rsatish;
✔️Davlat organlari va tashkilotlarining 90 dan ortiq mas’ul xodimining ijro intizomi bo‘yicha malakasini oshirishga ko‘maklashildi. Bundan tashqari, 10 dan ortiq vazirlik va idorada Prezident farmonlari, qarorlari hamda majlis bayonlari ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha huquqiy-uslubiy yordam ko‘rsatish;
✔️ “Ijro.gov.uz” tizimini takomillashtirish, topshiriqlarni alohida nazoratga olish va qidiruv funksiyalarini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, ularni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish;
✔️Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hisoboti va Rayosat majlisi materiallarini tayyorlash, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tahlil qilish hamda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatiga oid Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan kompleks tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritilmoqda.


🔖Faoliyati davomida o‘ziga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarib, sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

✅Vazirlik jamoasi Firdavs Shamsiyevni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤2🔥2👏1
#oyning_eng_yaxshi_texnik_xodimi

✅Adliya vazirligining Davlat hizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Yarashova Dilnoza Asrorovna joriy yilning sentabr oyi uchun vazirlik tomonidan "Oyning eng yaxshi texnik xodimi" deb topildi.

🤔Dilnoza Yarashova 2024-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini, 2025-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasini tamomlagan.

➡️Dilnoza Yarashova Adliya vazirligida o'z mehnat faoliyatini 2024-yilda boshlab, Davlat xizmatlari sohasidagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda davlat organlaridan kelib tushgan xatlarning ijrosi ta’minlash, Davlat xizmatlari elektron reyestrida yangi joriy etilgan davlat xizmatlarining pasportlarini shakllantirib, uning dolzarbligini ta’minlashga ko‘maklashish, shuningdek, davlat xizmatlari sohasini xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritib kelmoqda

🔖Faoliyati davomida o‘ziga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarib, sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

✅Vazirlik jamoasi Dilnoza Yarashovani ushbu e’tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍15🔥4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Notariat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar. Onlayn notarial harakatlarning afzalligi va qulayligi haqida batafsil...


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar intellektual mulk idoralari rahbarlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 
Joriy yilning 12-oktyabr kuni Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar intellektual mulk idoralari rahbarlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.

Yig‘ilishning asosiy maqsadi tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida intellektual mulk sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish, tajriba va axborot almashinuvini kengaytirish, shuningdek, intellektual mulk idoralari rahbarlarining birinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarning ijrosini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.


Tadbir davomida intellektual mulk sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, a’zo va kuzatuvchi davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni almashish hamda istiqboldagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan intellektual mulk sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍8🔥1👏1
#16_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

Ochiqlik — korrupsiyaning oldini olish vositasi

Tashkilot faoliyati haqida qonunchilikda belgilangan doirada ochiq va tushunarli axborot berilishi jamoatchilik ishonchini mustahkamlaydi.

🔹 Ochiq ma’lumotlar fuqarolarga jarayonlarni yaxshiroq tushunish va baholash imkonini beradi.

✅ Yechim: faoliyat, qarorlar va jarayonlar to‘g‘risidagi ochiq axborotni o‘z vaqtida e’lon qilish.

🎯 Natija: shaffoflik va jamoatchilik nazorati kuchayadi.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

❗️"Dekret"dan so‘ng o‘z ishimga qaytaman deganimda qayta olmadim...


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Samarqand viloyat adliya boshqarmasida Adliya vaziri o‘rinbosari — Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori Nu’mon Muxammadiyev tomonidan tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Jarayonda tadbirkorlarning huquqlari va to‘lovga qobiliyatsizlik masalalari muhokama qilindi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Premyera_Inson_qadri_uchun

“VATANGA QAYTISH”: 20 yillik armon, bir umrlik orzu va adolat tantanasi

🎭Samarqand viloyati musiqali drama teatrida Adliya vazirligi buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan “Vatanga qaytish” spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sahna asari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ–399-son qarori ijrosi doirasida, “Inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi ostida sahnalashtirildi.

Spektakl markazida 20 yil davomida fuqarolik olish orzusi bilan yashagan ayol taqdiri turadi. Fuqaroligi yo‘qligi sababli u oliy ta’lim olish, munosib ish topish, o‘z nomiga uy rasmiylashtirish, hatto ota-onasini ko‘rish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Otasini so‘nggi manziliga kuzatishga ham bora olmagan ayolning qalbida birgina orzu yashaydi: o‘z yurtining to‘laqonli fuqarosi bo‘lish.


🚛Prezidentimiz tashabbusi bilan inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar qahramon taqdirida ham o‘z aksini topadi. Adliya organlari tomonidan ko‘rsatilgan huquqiy yordam uning yillar davomidagi orzusi ro‘yobga chiqishiga xizmat qiladi.

📖“Vatanga yo‘l” shunchaki spektakl emas. Bu pasport ortida inson taqdiri, yillar davomidagi intizorlik, orzu va umidlar mujassam ekanini eslatuvchi hayotiy hikoya.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👏3🔥1