#Adliya_xabari
🏆 Adliya vazirligi jamoasi —birinchi!
Vazirlik va idoralar o‘rtasida oʻtkazilgan Mustaqillik kubogida gʻoliblar aniqlandi.
🏆 Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vazirlik va idoralar oʻrtasida Mustaqillik kubogi tashkil etildi.
7️⃣ 8️⃣ Unda turli tashkilotlar xodimlaridan tuzilgan jami 78 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashdi.
🔥 Qizgʻin kurashlar ostida oʻtgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇 1-o‘rin: Adliya vazirligi jamoasi;
🥈 2-o‘rin: "Oʻzbekkoʻmir" AJ jamoasi;
🥉 3-o‘rin: Fanlar akademiyasi jamoasi.
💻 G‘olib jamoalar diplom, medallar, noutbuklar hamda smart televizorlar bilan taqdirlandi!
🏆 Shuningdek, musobaqada 1-o‘rinni egallagan Adliya vazirligi jamoasiga maxsus tayyorlangan Mustaqillik kubogi topshirildi!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
🏆 Adliya vazirligi jamoasi —birinchi!
Vazirlik va idoralar o‘rtasida oʻtkazilgan Mustaqillik kubogida gʻoliblar aniqlandi.
🔥 Qizgʻin kurashlar ostida oʻtgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍26🔥16❤12🙏2
Stipendiatlarga guvohnomalar topshirildi
✅ Toshkent davlat yuridik universitetining 10 nafar talabalari Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlandi.
💠 Ularga 2026/2027 o'quv yilidagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori boʻlganligini tasdiqlovchi guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.
🥇 Taqdirlangan talabalar ro'yxati:
🟦 Xolmamatova Aziza Ozod qizi (2-kurs)
🟦 Ibrohimov Adhamjon Ibrohim o‘g‘li (2-kurs)
🟦 Qarshiyeva Ma’rifatxon Abdivasid qizi (2-kurs)
🟦 Xayrullayeva Muxlisa Ravshan qizi (2-kurs)
🟦 Abdiqodirova Gavxaroy G‘ulomjon qizi (2-kurs)
🟦 Tilovmurodova Jasmina Alisher qizi (3-kurs)
🟦 Valiyeva Nigina Tuychiyevna (3-kurs)
🟦 Shodiyeva Irisa Soatmurod qizi (3-kurs)
🟦 Xoljigitov Mirzoxid Murodjon o‘g‘li (3-kurs)
🟦 To‘xtaboyev Dilmurod Xolboy o‘g‘li (3-kurs)
📌 Ushbu stipendiya talabalarga mukammal bilim olish, tanlagan kasbiga bo‘lgan muhabbatni oshirish, Adliya organlari faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga hamda kelajakda munosib kasbiy va ilmiy faoliyatini tanlashlarida turtki bo‘lib xizmat qiladi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍6
#Adliya_hudud_muassasa
Hududiy adliya organlari va muassasalari: kun davomida:
✅ Xorazm viloyati: “Yangiariq tumanida yashovchi 78 yoshli fuqaro Tarbeyeva Anna Mixaylovnaga tugʻilganlik haqidagi takroriy guvohnoma topshirildi.
✅ Navoiy viloyati: Fuqaroning imtiyozli shartlarda pensiya olishga bo‘lgan huquqi tiklandi
✅ Qashqadaryo viloyati: Adliya aralashuvi bilan fuqaro zimmasiga asossiz yuklangan 1 milliard 334 million 633 ming 333 so‘mlik soliq qarzdorligi bekor qilindi.
✅ Samarqand viloyati: Adliya aralashuvi bilan o‘qituvchi yana ishiga qaytdi.
✅ Sirdaryo viloyati: 25 yil davom etgan muammoga Adliya nuqta qo‘ydi.
✅ Toshkent viloyati: Notariat sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
✅ Toshkent davlat yuridik universiteti: TDYUning 10 nafar talabasi Adliya vazirligi stipendiyasi sohibi bo‘ldi
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Hududiy adliya organlari va muassasalari: kun davomida:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍5🔥2👏1😢1
#Tayinlov
Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga boshliq tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Raxmatov Mirsaid Azamatovich Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mirsaid Raxmatov 1990-yilda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 3-darajali adliya maslahatchisi. 2013-yilda Samarqand davlat universitetini, 2015-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasini tamomlagan.
Ma’lumot uchun, M. Raxmatov joriy yilning may oyida Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasida Inson resurslari bo‘yicha eng namunali xodim sifatida g‘oliblikni qo'lga kiritgan edi.
Adliya vazirligi jamoasi Mirsaid Raxmatovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga boshliq tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Raxmatov Mirsaid Azamatovich Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mirsaid Raxmatov 1990-yilda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 3-darajali adliya maslahatchisi. 2013-yilda Samarqand davlat universitetini, 2015-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati:
➖ 2015–2017-yillarda Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi 1-toifali inspektori;
➖ 2017-yilda Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi katta maslahatchisi;
➖ 2017–2021-yillarda Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi yetakchi maslahatchisi;
➖ 2021–2022-yillarda Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2022–2025-yillarda Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2025–2026-yillarda Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2026-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i v.b. lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, M. Raxmatov joriy yilning may oyida Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasida Inson resurslari bo‘yicha eng namunali xodim sifatida g‘oliblikni qo'lga kiritgan edi.
Adliya vazirligi jamoasi Mirsaid Raxmatovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍45🔥7❤5👏2🎉2👎1
#Adliya_xabari
⚖️ Intellektual mulk sohasiga munosib hissa qo‘shganlar rag‘batlantiriladi
✅ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-sentabrdagi 471-son qarori bilan “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.
📣 Ko‘krak nishoni mamlakatimizda intellektual mulk sohasini rivojlantirish, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash hamda jamiyatda intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qo‘shgan davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlik subyektlariga beriladi.
📌 Nomzodlarni baholashda quyidagilar inobatga olinadi:
✔️ intellektual mulk sohasini rivojlantirishga oid davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishdagi ishtiroki;
✔️ intellektual mulk obyektlari yaratilishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati;
✔️ intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlashdagi faol ishtiroki;
✔️ jamiyatda intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga qo‘shgan hissasi;
✔️ intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilishdagi ishtiroki.
😅 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar har yili 1-yanvardan 1-martga qadar Adliya vazirligiga taqdim etiladi. Nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa 1-aprelga qadar qabul qilinadi, taqdirlash to‘g‘risidagi buyruq esa 20-aprelga qadar rasmiylashtiriladi.
🔘 Taqdirlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida bir yo‘la pul mukofoti beriladi. Shuningdek, taqdirlanganlar ro‘yxati Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
✅ Bir shaxs mazkur ko‘krak nishoni bilan faqat bir marta taqdirlanadi.
Intellektual mulkni rivojlantirishga qo‘shilgan munosib hissa e’tiborsiz qolmaydi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
🖥 Ko‘krak nishoni har yili 26-aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni arafasida tantanali ravishda topshiriladi.
Intellektual mulkni rivojlantirishga qo‘shilgan munosib hissa e’tiborsiz qolmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👏4❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik
NAVBATLAR TARIXDA QOLDI — ENDI HUJJAT DEB YUGURMAYSIZ
Avval va hozir — farqini rolikda ko‘ring!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
NAVBATLAR TARIXDA QOLDI — ENDI HUJJAT DEB YUGURMAYSIZ
Farzand tug‘ilsa, ilgari 6 ta idoraga borishga to‘g‘ri kelardi. Bunga 3–4 kun vaqt ketardi. Bugun esa ism tanlashdan tortib, ro‘yxatga qo‘yish va nafaqa rasmiylashtirishgacha — barchasi elektron tarzda. Ota-onaga esa eng yoqimli tashvish qoldi — farzandiga ism tanlash. Kecha ovoragarchilik edi, bugun esa bir necha bosish kifoya.
Avval va hozir — farqini rolikda ko‘ring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥6👏4❤3
#oyning_eng_yaxshi_xodimi
✅ Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Tursunaliyev Anvarjon Baxodirjon o‘g‘li joriy yilning avgust oyi uchun vazirlik tomonidan "Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi" deb topildi.
🤔 Anvarjon Tursunaliyev 2019-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.
🔖 Faoliyati davomida o‘ziga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarib, sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
✅ Vazirlik jamoasi Anvarjon Tursunaliyevni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2019-yilda Andijon viloyati adliya boshqarmasining Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.⚫️ 2020-2021 yy. Andijon viloyati adliya boshqarmasi Kadrlar bo‘yicha bosh maslahatchisi;⚫️ 2021-yy. Andijon viloyati adliya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi bosh maslahatchisi;⚫️ 2021-2022 yy. Andijon viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi boshlig‘i;⚫️ 2022- yy. Andijon viloyati adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i;⚫️ 2022-2026 yy. Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi yetakchi va bosh maslahatchisi;🔵 2026-yildan buyon Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlari boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.➡️ Anvarjon Tursunaliyev tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari va NNTlar faoliyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini raqamlashtirish hamda xizmatlar sifatini oshirish yo‘nalishida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.✔️ “E-ngo.uz” platformasini takomillashtirish doirasida platformaning 7 ta axborot tizimiga integratsiyasi va 7 mingga yaqin NNT ma’lumotlarining inventarizatsiyasi amalga oshirildi. Shuningdek, NNTlarga davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqish;✔️ Bundan tashqari, NNTlarning xorijdan mablag‘ olishi jarayonlari tahlil qilinib, “E-ngo.uz” platformasini Banklararo to‘lov tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi hamda tegishli texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish;✔️ Hududiy adliya organlarining NNTlar faoliyati ustidan nazorati ham tahlil qilish, natijalari bo‘yicha tegishli hujjatlar tayyorlash kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥20👏12❤6🎉2👎1😢1
#oyning_eng_yaxshi_xodimi
✅ Adliya vazirligi Axborot xizmati 1-toifali ish yurituvchi kotibi Kuchkarova Guzal Ravshanbekovna joriy yilning avgust oyi uchun “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.
➡️ Guzal Kuchkarova:
🔵 2021-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S. Vosiqova nomidagi akademik litseyini;
🔵 2025-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.
🔵 2023–2024-yy.— Adam Mitskevich universitetining Huquq va boshqaruv fakultetida ERASMUS+ dasturi talabasi bo‘lgan.
➡️ Guzal Kuchkarova Adliya vazirligida o'z mehnat faoliyatini 2025-yilda boshlab, Adliya vazirligining axborot siyosati va jamoatchilik bilan aloqalarini yanada samarali tashkil etish, vazirlikning rasmiy saytini zarur materiallar bilan ta’minlash, vazirlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholiga dolzarb va ishonchli axborotlarni tezkor yetkazish, shuningdek, vazirlikning ijobiy imijini shakllantirish va mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda
🔖 Faoliyati davomida fidokorona mehnati, intizomi va tashabbuskorligi bilan, hujjatlarning sifati va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlashda ham yuqori mas’uliyat va fidoyilik namunasini ko‘rsatmoqda.
✅ Vazirlik jamoasi Guzal Kuchkarovani ushbu e’tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥29❤20👍12👏5🎉4👎3😢2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
📌 Geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi: ogohlantiruvchi tamg‘alarning yangi shakllari tasdiqlandi
➡️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-sentyabrdagi 469-son qarori bilan geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi ogohlantiruvchi tamg‘alarining shakllari hamda tavsiflari tasdiqlandi.
Ushbu tamg‘a iste’molchilarga mahsulotning muayyan geografik hudud bilan bog‘liqligi va tegishli intellektual mulk obyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganini anglash imkonini beradi. Shuningdek, u mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari, sifati yoki obro‘sini muayyan hudud bilan bog‘lashga xizmat qiladi.
📌 Mazkur tamg‘alarning joriy etilishi bilan:
⏩ mahalliy mahsulotlarning tanilishiga, hududiy brendlarning rivojlanishiga va mahalliy iqtisodiy faollikning oshishiga ko‘maklashadi.
⏩ mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari, sifati va obro‘sini muayyan hudud bilan bog‘lash orqali uning bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
⏩ geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan qonuniy foydalanishni rag‘batlantiradi hamda ulardan noqonuniy foydalanishning oldini olishga xizmat qiladi.
✔️ Shu tariqa, ogohlantiruvchi tamg‘alar nafaqat iste’molchilarni xabardor qilish, balki mahalliy mahsulotlarning qiymatini oshirish, ularni huquqiy muhofaza qilish va hududiy brendlarni rivojlantirishning muhim vositasiga aylanadi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
❗️ Ma’lumot uchun: Ogohlantiruvchi tamg‘a — tovar yoki uning o‘rovida qo‘llaniladigan, mazkur belgi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan geografik ko‘rsatkich yoki tovar kelib chiqqan joy nomi ekanini bildiruvchi maxsus belgidir.
Ushbu tamg‘a iste’molchilarga mahsulotning muayyan geografik hudud bilan bog‘liqligi va tegishli intellektual mulk obyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganini anglash imkonini beradi. Shuningdek, u mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari, sifati yoki obro‘sini muayyan hudud bilan bog‘lashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2❤1
Forwarded from Rasmiy axborot
Davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha tadbirkorlarga moliyaviy erkinliklar berilmoqda. Endi ishlab chiqarish yoki biznesni kengaytirish uchun davlat ob’yektlarini katta yuk va ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qilish mumkin:
🔵 Avans to‘lovi 15%: Bu biznesga katta pullarni birdaniga muzlatib qo‘ymay, ularni yangi loyihalar va ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkonini beradi.🔵 To‘liq to‘lovga 25% chegirma: Agar aktiv qiymati 6 oy ichida to‘liq to‘lansa, shartnoma summasining chorak qismi kechib yuboriladi.🔵 7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash: Aktiv qiymatining yarmini (50%) 6 oyda to‘lagan xaridorga qolgan qismini 7 yil davomida foizsiz to‘lash imkoniyati beriladi (yoki 35% ini 3 oyda to‘lab, qolganini 5 yilga bo‘lib to‘lash mumkin).
Islohot maqsadi — iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib, yillar davomida foydalanilmay yotgan aktivlarni real qiymat, daromad va yangi ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga aylantirishdir.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Forwarded from Rasmiy axborot
Auksionga chiqqan mulk nega yillab sotilmay turadi? Chunki narx qat’iy, byurokratiya esa og‘ir edi shu paytgacha. Endi bu sun’iy to‘siqlar olib tashlanadi, davlat aktivlari bozoriga haqiqiy bozor munosabatlari kirib kelmoqda. Bu boradagi asosiy o‘zgarishlar:
🔷 Byurokratiya va kutish muddatlari 2 barobar qisqaradi: Auksion savdosi haqidagi e’lon muddati 30 kundan 15 kunga, takroriy savdolarda esa 10 kundan 5 kunga tushirildi.🔷 Sotilmagan mulkning narxi tushiriladi: Agar davlat aktivi ochiq savdoda 3 oy sotilmay tursa, uning boshlang‘ich bahosi bosqichma-bosqich 10 foizgacha pasaytiriladi.🔷 “Gibrid auksion”: Sotilmayotgan mulklar bo‘yicha savdo avval pasayish tartibida ketadi, xaridor taklif bergan zahoti savdo o‘sha narxdan yuqoriga qarab davom etadi.🔷 Boshlang‘ich narxi 1 million so‘m bo‘lgan lotlar: Uzoq vaqt xaridor topilmagan ayrim obyektlar iqtisodiy aylanmaga qaytarilishi uchun ramziy 1 million so‘m boshlang‘ich narxda savdoga chiqariladi.
Joriy etilayotgan bu o‘zgarishlardan maqsad davlat mulkini shunchaki sotib yuborish emas, balki sun’iy baholangan va foydalanilmay yotgan resurslarni moslashuvchan mexanizmlar orqali real bozor ishtirokchilari ixtiyoriga qaytarishdir.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1