ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi.

Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.

Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

Facebook
|Instagram|X
👍2🔥1🎉1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

⚔️Adliya organlari va muassasalarida yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

Andijon viloyati: Buloqboshi tumani Shirmonbuloq MFYda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Fargʻona viloyati: Ijodiy intellekt – huquqiy himoyada: Farg‘onada "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyati: “Jamoamizda korrupsiyaga o‘rin yo‘q” mavzusida ochiq davra suhbati o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Qoraqalpog'iston Respublikasi Yuridik texnikumida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Samarqand viloyati: Samarqand viloyatida “Ijodiy intellekt – huquqiy himoyada” shiori ostida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etildi.

Sirdaryo viloyati: Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 43-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchi o‘quvchilar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati: Yoshlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni doirasida IT sohasidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73👏2🔥1
#Tayinlov

To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligiga direktor tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Muxammadiyev Nu’mon Usmonovich adliya vaziri o‘rinbosari — Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
1👍6512🔥11🎉3👎2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Har bir qiyinchilik ortida — yangi imkoniyat bor!


🇺🇿 O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida zamonaviy, shaffof va samarali tizim shakllanmoqda.

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish, to‘lovga qobiliyatsizlikning oldini olish va moliyaviy qiyinchiliklarni samarali hal etishga xizmat qiladi.

🎯 Maqsadimiz — tadbirkorlik subyektlarini darhol tugatish emas, balki ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish va faoliyatini tiklash uchun imkoniyat yaratish.

🔹 Sudgacha sanatsiya orqali:
🏢 korxonalarni saqlab qolamiz;
👥 ish o‘rinlarini himoya qilamiz;
📈 biznes rivojiga yangi imkoniyatlar yaratamiz.

💻 Jarayonlarni raqamlashtirib, 📑 byurokratik to‘siqlarni qisqartirib, ⚡️ xizmatlarni yanada qulay, tezkor va shaffof qilamiz.

🌍 Professional kadrlar va ilg‘or xalqaro tajriba orqali tizimni yangi bosqichga olib chiqamiz.

🤝 Chunki samarali to‘lovga qobiliyatsizlik tizimi — bu nafaqat qarzdorlik masalasini hal qilish, balki tadbirkorga yangi imkoniyat berish, korxonalarni tiklash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdir.

🏛 To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi — yangi imkoniyatlar sari!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Adliya_xabari

⚔️O‘zbekiston delegatsiyasi Koreyada intellektual mulk sohasidagi davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruhining navbadagi yig‘ilishida ishtirok etmoqda

1-4-sentabr kunlari Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Patent vakillari assotsiatsiyasi vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

⚫️Mazkur loyiha KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida, koreyalik hamkor tashkilotlar ishtirokida amalga oshirilmoqda.

✔️Xizmat safari doirasida delegatsiya Koreyaning intellektual mulk sohasidagi davlat boshqaruvi tizimi, raqamli infratuzilmasi, ma’lumotlarni boshqarish amaliyoti hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribasi bilan yaqindan tanishmoqda.

✔️Shuningdek, loyiha doirasidagi texnik masalalar muhokama qilinib, O‘zbekistonda intellektual mulk sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlar belgilanmoqda

🤝Tadbir O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida tajriba almashish, ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish hamda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥65👎1👏1
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar tayanch doktoranturaga qabul e’lon qiladi

Batafsil:👇

https://sudex.uz/?p=7066
👍4
#Adliya_xabari

Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etish masalalari muhokama qilindi


Bugun, 4-sentyabr kuni Adliya vaziri Akbar Tashkulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.

Muloqotda “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun ijrosi doirasida Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda mediatsiya, xalqaro arbitraj va nizolarni muqobil hal etish mexanizmlarini rivojlantirish, xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda ingliz huquqi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, mediatsiya instituti ham jadal rivojlanayotgani, mediatsiya kelishuvlari soni 4 barobarga o‘sib, 2026-yil I yarim yillikda 18 411 taga yetgani qayd etildi. Sud jarayonida esa 2 897 ta mediatsiya kelishuvi tuzilgan bo‘lib, bu raqamlar mamlakatda ushbu institutga bo‘lgan ishonch va talab ortib borayotganini ko‘rsatadi.


Uchrashuv yakunida tomonlar Toshkent xalqaro moliya markazi doirasida zamonaviy huquqiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍9🎉1