ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi

🟢Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning muammolarini o'rganish va bartaraf etishning samarali usuli sifatida shaxsiy qabullarni tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 14-avgust kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 10 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarining notariat, mehnat qonunchiligi, davlat xizmatlari, nodavlat notijorat, tadbirkorlik, kadastr, uy-joy va boshqa masalalariga oid murojaatlari tinglandi.


🟢Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarning 6 tasiga joyida tushuntirish berilib, qolgan murojaatlar ijro uchun qabul qilindi hamda ularni qonun doirasida hal etish bo'yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🟢Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik

Vatan yurakda, uning chegarasi yo‘q

Mustaqillik - shunchaki bayram emas. Uni qadrlash, asrash va yurtimiz kelajagi uchun mas’uliyat bilan yashash - har birimizning burchimiz.

-Sherzodxon Qudratxo‘ja,
siyosiy fanlar doktori, professor


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍42
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️Endilikda yaqin qarindoshining telefon raqamidan foydalanayotgan fuqarolar ham banklarning mobil ilovalarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin

📑 Adliya vazirligi Kredit va toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari tomonidan jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar koʻrsatishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda frod holatlarining oldini olish boʻyicha minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni (ro‘yxat raqami 3759-1, 2026-yil 14-avgust) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

📌 Mazkur hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

🧑‍🧑‍🧒‍🧒telefon raqamini yaqin qarindoshining (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) nomiga rasmiylashtirgan fuqarolar banklarning mobil ilovalarida ro‘yxatdan o‘tishlari va bank kartalarini biriktirishlari mumkin. Bunda yaqin qarindoshlik avtomatik ravishda tizimda tasdiqlanadi;

💳 banklar mobil ilovalar orqali kod bilan tasdiqlash talab etilmaydigan pul o‘tkazmalari uchun maksimal miqdorni belgilaydi;

🔔 endilikda mobil qurilmada zararli dastur mavjudligi yoki qurilma masofadan boshqarilayotgani aniqlansa, foydalanuvchiga SMS bilan bir qatorda PUSH-xabar ham yuboriladi;

🔐 mobil ilovadagi akkauntga boshqa qurilmadan kirilganda bank kartalari vaqtincha bloklanadi va kod orqali qayta faollashtiriladi;

💸 mobil ilovalar orqali pul o‘tkazmasi amalga oshirilayotganda pul jo‘natuvchi bilan bir qatorda pul jo‘natmasini qabul qiluvchining ham ism-familiyasi qisman berkitilgan holda aks ettiriladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4😢1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏢 Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha yangi talablar belgilandi

📑 Adliya vazirligi Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3824-1, 2026-yil 14-avgust).

📌 Mazkur hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

🔹 ko‘p kvartirali uy fasadidagi nuqsonlar (yoriqlar, qoplama va suvoqning shikastlanishi, namlik izlari kabilar) boshqarish organi tomonidan bir oy ichida bartaraf etilishi lozim;

🔹 yerto‘ladan o‘tuvchi magistral issiqlik tarmoqlarida nosozlik aniqlansa, boshqarish organi issiqlik ta’minoti tashkilotini xabardor qilishi va ta’mirlash uchun mutaxassislarga kirish imkoniyatini ta’minlashi kerak;

sovutish va isitish qurilmalarini (konditsioner) umumiy foydalanishdagi kirish yo‘laklariga o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi;

🛗 lift kabinasida liftdan foydalanish qoidalari hamda quyidagilar ko‘rsatilgan lavha osilishi kerak:

▫️ liftning nomi (maqsadi bo‘yicha);
▫️ yuk ko‘tarish qobiliyati (ruxsat etilgan yo‘lovchilar soni bilan);
▫️ “Xavfsiz lift” elektron platformasidagi qayd raqami va davriy texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
▫️ liftlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot yoki avariya xizmati bilan aloqa qilish uchun telefon raqami.

💡 Shuningdek, lift shaxtasi, mashina xonasi va unga kirish joyi bo‘sh va yorug‘ bo‘lishi lozim.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚔️ FHDY bo’limlariga borish shart emas — FHDY xizmati sizga keladi. Onlayn!

Bir paytlar oddiy hujjat uchun ham ishdan ruxsat so‘rash, yo‘lga chiqish, navbat kutish talab etilardi.

Bugun esa ko‘plab FHDYO xizmatlaridan uydan chiqmasdan, onlayn foydalanish mumkin.

💍 nikohni qayd etish uchun ariza berish;
👶 tug‘ilganlikni qayd etish va guvohnoma olish uchun ariza yuborish;
📄 tug‘ilganlik, nikoh va boshqa FHDY hujjatlarining takroriy nusxalarini olish — endi masofadan turib amalga oshiriladi.

Kamroq vaqt. Kamroq ovoragarchilik. Ko‘proq qulaylik.

FHDY xizmatlari — odamlarga yaqin, zamonaviy va qulay.

🎥 Qanday foydalanish mumkin? Batafsil — rolikda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75🔥2😢1
🔹🔹🔹🔹🔹

Toshkent davlat yuridik universitetida qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul davom etmoqda

🔗 Batafsil...

В Ташкентском государственном юридическом университете продолжается прием на совместные образовательные программы

🔗 Подробнее...

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Shaxsga doir ma'lumotlar bilan bog'liq holatlarni o'rganish bo'yicha SO'ROVNOMA 🔐📱

📣 Hurmatli fuqarolar!

Bugungi kunda banklar, mobil aloqa operatorlari, internet-do'konlar, davlat xizmatlari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa raqamli xizmatlardan foydalanishda shaxsga doir ma'lumotlar (telefon raqami, pasport ma'lumotlari, yashash manzili, bank kartasi ma'lumotlari va boshqalar) taqdim etilmoqda.

Mazkur so'rovnoma fuqarolarning shaxsga doir ma'lumotlari bilan bog'liq amaliy tajribasi, uchrayotgan muammolar, tashkilotlarga murojaat qilish amaliyoti hamda ushbu sohadagi huquqlar to'g'risidagi xabardorlik darajasini o'rganish maqsadida o'tkazilmoqda.

👉 So'rovnomada ishtirok etish uchun havola:

🔗 https://forms.gle/tGTKnWYCcweA7tUK8

🔒 So'rovnoma anonim hisoblanadi.

❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim!

🙌 Ishtirokingiz uchun rahmat!
7
#huquqshunos_oshxonasi

MIB qanday faoliyat bilan shugʻullanadi, aliment oldindan toʻlash tartibi qanday, alimentdan qochib, uzoq vaqt toʻlamay yurganda undiruvchi qayerga murojaat qilish kerak? Qaysi holatlarda xorijga chiqishga taqiq qoʻyiladi va uni qanday bekor qilish mumkin? “Huquqshunos oshxonasi”da mana shu savollarga javoblar yangradi.

Ko’rsatuvni quyidagi link orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=cGK3FBfsItk
2👍2🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Adliya_va_yoshlar

⚔️ Adliya tizimida yoshlar uchun qanday imkoniyatlar bor?

Bugun adliya tizimida yosh kadrning bilimi, salohiyati va natijasi uning professional o‘sishi uchun asosiy mezonlardan biriga aylanmoqda.

🎥 Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi Inson resurslari shu'basi bosh maslahatchisi, 2001-yilda tug‘ilgan Salohiddin Sobirov o‘zining adliya tizimidagi karyera yo‘li va yosh xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.

Uning yo‘li hali kollejda tahsil olayotgan paytida “Yosh adliyachilar” klubidan boshlangan. Bugun esa u Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasida faoliyat yuritmoqda.

💼 Ochiq va shaffof tanlov, mentorlik va adaptatsiya, doimiy o‘qish va rivojlanish, kitobxonlik va rag‘batlantirish tizimi, “Top-50” va “Top-10” reyestrlari, markaziy apparatda ishlash hamda xorijda stajirovka o‘tash imkoniyatlari — bularning barchasi yoshlarning professional o‘sishi uchun xizmat qilmoqda.


💬 “Agar o‘z ustingizda ishlab, tinimsiz mehnat qilsangiz, adliya tizimida professional o‘sish uchun barcha sharoitlar yaratilgan!”

▶️ Bir yosh xodimning karyera yo‘li va adliya tizimidagi imkoniyatlar — videoda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍115🔥5👏2🎉1
#Adliya_xabari

⚔️ Yangi O‘zbekistonning huquqiy poydevori bugun auditoriyalarda ham yaratilmoqda

Huquqiy davlatni faqat qonunlar emas, avvalo, shu qonunlarni yaratadigan, qo‘llaydigan va himoya qiladigan bilimli, mas’uliyatli hamda zamonaviy fikrlaydigan huquqshunoslar barpo etadi. Shu bois yuridik ta’limni takomillashtirish bugun strategik vazifaga aylanmoqda.

🎓 Yuridik ta’lim tizimida yangi avlod huquqshunoslarini tayyorlash uchun qator muhim yangiliklar joriy etilmoqda:
🔹 “litsey – universitet” uzluksiz ta’lim klasteri shakllantirilmoqda;
🔹 oliy ma’lumotga ega shaxslar uchun yurisprudensiya bo‘yicha ikkinchi mutaxassislik imkoniyati yaratildi;
🔹 “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” yo‘nalishlariga qabulda xalqaro standartlarga mos IQ test joriy etildi;
🔹 Toshkent davlat yuridik universiteti THE World Impact Rankings TOP-400 tarkibidan joy oldi;
🔹 ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va “Huquqiy texnologiyalar va sun’iy intellekt laboratoriyasi”ni tashkil etish belgilangan;
🔹 xorijiy universitetlar bilan 8 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishida double degree dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.

📖 Yangi davr huquqshunosi qanday bo‘lishi kerak? Yuridik ta’limdagi bu o‘zgarishlar kelajak yuristlariga qanday imkoniyatlar yaratadi?

Mustahkam yuridik ta’lim – huquqiy davlatning poydevori” maqolasida yuridik ta’limning buguni va kelajagi haqida batafsil tanishing.

👉 Maqolani to‘liq o‘qish

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚖️ “Madad” — huquqiy yechim izlaganlar uchun ishonchli manzil!

Har bir insonning muammosi turlicha. Ammo huquqiy yechim izlayotgan insonning ehtiyoji bitta — o‘z vaqtida malakali huquqiy yordam olish.

📊 Joriy yilning o‘zida 303 mingdan ortiq fuqaroning huquqiy masalalariga yechim topishda ko‘maklashildi.

🏢 Eng muhimi, huquqiy yordam faqat bitta ofis bilan cheklanmaydi. Respublikaning barcha hududlaridagi Davlat xizmatlari markazlarida

“Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari
faoliyat yuritadi.

Ularda fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berish, zarur hollarda nizolarni sudgacha yoki sud orqali hal etish uchun protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashish yo‘lga qo‘yilgan. (Advice.uz)

🤝 Muammo turlicha. Maqsad bitta — qonuniy yechim topish.

💬 Yechim izlayapsizmi? Sizga “Madad” bor!

🎥 Batafsil — videoda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏31👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚔️ Muallif huquqini himoya qilish — millat ijodiy salohiyatini himoya qilishdir!

Har bir qo‘shiq, she’r, kitob, musiqa yoki boshqa ijodiy asar ortida
muallifning mehnati, iste’dodi va intellektual salohiyati turadi. Muallif o‘z asaridan foydalanish va buning uchun haq olish huquqiga ega.

📊 2025–2026-yillar davomida:
🔹 300 dan ortiq muallifning huquqlari himoya qilindi;

⚖️ Bugungi huquqiy himoya tizimi mashhur ijodkorga ham, xalq artistiga ham, oddiy muallifga ham birdek ishlashi kerak. Chunki asosiy maqsad faqat huquqbuzarni jazolash emas, balki jamiyatda muallif mehnati va huquqlariga hurmat madaniyatini shakllantirishdir.

✍️ Muallifning qalamiga hurmat — uning mehnatiga hurmat. Muallif mehnatiga hurmat esa milliy ijod va madaniyatga hurmatdir.

🎥 Mualliflik huquqlari qanday himoya qilinmoqda? Batafsil — videoda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥54👏2🙏1