ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
#Live
#Adliya_xabari
🇺🇿 “Davlat organlari inson uchun ishlashi kerak, inson davlat organlari uchun emas”
Ayni vaqtda “Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida adliya vaziri Akbar Tashkulov nutq so‘zlamoqda.
⚖️ Vazir so‘nggi yillarda huquqiy davlat g‘oyasi nazariy tamoyildan kundalik davlat boshqaruvi mezoniga aylanib borayotganini ta’kidladi. Bu o‘zgarishlarning mohiyatini esa bitta muhim tamoyil ifodalaydi:
❗️ “Davlat organlari inson uchun ishlashi kerak, inson davlat organlari uchun emas.”
📲 Islohotlarning amaliy natijalari ham qayd etildi. Bugungi kunda davlat xizmatlarining 90 foizi onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda, 2026-yilning birinchi yarmida esa 460 mingdan ortiq notarial harakat masofadan turib rasmiylashtirildi.
🚀 Kelgusi bosqichda inson huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, qonunchilikni sodda va barqaror qilish, odil sudlovga erishishni yengillashtirish, davlat xizmatlarini proaktiv va avtomatik shaklga o‘tkazish hamda sun’iy intellekt va LegalTech asosida yangi avlod huquqiy ekotizimini yaratish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
🇺🇿 “Taraqqiyotning mustahkam poydevori — qonun ustuvorligi, inson huquqlariga hurmat va adolatli institutlardir.”
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

💬 “35 yil — tarix uchun katta davr emas. Ammo shu qisqa vaqt ichida O‘zbekiston o‘z davlatchiligini mustahkamladi, milliy huquq tizimini shakllantirdi va eng muhimi, inson qadri, huquq va erkinliklarini davlat siyosatining markaziga qo‘ygan yangi taraqqiyot bosqichiga kirdi”, — dedi adliya vaziri.
⚖️ Vazir so‘nggi yillarda huquqiy davlat g‘oyasi nazariy tamoyildan kundalik davlat boshqaruvi mezoniga aylanib borayotganini ta’kidladi. Bu o‘zgarishlarning mohiyatini esa bitta muhim tamoyil ifodalaydi:
❗️ “Davlat organlari inson uchun ishlashi kerak, inson davlat organlari uchun emas.”
📲 Islohotlarning amaliy natijalari ham qayd etildi. Bugungi kunda davlat xizmatlarining 90 foizi onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda, 2026-yilning birinchi yarmida esa 460 mingdan ortiq notarial harakat masofadan turib rasmiylashtirildi.
🚀 Kelgusi bosqichda inson huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, qonunchilikni sodda va barqaror qilish, odil sudlovga erishishni yengillashtirish, davlat xizmatlarini proaktiv va avtomatik shaklga o‘tkazish hamda sun’iy intellekt va LegalTech asosida yangi avlod huquqiy ekotizimini yaratish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
🇺🇿 “Taraqqiyotning mustahkam poydevori — qonun ustuvorligi, inson huquqlariga hurmat va adolatli institutlardir.”
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
#Live
#Adliya_xabari
Ayni vaqtda “Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda.
⚖️ Konferensiyada adliya vaziri Akbar Tashkulov ma’ruza qilib, mustaqillik yillarida O‘zbekiston huquqiy tizimida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga to‘xtaldi.
📌 Adliya vaziri ma’ruzasidan asosiy tezislar:
🔹 O‘zbekiston mustaqilligining 35 yillik taraqqiyot yo‘li davlat mustaqilligini mustahkamlash, milliy huquq tizimini shakllantirish hamda inson qadri, huquq va erkinliklarini davlat siyosatining markaziga olib chiqish davri bo‘ldi.
🔹 So‘nggi o‘n yillikda huquqiy davlat g‘oyasi nazariy tamoyildan kundalik davlat boshqaruvining muhim mezoniga aylandi.
🔹 2023-yilda umumxalq referendumi asosida qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekistonning huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilandi.
🔹 Inson huquq va erkinliklarining bevosita amal qilishi, qonunchilikdagi ziddiyat va noaniqliklarning inson foydasiga talqin etilishi konstitutsiyaviy prinsip sifatida mustahkamlandi.
🔹 Sud-huquq tizimida shaxs huquqlarini kafolatlash, qiynoqlarning oldini olish, majburiy mehnatga barham berish, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilik va amaliyot tubdan yangilandi.
🔹 Qonun ijodkorligining ochiqligi oshirilib, hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish, tartibga solish ta’sirini baholash va korrupsiyaga qarshi ekspertiza qilish mexanizmlari keng joriy etildi.
🔹 Endilikdagi asosiy vazifa qonunlar sonini ko‘paytirish emas, balki ularning sifati, barqarorligi va amalda ishlashini ta’minlashdir. Eskirgan va ortiqcha talablarni bekor qilish, fuqarolar va biznes uchun huquqiy tartib-taomillarni soddalashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
🔹 Davlat xizmatlarining asosiy qismi elektron shaklga o‘tkazilib, fuqarolardan davlat organlarida mavjud ma’lumotlarni qayta talab qilish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda.
🔹 2026-yilning birinchi yarmida 460 mingdan ortiq notarial harakat masofadan turib rasmiylashtirildi. Davlat xizmatlarining 90 foizi onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda.
🔹 Kelgusi bosqichda nizolarni sudgacha hal etish, mediatsiya va boshqa muqobil mexanizmlarni kengaytirish, professional yuridik yordam sifatini oshirish ustuvor vazifalardan bo‘lib qoladi.
🔹 Sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va transchegaraviy munosabatlar huquq tizimi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Sun’iy intellekt va LegalTech imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi avlod huquqiy ekotizimini shakllantirish maqsad qilingan.

“Bizning maqsadimiz — shunday huquqiy tizimni barpo etishki, unda qonun inson uchun murakkab to‘siq emas, balki uning huquq va manfaatlarini himoya qiladigan ishonchli vosita bo‘lsin.”
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2❤1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.
Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi.
Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi.
Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan:
– Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi;
– Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi.
Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash;
– Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;
– Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish;
– aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish;
– qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash;
– Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish;
– Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.
Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan.
Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.
Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi.
Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda.
Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Facebook|Instagram|X

👍5
#Live
#Adliya_xabari
⚔️ “Huquqiy davlat faqat qonunlar soni bilan emas, ularning sifati va asoslanganligi bilan ham baholanadi”
✅ “Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Mahmud Istamov ma’ruza qildi.
💬 Ma’ruzada yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekistonning huquqiy davlat sifatidagi konstitutsiyaviy maqomi mustahkamlangani, qonunlar nafaqat ustuvor, balki adolatli, oqilona va inson huquqlariga hurmat tamoyillariga asoslangan bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
📋 Shu maqsadda tadbirkorlik sohasidagi 42 mingdan ortiq majburiy talab qayta ko‘rib chiqilmoqda. Nomaqbul deb topilgan 2 500 dan ortiq talabni qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, 1 600 dan ortig‘i bekor qilindi.
📊 Dalillarga asoslangan norma ijodkorligi va tartibga solish ta’sirini baholash natijasida 2021–2025-yillarda qariyb 10 trln so‘mlik, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 1 trln so‘mlik ortiqcha xarajatlarning oldi olindi.
📈 Qonunlarning amalda qanday natija berayotganini aniq ko‘rsatkichlar orqali o‘lchash maqsadida “qonun uchun KPI” tizimi yo‘lga qo‘yildi. 2025-yilda 100 ga yaqin qonunchilik hujjatining samaradorligi baholandi.
🤖 Shuningdek, norma ijodkorligida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish, jumladan, “Law as Code” — “Qonun — kod sifatida” yondashuvini joriy etish istiqbollari qayd etildi. Huquqiy sohada innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan “Huquqiy innovatsiyalar laboratoriyasi”ni tashkil etish rejalashtirilmoqda.
🇺🇿 “Biz qurayotgan davlatda qonunlar nafaqat ishlashi, balki eng avvalo adolatli, oqilona va barqaror bo‘lishi shart.”

👍4❤2🔥2
ADLIYA YANGILIKLARI
#Live #Adliya_xabari Ayni vaqtda “Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda. ⚖️ Konferensiyada adliya vaziri Akbar Tashkulov ma’ruza qilib, mustaqillik…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
⚔️ Bitta notarial harakat uchun yuzlab kilometr yo‘l bosish shartmi?
Xizmat safaridasiz. Ammo boshqa hududdagi notarial harakatda sizning ham ishtirokingiz kerak. Safarni to‘xtatib, ortga qaytish shartmi?
❌ Endi shart emas.
💻 Ayrim notarial harakatlarni boshqa hududda, hatto xorijda turgan holda ham videokonferensaloqa orqali masofadan rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.
⏱️ Bu — ortiqcha yo‘l va ovoragarchiliksiz, vaqtni tejagan holda huquqiy masalani hal qilish imkoniyati.
🚘 Safar — davom etadi.
✅ Ish — hal bo‘ladi.
❓ Qanday qilib? Qaysi notarial harakatlarni videokonferensaloqa orqali amalga oshirish mumkin?
🎥 Batafsil — rolikda.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Xizmat safaridasiz. Ammo boshqa hududdagi notarial harakatda sizning ham ishtirokingiz kerak. Safarni to‘xtatib, ortga qaytish shartmi?
❌ Endi shart emas.
💻 Ayrim notarial harakatlarni boshqa hududda, hatto xorijda turgan holda ham videokonferensaloqa orqali masofadan rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.
⏱️ Bu — ortiqcha yo‘l va ovoragarchiliksiz, vaqtni tejagan holda huquqiy masalani hal qilish imkoniyati.
🚘 Safar — davom etadi.
✅ Ish — hal bo‘ladi.
❓ Qanday qilib? Qaysi notarial harakatlarni videokonferensaloqa orqali amalga oshirish mumkin?
🎥 Batafsil — rolikda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤3👍1😢1
#adliya_xabari
⚔️ Hududlarda “Adliya ayoli — 2026” respublika ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari o‘tkazildi
✅ Navoiy viloyati: “Adliya ayoli” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida ishtirokchilar huquqiy bilimlari va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarini namoyish etdilar.
✅ Sirdaryo viloyati: 7 nafar xodima ishtirok etgan viloyat bosqichida Sevara G‘apparova 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
✅ Farg‘ona viloyati: 11 nafar xodima huquqiy bilim va dolzarb masalalar yechimiga doir takliflari bo‘yicha bellashib, g‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✅ Andijon viloyati: 13 nafar xodima ishtirok etgan saralash bosqichida Oysaraxon Rustamova g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘l oldi.
✅ Qashqadaryo viloyati: 6 nafar xodima o‘rtasidagi bellashuvda Feruza To‘layeva 1-o‘rinni egalladi.
✅ Surxondaryo viloyati: Huquqiy test va qonunchilikka oid takliflarni himoya qilish shartlari yakunida D. Yo‘ldosheva g‘olib deb topilib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
✅ Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti: 5 nafar xodima ishtirok etgan saralash bosqichida Sevara Olimboyeva mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning final bosqichiga yo‘llanma oldi.
✅ Namangan viloyati: 12 nafar xodima ishtirok etgan viloyat bosqichida Shodiya Turg‘unova g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
✅ Xorazm viloyati: Matluba Masharipova hududiy bosqich g‘olibi deb topilib, “Adliya ayoli” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
✅ Samarqand viloyati: Kattaqo‘rg‘on tumani FHDY bo‘limi mudirasi N. Bobosherova viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
✅ Buxoro viloyati: Bosh maslahatchi Y. Nurtidinova viloyat bosqichida eng yuqori natijani qayd etib, “Adliya ayoli — 2026” tanlovining respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
✅ Jizzax viloyati: Viloyat bosqichida Zomin tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Gulzoda Mamatqulova 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
✅ Toshkent viloyati: “Adliya ayoli” tanlovining saralash bosqichida Toshkent viloyati FHDY arxivi 1-toifali inspektori Go‘zal Qodirova 1-o‘rinni egalladi.

❤8