ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️ O‘zbekiston xalqaro mediatsiya bo‘yicha Singapur konvensiyasiga qo‘shilmoqda

Senatning 18-yalpi majlisida O‘zbekistonning BMTning mediatsiya natijasida erishilgan xalqaro kelishuv bitimlari to‘g‘risidagi Singapur konvensiyasiga qo‘shilishini nazarda tutuvchi Qonun ma’qullandi.

⚖️ Qonun bilan qanday imkoniyatlar yaratiladi?
🔹 Xalqaro tijorat nizolari bo‘yicha mediatsiya orqali erishilgan kelishuvlarni Konvensiyaga a’zo davlatlarda soddalashtirilgan tartibda tan olish va ijro etish imkoniyati yaratiladi.
🔹 Tadbirkorlarning xorijiy hamkorlar bilan yuzaga keladigan nizolarni sudga murojaat qilmasdan, mediatsiya orqali tezkor va kam xarajat bilan hal etish imkoniyatlari kengayadi.
🔹 Xalqaro mediatsiya orqali erishilgan kelishuvlarning ijrosi uchun xalqaro huquqiy kafolatlar kuchayadi.

📌 Shu bilan birga, Konvensiya davlat organlari yoki ular nomidan harakat qiluvchi shaxslar ishtirokidagi kelishuvlarga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, u kelishuv taraflari Konvensiyani o‘z munosabatlariga qo‘llashga rozilik bildirgan taqdirdagina amal qiladi.

📈 Qonunning qabul qilinishi investorlar uchun huquqiy kafolatlarni mustahkamlash, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda O‘zbekistonning xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlardagi nufuzini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚔️ Har bir murojaat ortida inson taqdiri bor

Murojaatga javob berishning o‘zi yetarli emas. Muhimi — fuqaroning muammosi hal bo‘ldimi, buzilgan huquqi tiklandimi?

📊 2026-yilning birinchi yarim yilligida adliya organlari tomonidan:
🔹 36 347 nafar fuqaroning huquqiy himoyasi ta’minlandi;
🔹 5 113 nafar fuqaroning mehnat huquqlari tiklandi;
🔹 3 319 ta noqonuniy hujjat bekor qilindi;
🔹 288 nafar fuqaro ishga tiklandi.

Bu raqamlarning har biri ortida esa inson taqdiri, bir oilaning tashvishi va qaror topgan adolat turibdi.

📖 Adliya organlari inson huquqlarini himoya qilish uchun yana qanday amaliy natijalarga erishdi? “Har bir murojaat ortida inson taqdiri bor” maqolasida bu haqda aniq misollar va raqamlar bilan tanishing.

👉 Maqolani to‘liq o‘qish: [maqola]

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31
#Adliya_xabari

⚔️ Xorazmda to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi muammolar joyida o‘rganildi

⚔️Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Maxmud Istamov ishtirokida Xorazm viloyatida to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi.

👥 Qabulda 20 dan ortiq tadbirkorlik subyekti vakillari va sud boshqaruvchilari ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan masalalar hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

📌 Xususan, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi amaliy muammolar, davlat organlari axborot tizimlari integratsiyasi, mol-mulkni realizatsiya qilishga doir taqiqlar, shuningdek, banklar va ijro organlari
bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

⚖️ Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish hamda tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

📊 Sayyor qabul yakunida:
3 ta murojaat joyida hal etildi;
💬 7 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi;
📝 14 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituvga qabul qilindi.

🤝 Mazkur sayyor qabul tadbirkorlar va sud boshqaruvchilarini qiynayotgan masalalarni bevosita eshitish, ularga amaliy yechim topish hamda to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi tizimli muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#Adliya_xabari

⚔️ Xorazmda intellektual mulk masalalari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov ishtirokida Xorazm viloyatida fuqarolar va tadbirkorlarning intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi.

⚖️ Qabul davomida intellektual mulk sohasidagi murojaatlar bevosita tinglanib, ularni hal etish yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy ko‘mak berildi.

📊 Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra:
🔹 9 nafar jismoniy va yuridik shaxsga tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, ixtiro, foydali model va sanoat namunalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirishda amaliy yordam ko‘rsatildi;
🔹 7 nafar tadbirkorga intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi;
🔹 6 ta yozma murojaat joyida qabul qilinib, belgilangan tartibda rasmiylashtirildi;
🔹 qabulda 30 ga yaqin fuqaro ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha huquqiy maslahat oldi.

Sayyor qabul fuqarolar va tadbirkorlarning intellektual mulk bilan bog‘liq masalalarini bevosita o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda intellektual mulk huquqlarining ishonchli himoyasini ta’minlashga xizmat qildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥1
#Adliya_xabari

⚖️ Advokat mehnat shartnomasi asosida yuridik xizmat xodimi sifatida ishlashi mumkin emas!

📌 Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiyaviy sudning 2026-yil 12-iyundagi KSQ-4-son qaroriga ko‘ra, advokat davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat muassasalari va tashkilotlarida yuridik xizmat xodimi sifatida faoliyat yuritishi mumkin.

❗️Ammo bunda muhim jihat bor: advokat mazkur faoliyatni mehnat shartnomasi asosida emas, balki shartnomaviy-huquqiy asosda olib borishi mumkin.

☝🏻Ya’ni, sodda qilib aytganda, advokat tashkilot shtatiga xodim sifatida ishga qabul qilinmaydi, balki shartnoma asosida yuridik xizmat ko‘rsatadi. Bunday faoliyat advokatning davlat xizmatida ishlashi deb hisoblanmaydi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_ogohlantiradi

📞 “DXX xodimiman…” degan qo‘ng‘iroqlarga aldanmang!


Firibgarlar o‘zlarini davlat idorasi xodimi deb tanishtirib, bank ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishga urinishlari mumkin.

⚠️ Esda tuting:
🔹 SMS-kod, karta raqami va CVV-kodni hech kimga aytmang.
🔹 Shubhali qo‘ng‘iroqni darhol yakunlang.
🔹 Ma’lumotni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.

🛡 Ogoh bo‘ling — mablag‘laringizni himoya qiling!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
“TEKIN” MASHINA KERAKMI?

Bu — kiberjinoyatchilarning eng xavfli, zamonaviy qopqoni. Bu shunchaki “aksiya” emas — bu saboq. Adliya vazirligi huquqiy ong va kiberxavfsizlikni noodatiy formatda tushuntirdi. “Tekin” mashinaga ishonganlar haqiqatni anglab yetdi. Siz esavideoni ko‘rib, xulosa chiqaring!

Videoni ko‘rish 👉 https://www.youtube.com/watch?v=mxAJQlKSr3U
😢4
#adliya_aralashgach

⚔️ Adliya aralashuvi bilan fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanmoqda

Farg‘ona viloyati: Adliya bo‘limining sudga kiritgan da’vosi asosida fuqaroning ish staji bilan bog‘liq masala hal etilib, unga pensiya tayinlandi.

Samarqand viloyati: Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan fuqaro sud qarori bilan lavozimiga tiklanib, uning foydasiga 44,5 million so‘mdan ortiq ish haqi undirilishi belgilandi.

Sirdaryo viloyati: 72 yoshli fuqaroning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi tiklanib, undagi xato bartaraf etildi hamda yangi guvohnoma xonadonida topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi ko‘magida fuqaro foydasiga kompensatsiya pullari undirib berildi.

Jizzax viloyati: Zarbdor tumani adliya bo‘limi ko‘magida fuqarolarning uzoq yillardan buyon yechimini kutgan muammosi hal etildi.

Surxondaryo viloyati: Adliya aralashuvi bilan farzandining oliy ta’lim xarajatlari uchun fuqaroning daromadiga soliq imtiyozi qo‘llanilishiga erishildi.

Navoiy viloyati: Karmana tumanidagi yoshlar yetakchilarining oylik ish haqi biriktirilgan mahallalardagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda, qonunchilik talablariga muvofiq to‘lanishi ta’minlanadigan bo‘ldi.

Namangan viloyati: Adliya aralashuvi bilan fuqaroga 6 million 740 ming so‘m homiladorlik va tug‘ish nafaqasi tayinlanib, to‘liq to‘lab berildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🔥1👏1