ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

⚔️ Intellektual mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yanada qulay

Endilikda tovar belgilari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun talabnomalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham topshirish mumkin.

❗️Intellektual mulk — sizning bilimingiz, mehnatingiz va kelajakka qoʻshgan hissangizdir. Uni qonun bilan himoya qiling.

🎥 Batafsil maʼlumot — videoda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥51👍1👏1
#Adliya_xabari

Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi

🟢Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning muammolarini o'rganish va bartaraf etishning samarali usuli sifatida shaxsiy qabullarni tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 7-avgust kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 30 nafar (4 nafari onlayn tarzda) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarining notariat, mehnat qonunchiligi, davlat xizmatlari, nodavlat notijorat, tadbirkorlik, kadastr, uy-joy va boshqa masalalariga oid murojaatlari tinglandi.


🟢Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarning 5 tasiga joyida tushuntirish berilib, qolgan murojaatlar ijro uchun qabul qilindi hamda ularni qonun doirasida hal etish bo'yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🟢Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
#Adliya_xabari

Aholining ijtimoiy muammolariga amaliy yechim

Adliya vaziri tomonidan Yashnobod tumani Ahmad Yassaviy mahalla fuqarolar yig‘inida o'tkazilgan sayyor qabulda bildirilgan aholi muammolari joyiga chiqqan holda o'rganildi.

Jumladan, joriy yilning 8-avgust kuni mazkur mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning maishiy muammolari o‘rganilib, ularga homiylar yordamida qurilish materiallari taqdim qilindi.

Mazkur amaliy ko‘mak fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda xavfsiz va farovon muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍136🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ «Ijtimoiy ko‘mak», «Kompensatsiya puli» va «Moddiy yordam» niqobi ostida tarqatilayotgan soxta e’lonlarga ishonmang!

🔐 Davlat tomonidan Telegram kanallari yoki noma’lum havolalar orqali moddiy yordam puli ajratilmaydi. Shaxsiy ma’lumotlaringiz, bank kartasi rekvizitlari va SMS-kodlarni hech kimga bermang.

🛡 Ogoh bo‘ling! Shaxsiy va bank ma’lumotlaringizni himoya qiling.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️Endi bankdan 500 AQSH dollarigacha naqd chet el valyutasini hujjatsiz olish mumkin!

📌 Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan idoraviy hujjatga ko‘ra, endilikda banklardan 500 AQSH dollarigacha naqd chet el valyutasini sotib olishda pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat talab etilmaydi.

📅 Mazkur idoraviy hujjat (ro‘yxat raqami 2886-12, 2026-yil 8-may) joriy yil 9-avgustdan e’tiboran kuchga kirdi.

💱 Bunga qadar banklardan chet el valyutasini hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘lgan miqdor 100 AQSH dollarini tashkil qilar edi.

Adliya vazirligi aholiga yengillik yaratishga qaratilgan tashabbuslarni amaliyotga joriy qilishni o‘zining eng asosiy vazifalaridan biri deb hisoblaydi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2