#Adliya_aralashgach
⚔️ Adliya aralashuvi bilan bir oilaning 6 nafar farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirildi
📍Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Bektemir tuman hokimligi hamkorligida tumandagi "Iyk ota" mahallasida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo‘lmagan fuqarolarni aniqlash maqsadida xatlov o‘tkazildi.
🔍 Xatlov davomida mazkur mahallada yashovchi fuqaroning 6 nafar farzandi tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega emasligi va shu sababli oila uzoq yillar davomida huquqiy muammolarga duch kelib kelayotgani aniqlandi.
⚖️ Adliya organlari hamda tuman hokimligi tomonidan ko‘rilgan huquqiy va amaliy choralar natijasida muammo ijobiy hal etildi.
✅ Natijada 6 nafar bolaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berildi.
🤝 Fuqarolarning huquqlarini ta’minlash hamda ularni qiynayotgan huquqiy muammolarga yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤3👏3👍1
#Adliya_xabari
⚔️ Davlat xizmatchilarining kasbiy motivatsiyasi va barqarorligini oshirishga qaratilgan trening boshlandi
📍Samarqand shahrida davlat organlari xodimlari uchun “Davlat xizmatida kasbiy motivatsiya va barqarorlik” mavzusida trening o‘z ishini boshladi.
👥 Treningda mamlakatning turli hududlaridan 35 nafardan ortiq davlat organlari vakillari ishtirok etmoqda.
📚 Dastur davomida ishtirokchilar kasbiy motivatsiyani oshirish, stressni boshqarish, hissiy barqarorlikni mustahkamlash, samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kasbiy charchashning oldini olish bo‘yicha amaliy bilim va tajribalarni o‘zlashtiradilar.
⚖️ Ta’kidlanganidek, fuqarolarga sifatli va qulay davlat xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda, o‘zgarishlarga moslasha oladigan, mas’uliyatli va yuqori motivatsiyaga ega davlat xizmatchilarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝 Mazkur trening Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan.
✅ Tadbir davlat boshqaruvi tizimida inson kapitalini rivojlantirish, davlat xizmatchilarining kasbiy salohiyati va xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

❤3👍1🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⛏️ Adliya vazirligi “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi rezidentlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3893, 2026-yil 8-iyul).
📌 Ushbu Nizom “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi faoliyatini olib borish, yuridik shaxslarni maxsus zona rezidentlari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
🌍 Maxsus zonaning hududi Qoraqalpogʻiston Respublikasining butun hududi hisoblanadi.
🏢 Faqatgina Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida davlat roʻyxatidan oʻtgan holda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar rezident boʻlishi mumkin.
🆓 Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.
📅 Ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza taqdim etilgan kundan boshlab 30 kun ichida qabul qilinadi.
⚡️ Maxsus zona hududida mayningni amalga oshirish uchun yagona elektr energetika tizimidan olinadigan elektr energiyasidan foydalanishga ruxsat etiladi. Bunda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar o‘suvchi koeffitsient qo‘llaniladi.

👍5
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni
⚔️ Yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
📍"Yoshlar kuni" doirasida Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlar uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyushtirildi.
🏛 Sayohat davomida ishtirokchilar yurtimizning boy tarixiy merosi, ilm-fan taraqqiyoti hamda buyuk allomalarning ilmiy merosini aks ettiruvchi ekspozitsiyalar bilan tanishdilar.
📖 Shuningdek, markazdagi noyob qo‘lyozmalar, tarixiy eksponatlar va zamonaviy interaktiv namoyishlar orqali yoshlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tarixiy merosimizni chuqurroq anglashiga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini yuksaltirish hamda ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

❤5👍2🔥1
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar
⚔️ Yoshlar bilan ochiq muloqot va ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
📍Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
🤝 Muloqot davomida adliya organlarining faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar, bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish, ta’lim, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar hamda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
🏛 Uchrashuvdan so‘ng yoshlar bilan birgalikda qadimiy Poykent shaharchasi muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy tashrif amalga oshirildi.
📖 Muzeyda ishtirokchilar qadimiy kulolchilik buyumlari, noyob tangalar, arxeologik topilmalar hamda boshqa tarixiy eksponatlar bilan tanishib, Poykent shaharchasining boy tarixi va madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot oldilar.
✅ Tadbir yoshlarning milliy tarix va madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda Vatanga sadoqat, tarixiy xotiraga hurmat hamda milliy qadriyatlarga ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

❤2👍1🔥1