ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#oyning_eng_yaxshi_texnik_xodimi

Adliya vazirligi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Kenjayeva Marvaridxon Shuhrat qizi joriy yilning iyun oyi uchun “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

🤔Marvaridxon Kenjayeva 2025-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan. Hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichi talabasi.

✔️Marvaridxon Kenjayeva Adliya vazirligida o'z mehnat faoliyatini 2025-yilda boshlab, hozirda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2 ta Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarori xatlovdan o‘tkazish hamda ish yurituvida bo‘lgan 3 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda samarali faoliyat olib bormoqda.

🔖Faoliyati davomida fidokorona mehnati, intizomi va tashabbuskorligi bilan, hujjatlarning sifati va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlashda ham yuqori mas’uliyat va fidoyilik namunasini ko‘rsatmoqda.

Vazirlik jamoasi Marvaridxon Kenjayevani ushbu e’tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥8👍3
#Adliya_xabari

⚔️ So‘x tumanida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi

📍Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i hamda So‘x tumani hokimi tomonidan tumanning "Oftobru" mahallasida joylashgan texnikum binosida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

⚖️ Qabul davomida fuqarolarning huquqiy masalalar, meros, yer va mulk munosabatlari, davlat xizmatlaridan foydalanish, notarial harakatlar hamda sud-huquq sohasiga oid murojaatlari tinglandi.

📊 Sayyor qabulda 30 nafardan ortiq fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Shundan 22 nafar murojaatchiga amaldagi qonunchilik yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 8 ta murojaat nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

🤝 Sayyor qabul fuqarolarni qiynayotgan huquqiy masalalarni joyida o‘rganish, ularning murojaatlariga tezkor yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga xizmat qildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
🇺🇿O‘zbekiston delegatsiyasi BIMT Assambleyalarining 68-seriyasi yig‘ilishlarida ishtirok etmoqda

📍Shveysariyaning Jeneva shahrida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)ga a’zo davlatlar Assambleyalarining 68-seriyasi yig‘ilishlari boshlandi.
Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Adliya vaziri o‘rinbosari – intellektual mulk masalalari bo‘yicha milliy organ rahbari Muzraf Ikramov boshchiligida ishtirok etmoqda.

Assambleya doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi BIMTning O‘tish davri va rivojlangan mamlakatlar bo‘yicha bo‘limi direktori Habip Asan bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida:
O‘zbekiston va BIMT o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi;
2026-yilning uchinchi choragidan boshlab geografik ko‘rsatkichlarni tijoratlashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishga kelishib olindi;
O‘zbekistonning Lissabon bitimi doirasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xususan, milliy ekspertlar malakasini oshirish bo‘yicha BIMTning amaliy va ekspertlik ko‘magi davom ettirilishi muhokama qilindi.

Shuningdek, Habip Asan 2025-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “IP for Women” loyihasining yakuniy bosqichi yuqori saviyada tashkil etilganini alohida e’tirof etib, O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.

🌐Uchrashuv yakunida BIMT 2027–2030-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha Milliy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida ekspertlik, metodik hamda texnik ko‘makni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

🤝
Tomonlar O‘zbekiston va BIMT o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada kengaytirish hamda intellektual mulk sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni izchil amalga oshirishga kelishib oldilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥42
#Adliya_xabari

💼 Biznes muammolari endi e’tiborsiz qolmaydi: Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi amalda

📌 Oradan ikki oy o‘tdi. Shu vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi o‘z faoliyatini izchil yo‘lga qo‘ymoqda.

Ko‘pchilik “yangi agentlik nima bilan shug‘ullanadi?” degan savolni beradi. Aslida uning asosiy vazifasi moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalarni imkon qadar saqlab qolish, ularning faoliyatini tiklash va tadbirkorlarga amaliy ko‘mak berishdan iborat.

📈 Ilgari korxona iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolsa, bu ko‘pincha faqat sud jarayoni yoki tugatilish bilan bog‘liq masala sifatida qaralardi. Endilikda esa yondashuv o‘zgarmoqda. Asosiy e’tibor korxonani yopishga emas, balki uni tiklashga, ish o‘rinlarini saqlab qolishga va biznesning faoliyatini davom ettirishiga qaratilmoqda.

🤝 Agentlik o‘tgan ikki oy davomida ushbu yo‘nalishda tizimli ishlarni boshladi. Davlat organlari, ekspertlar, tadbirkorlik subyektlari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etilib, mavjud muammolar ochiq muhokama qilinmoqda.

📍 Xususan, 8-iyul kuni iqtisodiy nochor va zarar ko‘rib faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan masalalarni bevosita bayon qildilar, amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflarini bildirdilar.

⚖️ Bunday uchrashuvlar oddiy muloqot bilangina cheklanmaydi. Ularning asosiy maqsadi – qonunchilikni yanada takomillashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, biznes uchun qulay va shaffof mexanizmlarni yaratish hamda to‘lovga qobiliyatsizlik bilan bog‘liq jarayonlarni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etishdir.

🌍 Bugungi kunda dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy qiyinchilikka uchragan korxonani qo‘llab-quvvatlash iqtisodiyot uchun ham, davlat uchun ham, tadbirkorning o‘zi uchun ham eng maqbul yechim hisoblanadi. Chunki bu ishlab chiqarish quvvatlarini, ish o‘rinlarini va investitsiyalarni saqlab qolishga xizmat qiladi.

🔄 Shu bois Agentlik faoliyati ham aynan ochiq muloqot, hamkorlik va muammolarni joyida o‘rganish tamoyiliga asoslanmoqda. Har bir uchrashuv yangi takliflar, yangi yechimlar va biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy tashabbuslar uchun muhim maydonga aylanmoqda.

To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi o‘z faoliyatining dastlabki oylaridanoq biznes bilan bevosita muloqotni ustuvor yo‘nalish sifatida belgiladi. Bu esa kelgusida tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalarni sog‘lomlashtirish va mamlakat iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👏2🔥1
#Sayyor_qabul

❗️Toshloq tumanida tadbirkorlar va aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi

Toshloq tumanidagi 22-sonli musiqa va san’at maktabida Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari hamda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabul davomida 40 dan ortiq tadbirkorlar va aholining yer-mulk munosabatlari, meros huquqi, kredit olish, notarial xizmatlar hamda sud-huquq sohasidagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning 20 dan ortig'iga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 dan ortiq muammo o'z o'rnida bartaraf etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan 15 ga yaqin murojaat nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2👏1
🇺🇿 O‘zbekiston va Koreya Respublikasi intellektual mulk sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlamoqda

📍 Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tayotgan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)ga a’zo davlatlar Assambleyalarining 68-seriyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Adliya vaziri o‘rinbosari – intellektual mulk masalalari bo‘yicha milliy organ rahbari Muzraf Ikramov boshchiligida Koreya Respublikasi Intellektual mulk vaziri Kim Yong Sun bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida:

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida intellektual mulk sohasidagi strategik hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi;

KOICA dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi yuqori baholanib, uni samarali davom ettirish bo‘yicha fikr almashildi;

Intellektual mulk huquqlari buzilishi natijasida yetkazilgan zararni baholash va qoplash mexanizmlarini takomillashtirish, mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda ilg‘or Koreya tajribasini joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🌐 Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Koreya Respublikasi Intellektual mulk vazirligi o‘rtasida intellektual mulk sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumini imzolash bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishdilar.

🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar intellektual mulk sohasida institutsional hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni izchil amalga oshirish hamda tajriba almashishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🔥2