#Adliya_va_yoshlar
📚 Marhamatda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
📍Andijon viloyati Marhamat tumani Axborot-kutubxona markazida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida bitiruvchi yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
🤝 Ochiq muloqot davomida yoshlarning fikr va tashabbuslari tinglanib, ularga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim olish, kasb tanlash hamda o‘z ustida muntazam ishlashning ahamiyati haqida tavsiyalar berildi.
📖 Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, elektron va qog‘oz kitoblarning afzalliklari hamda zamonaviy ta’lim platformalaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida “Eng yaxshi o‘quvchi” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlandi hamda “Kitob sovg‘a” aksiyasi doirasida yoshlarga sara badiiy adabiyotlar taqdim etildi.
✅ Tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

👏5👍3❤2🔥1
#Adliya_va_yoshlar
🤝 Xo‘jaylida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan Xo‘jayli tumani Yoshlar markazida o‘quvchi-yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
💬 Ochiq muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda kelgusidagi reja va tashabbuslari yuzasidan fikr almashildi.
📚 Shuningdek, davlat tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
✅ Tadbir davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni hal etish hamda amaliyotga joriy etish yuzasidan mas'ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
🤝 Uchrashuv yoshlarning davlat organlari bilan ochiq muloqotini mustahkamlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

❤2👍1👏1
#Adliya_va_yoshlar
🤝 Kitob tumanida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
📍Qashqadaryo viloyati Kitob tibbiyot texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
💬 Ochiq muloqot davomida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, davlat yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda talaba-yoshlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.
📚 Shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlash, davlat ro‘yxatidan o‘tish, imtiyoz va subsidiyalardan foydalanish, kredit olish, mehnat va tadbirkorlik sohasidagi huquqlari yuzasidan murojaatlari tinglanib, ularga huquqiy maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
✅ Tadbir davomida yoshlarning muammo va takliflari o‘rganilib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda duch kelayotgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Uchrashuv yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

❤6
#Adliya_va_yoshlar
📚 Surxondaryoda kitobsevar yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
📍Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida yoshlar bilan kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
🤝 Uchrashuv davomida yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitob mutolaasining shaxs kamolotidagi o‘rni hamda zamonaviy bilimlarni egallashning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
✍️ Shuningdek, yozuvchi va shoirlar ishtirokida ijodiy uchrashuv o‘tkazilib, mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kitobxonlikni ommalashtirish hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
📖 Tadbir doirasida “Kitob sovg‘a” aksiyasi tashkil etilib, yoshlarga badiiy adabiyotlar taqdim etildi. Shuningdek, kitob klublari faoliyatini rivojlantirish, audiokitoblar va elektron kutubxona platformalaridan samarali foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
✅ Tadbir yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

👍8❤4🔥1👏1🎉1
#Adliya_xabari
🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti dunyoning TOP-500 talik universitetlari qatoridan joy oldi
🎓 Toshkent davlat yuridik universitetida Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan e’lon qilingan “THE Sustainability Impact Ranking 2026” natijalariga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
✔️ Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari Mirjalol Allakuliyev so'zga chiqib, universitetning xalqaro reytingdagi yuksak natijalari mamlakatimizda yuridik ta’lim sifatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy samarasi ekanini ta’kidladi.
🌍 Reyting natijalariga ko‘ra, universitet dunyoning 1 603 ta oliy ta’lim muassasasi orasida 401-o‘rinni egallab, TOP-500 talik universitetlar safidan joy oldi.
📚 Shuningdek, universitet SDG 4 – Sifatli ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 101–200-o‘rinni egallab, o‘tgan yilgi natijasini qariyb 200 pog‘onaga yaxshiladi hamda ushbu yo‘nalishda dunyoning eng yaxshi 200 ta oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin oldi.
📈 Bundan tashqari, SDG 5 – Gender tengligi va SDG 8 – Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish yo‘nalishlari bo‘yicha 101–200-o‘rin, SDG 16 – Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha esa 201–300-o‘rin qayd etildi.
🤝 Tadbirda ushbu natijalar ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy natijasi ekani ta’kidlandi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti dunyoning TOP-500 talik universitetlari qatoridan joy oldi
🎓 Toshkent davlat yuridik universitetida Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan e’lon qilingan “THE Sustainability Impact Ranking 2026” natijalariga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
🌍 Reyting natijalariga ko‘ra, universitet dunyoning 1 603 ta oliy ta’lim muassasasi orasida 401-o‘rinni egallab, TOP-500 talik universitetlar safidan joy oldi.
📚 Shuningdek, universitet SDG 4 – Sifatli ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 101–200-o‘rinni egallab, o‘tgan yilgi natijasini qariyb 200 pog‘onaga yaxshiladi hamda ushbu yo‘nalishda dunyoning eng yaxshi 200 ta oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin oldi.
📈 Bundan tashqari, SDG 5 – Gender tengligi va SDG 8 – Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish yo‘nalishlari bo‘yicha 101–200-o‘rin, SDG 16 – Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha esa 201–300-o‘rin qayd etildi.
🤝 Tadbirda ushbu natijalar ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy natijasi ekani ta’kidlandi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥3👏1🎉1