#Adliya_va_yoshlar
💻 Sirdaryoda yoshlar IT sohasidagi imkoniyatlar bilan tanishtirildi
📍Sirdaryo viloyatidagi IT Parkda “Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🤝 Tadbir davomida yoshlarga Prezidentimizning Yoshlar kuniga bag‘ishlangan murojaatida belgilangan ustuvor vazifalar, davlat tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.
🚀 Shuningdek, IT Park faoliyati, startap loyihalarini yaratish va rivojlantirish mexanizmlari, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Yoshlar mahalliy IT mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “Barakami” startap loyihasi bilan tanishtirildi.
💬 Uchrashuv yakunida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasidagi qiziqishlari o‘rganilib, ularni IT yo‘nalishida rivojlantirish, mavjud ta'lim platformalari va loyihalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✅ Tadbir yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

👍4
#Adliya_xabari
📊 Davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha trening boshlandi
📍Davlat organlari vakillari uchun “Maʼlumotlarga asoslangan davlat xizmati” metodologiyasiga bag‘ishlangan ikki kunlik trening o‘z ishini boshladi.
📈 Trening davomida ishtirokchilar ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqarish, samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) hamda dashboardlarni ishlab chiqish, dalillarga asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonlaridagi muammolarni aniqlash va ularning yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni oshiradi.
💻 Mazkur trening davlat xizmatlarini yanada sifatli, tezkor va fuqarolar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan holda tashkil etishda ma’lumotlardan samarali foydalanish madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.
🤝 Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.
✅ Trening yakunida ishtirokchilar davlat xizmatlari sifatini oshirish, boshqaruv qarorlarini ma’lumotlarga asoslangan holda qabul qilish va fuqarolar uchun yanada qulay xizmatlar yaratishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.

❤2
#Adliya_va_yoshlar
📚 Buxoroda kitobsevar yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
📍Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Kogon shahar “Zirabod” mahallasida tashkil etilgan kitob mutolaasi tematik zonasi faoliyati bilan tanishildi hamda kitobsevar yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🤝 Muloqot davomida yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’limga kirishdagi imtiyozlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, imtiyozli kreditlardan foydalanish, bandlikni ta’minlash hamda kasb-hunar egallashga qaratilgan davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📖 Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaaning shaxs kamolotidagi o‘rni hamda huquqiy bilimlarni muntazam oshirib borishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Tadbir yakunida yoshlarning savollariga javob berilib, ularning
taklif va tashabbuslari tinglandi. Faol ishtirok etgan yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi.
✅ Tadbir yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

❤1