ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 352-son qarori mazmun-mohiyati va Yagona milliy arxiv axborot tizimi to‘g‘risida BRIFING

🔵2026-yil 1-avgustdan boshlab davlat organlari va tashkilotlarida arxiv ishiga oid barcha hujjatlar va maʼlumotlar faqat elektron shaklda Yagona arxiv axborot tizimi orqali yuritiladi.

🔵Barcha tashkilotlar 2026-yil 1-noyabrga qadar operator bilan shartnoma tuzib, tizimga ulanishi kerak bo‘ladi.

🔵Davlat organlari va tashkilotlari mazkur axborot tizimiga ulanishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markaziga murojaat etishlari lozim.


👉Batafsil “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida o‘tgan brifingda


—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
2👍1
#Adliya_xabari

🏠 Xususiylashtirilgan uy-joylarga oid huquqni qo‘llash amaliyoti muhokama qilindi


📍Adliya vazirligi tomonidan xususiylashtirilgan uy-joylarga oid huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

🤝 Tadbirda sud, ilmiy doiralar, notariat va advokatura sohasi vakillari ishtirok etib, uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirish, jumladan meros ishlarini rasmiylashtirish, ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish hamda boshqa notarial harakatlarni amalga oshirish amaliyotidagi huquqiy masalalar muhokama qilindi.

⚖️ Shuningdek, xususiylashtirilgan uy-joyga nisbatan huquqlarga ega bo‘lgan shaxslar vafot etgan hollarda meros ishlarini yuritish hamda qonunchilik normalarini bir xilda qo‘llash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.

Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, sohalararo hamkorlikni mustahkamlash hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2👍1🔥1
Brenddan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi

Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish hamda mazkur huquqlarga hurmat hissini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari va huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llanilayotgan ta’sir choralarga qaramasdan hamon o‘zgalarning brendidan ruxsatsiz foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Jumladan, Adliya vazirligi tomonidan fuqaro M.Sultonovga tegishli “AMARA” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari fuqaro X.I. tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida fuqaro X.I. tomonidan “AMARA” tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilardan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish holatlari mavjudligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan fuqaro X.I. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

❗️Farg'ona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Toshloq tumanidagi "Yangi yoʻl" MFYda sayyor qabul o'tkazildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

❗️Andijonda xodimning ish haqi undirib berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
#Adliya_xabari

🍬 “Qo‘qon holvasi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

📍Farg‘ona viloyatiga xos bo‘lgan “Qo‘qon holvasi” Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📚 Tarixiy manbalarga ko‘ra, Qo‘qon shahri qadimdan hunarmandchilik va milliy qandolatchilik rivojlangan maskanlardan biri hisoblanadi. Aynan shu hududda shakllangan Qo‘qon holvasi o‘zining an’anaviy tayyorlash usuli, ta’mi va sifati bilan nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham e’tirof etilgan.

⚖️ Mahsulotning geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning nomi va an’anaviy tayyorlash texnologiyasining huquqiy himoyasini ta’minlaydi, shuningdek, mahsulotning o‘ziga xosligi va sifatini saqlashga xizmat qiladi.

🌍 Mazkur ro‘yxatga olish Farg‘ona viloyatining gastronomik merosini asrash, hududning milliy brendini rivojlantirish hamda uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum bir hududga mansubligini hamda uning sifati, shuhrati va o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hududning tabiiy-iqlimiy va ijtimoiy-madaniy omillari bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3👍3🔥2👏2🎉1
Intellektual mulk huquqlarini buzish holatiga chek qo‘yildi!

Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish hamda mazkur huquqlarga hurmat hissini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari va huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llanilayotgan ta’sirchoralarga qaramasdan hamon o‘zgalarning brendidan ruxsatsiz foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Xususan, Adliya vazirligi tomonidan fuqaro A. Akbarovga tegishli “SHARP” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlar “N.T.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “N.T.” MChJ tomonidan “SHARP” tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilardan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish holatlari mavjudligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “N.T.” MChJ rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🔥1
#Adliya_xabari

Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi

🟢Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning muammolarini o'rganish va bartaraf etishning samarali usuli sifatida shaxsiy qabullarni tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 3-iyul kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 18 nafar (4 nafari onlayn tarzda) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarining notariat, mehnat qonunchiligi, davlat xizmatlari, nodavlat notijorat, tadbirkorlik va kadastr masalalariga oid murojaatlari tinglandi.


🟢Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarning 2 tasiga joyida hal berilib, 16 ta murojaat ijro uchun qabul qilindi hamda ularni qonun doirasida hal etish bo'yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🟢Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥1