#adliya_xabari
Denovda “Dilorom COOP” ayollar kooperativining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Adliya vazirligi tashabbusi bilan kambag‘allikni qisqartirishning huquqiy mexanizmlarini amaliyotga joriy etish, aholining tadbirkorlik faolligini oshirish va xotin-qizlarni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan kooperatsiya modeli o‘zining dastlabki natijalarini bermoqda.
Kooperatsiya modeli bugungi kunda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi “Navkat COOP” hamda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Dilorom COOP” kooperativlari misolida amaliyotga tatbiq etilib, bu orqali kooperatsiyaning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy mexanizmlari sinovdan o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, kooperativ a’zosi Zebo Pardayeva Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirib qaytdi. U yerda o‘rganilgan ilg‘or tajriba asosida bugun Denovda qalampir yetishtirish loyihasini boshlab, yangi ish o‘rinlari va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish ustida ish olib bormoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

Mazkur loyiha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Madad” NNT hamkorligida amalga oshirilmoqda. Bugun Surxondaryo viloyati Denov tumanida tashkil etilgan “Dilorom COOP” ayollar kooperativining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Loyihaning asosiy maqsadi — tadbirkorlikka qiziqishi bor, ammo uni qanday boshlashni bilmayotgan, hunarli, intilishi bor xotin-qizlarga huquqiy va amaliy ko‘mak berish orqali ularning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishning samarali huquqiy mexanizmlarini shakllantirishdan iborat.
Kooperatsiya modeli bugungi kunda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi “Navkat COOP” hamda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Dilorom COOP” kooperativlari misolida amaliyotga tatbiq etilib, bu orqali kooperatsiyaning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy mexanizmlari sinovdan o‘tkazilmoqda.
“Dilorom COOP” kooperativi 200 nafar xotin-qiz ishtirok etgan tanlov asosida saralab olingan ishtirokchilar bilan faoliyatini boshladi. Qisqa vaqt ichida kooperativ atrofida kuchli jamoa shakllanib, ikki oy davomida ish bilan ta’minlanganlar soni 18 nafarga yetdi.
Kooperativ doirasida tikuvchilik, hunarmandchilik, asalarichilik, milliy taqinchoqlar tayyorlash, yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, dehqonchilik va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan 8 ta biznes modeli faoliyat yuritib, oylik aylanma mablag‘ 160 million so‘mga yetdi.
Kooperativ ishtirokchilariga Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda tashkil etish, bizneslarni rasmiylashtirish, shartnomaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, tovar belgilarini huquqiy muhofaza qilish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha huquqiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Loyihadan olinayotgan natijalar kelgusida kooperatsiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va yangi huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish uchun muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kooperatsiya — bu faqat biznes modeli emas. U xalqimizning azaliy qadriyatlari bo‘lgan hamjihatlik, o‘zaro ko‘mak va birlashib farovonlikka erishish tamoyillarining zamonaviy ifodasidir.
Bu model ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o‘rtasidagi ortiqcha vositachilarni qisqartirib, “daladan dasturxonga” tamoyili asosida mahsulotlarni birinchi qo‘ldan iste’molchiga yetkazish imkonini beradi. Shu maqsadda kooperativning dastlabki savdo do‘koni ham tashkil etildi.
Loyihaning eng yorqin natijalaridan biri — kooperativ rahbari Dilorom Yo‘ldoshevaning muvaffaqiyat hikoyasidir. Bir vaqtlar faoliyatini bitta tikuv mashinasi bilan boshlagan tadbirkor bugun o‘nlab xotin-qizlarni o‘z atrofiga birlashtirib, ularning bandligi va daromad manbai yaratilishiga hissa qo‘shmoqda.
Shuningdek, kooperativ a’zosi Zebo Pardayeva Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirib qaytdi. U yerda o‘rganilgan ilg‘or tajriba asosida bugun Denovda qalampir yetishtirish loyihasini boshlab, yangi ish o‘rinlari va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish ustida ish olib bormoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍25❤7🔥4
ADLIYA YANGILIKLARI
#adliya_xabari Denovda “Dilorom COOP” ayollar kooperativining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi Adliya vazirligi tashabbusi bilan kambag‘allikni qisqartirishning huquqiy mexanizmlarini amaliyotga joriy etish, aholining tadbirkorlik faolligini oshirish…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍22❤7🔥4👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Namanganda “Adolat sayli” huquqiy targ‘ibotning yirik maydoniga aylandi.
Namangan viloyatida Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Adolat sayli” keng jamoatchilik ishtirokida yuqori saviyada va katta ko‘tarinkilik ruhida o‘tkazildi. Xalqaro gullar festivali doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda 500 nafardan ortiq fuqarolar, yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda viloyat mehmonlari ishtirok etdi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bo

❤5👍5🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
❗️ Sh.Teshaboyev: Adliya orqali men adolat borligiga yana bir karra ishondim
Uchko'prik tumani adliya bo'limi tomonidan 1964-yilda Uchko'prik tumani To'qsonqovun qishlog'ida tug'ilgan Shavkat Teshaboyevning fuqarolik pasportini olish masalasida amaliy yordam so'rab qilgan murojaati o'rganib chiqildi.
O'rganishlar davomida Sh.Teshaboyev murojaati yuzasidan fuqarolik ishlari bo'yicha Qo'qon tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi va arizasi qanoatlantirib berildi.
Natijada Teshaboyev Shavkatjon 1985-yil 1-yanvardan buyon Uchko'prik tumani To'qsonqovun qishlog'ida yashaganlik fakti belgilandi.
Batafsil 👆
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Uchko'prik tumani adliya bo'limi tomonidan 1964-yilda Uchko'prik tumani To'qsonqovun qishlog'ida tug'ilgan Shavkat Teshaboyevning fuqarolik pasportini olish masalasida amaliy yordam so'rab qilgan murojaati o'rganib chiqildi.
O'rganishlar davomida Sh.Teshaboyev murojaati yuzasidan fuqarolik ishlari bo'yicha Qo'qon tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi va arizasi qanoatlantirib berildi.
Natijada Teshaboyev Shavkatjon 1985-yil 1-yanvardan buyon Uchko'prik tumani To'qsonqovun qishlog'ida yashaganlik fakti belgilandi.
Batafsil 👆
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3❤2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_adliya
#Adliya_xalq_orasida
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xalq_orasida
Navoiy viloyatida adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquqiy himoyasi ta'minlamoqda
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5❤3
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Qonun (O'RQ–1153-son, 15.06.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.
🔰 Mazkur Qonun o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e'tirof etish jarayonlarini jadallashtirish, amaliyotda yagona va izchil tartibni ta'minlashga qaratilgan.
💰 Kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarga ko'ra, soliq qarzdorligi tushunchasi aniqlashtirilib, qarzdorlik miqdori BHMning 30 baravaridan oshmagan ko'chmas mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni e'tirof etish yo'lga qo'yiladi.
⏳ Qonunda belgilangan muddatlar amaldagi 150 kundan – 50 kunga (3 baravarga) qisqartiriladi.
💸 1 martalik to'lovlarning 50 foizi belgilangan muddatda (20 ish kunida) to'liq to'langanda, uning qolgan qismiga chegirma beriladi.
☑️ To'lash imkoniyati bo'lmaganda fuqaroga soliq inspeksiyasi bilan shartnoma tuzish orqali mazkur mablag'ni 1 yildan 3 yilgacha bo'lib to'lashga ruxsat beriladi.
🔎 Ortiqcha egallangan yer uchastkasiga huquqni e'tirof etish mexanizmi yanada takomillashtirildi.
🗒 Xalq deputatlari kengashlari qarorlari huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga asos bo'lishi belgilandi.
✅ 2020-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-iyunga qadar yer uchastkasi uchun oshirilgan stavkada hisoblangan soliqlar jismoniy shaxslarga qo'llanilmasligi belgilandi.
🖇 Fuqarolarning vaqti va mablag'larini tejash maqsadida shikoyatlarni sudga qadar ko'rib chiqish mexanizmi kiritildi.
🔑 Yer uchastkasining qurilishi taqiqlangan hududga tushgan qismini chegirib tashlagan holda uning qolgan qismiga nisbatan huquqlarni e'tirof etish tartibi joriy etiladi.
🏛 Bino-inshootlar xususiylashtirilganligi to'g'risidagi ma'lumotni taqdim etishga tuman (shahar) hokimliklari ham mas'ul etib belgilandi.
Ushbu Qonun Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
❗️ Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e'tirof etish jarayonlari yanada soddalashtiriladi

❤14👍6🎉1
📌 Adliya vazirligi Nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadini krematsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3855, 2026-yil 11-iyun)
📄 Mazkur nizom nobud bo‘lgan hayvonlar jasadlarini ko‘zdan kechirish, tashish, vaqtincha saqlash va krematsiya qilish tartibini belgilaydi.
🔥 Krematsiya – nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadini maxsus texnik uskunalar (krematoriy) yordamida yuqori haroratda yondirish orqali ularning biologik qoldiqlarini to‘liq yo‘q qilish usuli.
📋 Nizomga muvofiq:
🔹 hayvon nobud bo‘lganligi aniqlanganda hayvon egasi yoki jasadni ko‘rgan shaxs tomonidan mas’ul shaxsga shu kunning o‘zida xabar berilishi;
🚚 jasad maxsus transport yoki yopiq konteynerlarda krematoriyga olib boriladi;
⏳ krematsiyagacha maxsus joyda saqlanadi, saqlash muddati qoidaga ko‘ra 24 soatdan oshmaydi;
🦠 yuqumli kasallik aniqlanganda yoki o‘lim sababi noma’lum bo‘lganda krematsiya amalga oshiriladi;
📝 krematsiyadan keyin qolgan kul va qoldiqlar yo‘q qilinadi hamda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
⚠️ Xavfsizlik talablari:
🦺 xodimlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi;
🧴 foydalanilgan joylar va uskunalar dezinfeksiya qilinadi;
🚫 jasadlarni ochiq holda tashish va saqlash taqiqlanadi.

❤8👍2🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🚀 Endilikda chet eldagi bizneslarga 200 000 $ gacha investitsiya qilish mumkin bo‘ladi!
📄 Adliya vazirligi Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 2536-3, 2026-yil 15-iyun).
📌 Hujjatga ko‘ra:
1️⃣ Rezidentlarning chet eldagi investitsiya faoliyati uchun bir kalendar yil davomidagi limitlar amaldagi 10 000 $ o‘rniga quyidagicha oshirilmoqda:
🔹 a) chet eldagi korxonalarining ustav kapitalini shakllantirish (ulushli ishtirok etish) va chet elda filiallar, vakolatxonalar va savdo uylari faoliyatini tashkil etishga:
– 💰 200 000 $ gacha, davlat ulushi mavjud bo‘lmagan korxonalar uchun;
– 💰 100 000 $ gacha, davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar uchun;
🔹 b) chet eldagi filial va vakolatxonalarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirishga:
– 💵 100 000 $ gacha, davlat ulushi mavjud bo‘lmagan korxonalar uchun;
– 💵 50 000 $ gacha, davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar uchun;
🔹 d) chet eldagi korxonalarining ustav kapitalini shakllantirish yoki ulushli ishtirok etishga – 10 000 $ gacha, jismoniy shaxslar uchun.
2️⃣ Banklar tomonidan kapital harakati operatsiyalari bo‘yicha qog‘oz jurnal hamda hujjatlarning nusxalari tikilgan yig‘majildlar yuritish talabi bekor qilindi.
💻 Bunda, jarayonni raqamlashtirish orqali ushbu operatsiyalarni ro‘yxatga olish Markaziy bankning “FERUz” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi belgilandi.
3️⃣ Kapital harakati operatsiyalari hisobini yuritish raqamlashtirilgani munosabati bilan ushbu operatsiyalarni faqat asosiy hisobvaraq ochilgan bank orqali amalga oshirish talabi bekor qilinmoqda.
🏦 Endilikda tadbirkorlik subyektlari kapital harakati operatsiyalarini ikkilamchi hisobvaraqlar orqali ham amalga oshirishlari mumkin.

❤7🔥2🙏1
#Adliya_xabari
🇺🇿🇺🇸 Adliya vaziri A.Tashkulov Kerolin Lemm bilan uchrashdi
📍Adliya vazirligida White & Case xalqaro yuridik firmasi hamkori, AQSH–O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikning bugungi holati hamda istiqboldagi yo‘nalishlari muhokama qilindi.
🤝 Muloqot davomida xalqaro investitsiya arbitraji sohasidagi hamkorlik hamda yuridik xizmatlar bozoridagi zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.
🎓 Tomonlar yuridik ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, talabalar va yosh mutaxassislar uchun xalqaro arbitraj va investitsiya huquqi yo‘nalishlarida seminarlar, mahorat darslari hamda stajirovka dasturlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
🌐 Shuningdek, xalqaro huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.

❤6👍5🔥4
#Hamdardlik
Adliya vazirligi jamoasi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Mamadjonov Sarvarjon Soliyevich hamda uning oila a’zolariga onasi — Xosiyatxon ona Hamidovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

🙏38😢8❤4
#Adliya_aralashgach
⚖️ Adliya aralashuvi bilan xodimning mehnat huquqlari tiklandi
🚑 Tez tibbiy yordam tizimida uzoq yillar mehnat qilgan fuqaro M.Boyquvatov ish staji uchun qonunchilikda belgilangan ustama pullari to‘lanmayotganligi yuzasidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.
🔎 Murojaat adliya organlari tomonidan o‘rganilib, fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida sudga da’vo arizasi kiritildi.
👨⚖️ Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro foydasiga 10 million 839 ming 898 so‘m miqdoridagi mablag‘lar undirib berildi.
✅ Natijada fuqaroning mehnat huquqlari tiklanib, qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

❤5🔥1