O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
KONSTITUTSIYAVIY SUDINING
MAJLISI
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi uchinchi qismi beshinchi xatboshisini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29, 65 va 141-moddalariga muvofiqligini aniqlash haqidagi masala muhokama qilindi.
Batafsil ⬅️

👍5❤4😢2
#Adliya_aralashgach
🎓 Adliya aralashuvi bilan pedagoglarning 358,8 million so‘mlik ustama pullari undirib berildi
⚖️ Samarqand viloyat adliya boshqarmasiga Nurobod tumanidagi umumta’lim maktablaridan birida faoliyat yuritayotgan bir guruh pedagoglar tomonidan murojaat kelib tushdi.
🔍 Murojaatni o‘rganish davomida 10 nafar pedagogga qonunchilikda nazarda tutilgan maxsus ustama pullari uzoq muddat davomida to‘lanmay kelayotgani aniqlandi.
📝 Adliya organlari tomonidan pedagoglarning ma’lumotlarini tegishli elektron platformaga kiritish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi hamda ularning manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizalari kiritildi.
👨⚖️ Sud qarorlariga asosan pedagoglarga 2025-yil sentyabr oyidan buyon to‘lanmay kelgan jami 358 million 880 ming 724 so‘m miqdoridagi maxsus ustama pullarini undirish belgilandi.
✅ Natijada pedagoglarning mehnat huquqlari tiklanib, qonun bilan kafolatlangan manfaatlari himoya qilindi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

❤2👍1🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
📊 Adliya vazirligi Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishning konseptual asoslarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3854, 2026-yil 10-iyun).
📄 Ushbu Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishning konseptual asoslari mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar tomonidan tuziladigan va taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning maqsadini ifodalaydi hamda moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishning asosiy tamoyillarini belgilaydi.
✅ Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda oʻrinlilik va haqqoniy (ishonchli) taqdim etish fundamental sifat tavsiflari hisoblanadi.
📈 Qiyoslanuvchanlik, tekshiriluvchanlik, oʻz vaqtida taqdim etish va tushunarlilik oʻrinli va haqqoniy (ishonchli) taqdim etishni taʼminlaydigan hamda maʼlumotning foydaliligini oshiradigan sifat tavsiflari hisoblanadi.
🏢 Hisobot beruvchi tashkilot faoliyatida moliyaviy holatni aniqlash bilan bogʻliq moliyaviy hisobot elementlari:
🔹 aktivlar;
🔹 majburiyatlar;
🔹 xususiy kapital.
📋 Hisobot beruvchi tashkilot faoliyatida moliyaviy natijalarni aniqlash bilan bogʻliq moliyaviy hisobot elementlari:
💰 daromad;
💸 xarajat.

🔥3
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar
🏐 Sport, muloqot va huquqiy bilimlar bir maydonda jam bo‘ldi
📍“Yoshlar kuni” munosabati bilan Guliston Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
🔹 Tadbir avvalida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i markazda sportchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulot jarayonlari hamda sport infratuzilmasi bilan tanishdi.
🏐 Shundan so‘ng tadbir doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va jamoaviylik muhiti yanada mustahkamlandi.
💬 “Rahbar va yoshlar” muloqoti ochiq va samimiy davra suhbati shaklida davom etdi. Unda yoshlarning huquq va majburiyatlari, sport sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📚 Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
✨ Mazkur tadbir yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda sportchi yoshlarni yangi marralar sari ruhlantirishga xizmat qildi.

🔥3❤2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
#Bolalar_huquqlari
Bolalar huquqlari — doimiy e’tiborda
📍Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Qashqadaryo viloyatidagi “Yosh alangachi” bolalar oromgohida bolalar va yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
⚖️ Tadbir davomida ishtirokchilarga bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va bullingning salbiy oqibatlari, ularning oldini olish mexanizmlari hamda bolalarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
💬 Ochiq muloqot davomida bolalarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, ularning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
🧠 Shuningdek, huquqiy viktorina tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Faollik ko‘rsatgan bolalar rag‘batlantirildi.
✨ Bunday tadbirlar bolalarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni o‘z huquqlarini biladigan va himoya qila oladigan shaxslar sifatida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

❤5👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Bir_murojaat_izidan
30 yillik orzu adliya ko‘magida ro‘yobga chiqdi
📍Farg‘ona viloyatida yana bir fuqaroning qonuniy huquqi tiklanib, fuqarolik masalasi ijobiy hal etildi.
👤 Malika Abdusamadoxunova Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Hayot taqozosi bilan 1981-yilda Qirg‘iziston Respublikasiga turmushga chiqib, uzoq yillar u yerda yashagan.
🏠 1999-yilda oilaviy sharoiti sababli O‘zbekistonga qaytgan bo‘lsa-da, fuqarolik masalasidagi huquqiy muammolar sabab uzoq yillar davomida o‘zini qiynab kelgan masalani hal qila olmagan.
⚖️ Adliya organlari ko‘magida fuqaroning murojaati o‘rganilib, tegishli huquqiy yordam ko‘rsatildi.
✅ Natijada Malika Abdusamadoxunovaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalasi ijobiy hal etilib, u qariyb 30 yildan so‘ng yana O‘zbekiston fuqarosi bo‘ldi.
🎥 Bu haqda batafsil videolavhada.

🔥4👍3👏2🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar
💡 Yoshlar uchun startap va tadbirkorlik saboqlari
📍“Startap loyihalar yaratish kuni” loyihasi doirasida Jizzax viloyatida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
🤝 Tadbirda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar uchun biznes-trening o‘tkazilib, muvaffaqiyatli brendlar asoschilari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
📈 Uchrashuv davomida biznes g‘oyani shakllantirish, biznes-reja tuzish, grant va investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishning muhim jihatlari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
💬 Ochiq muloqotda yoshlar bilan kelajakda muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi mas’uliyat, sabr-toqat, izlanish va bilimning ahamiyati haqida fikr almashildi.
📚 Ta’kidlanganidek, bugungi kunda yoshlar oldida turgan eng muhim vazifa — sifatli ta’lim olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda o‘z ustida muntazam ishlashdan iborat.
✨ Mazkur uchrashuv yoshlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yangi g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirishga ruhlantirishga xizmat qildi.

👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_aksiya
#Bolalar_va_yoshlar_huquqlarini_himoya_qilish
#Yoshlar_kuni
⚖️ Bolalar huquqlari — adliya himoyasida
📍Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Quvasoy shahridagi “Vodiy gavhari” bolalar oromgohida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
🔹Tadbir davomida bolalarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni o‘z huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Ochiq muloqotda bolalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, ularning huquqiy tushunchalarini mustahkamlashga qaratilgan qiziqarli mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
✨ Mazkur tadbir bolalarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilmoqda.
🎥 Batafsil videolavhada

👍4❤3👏1🎉1
#Adliya_xabari
⚖️ Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
📍Toshkent shahridagi “Renessans” kino uyida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, shu jumladan mualliflik haqi bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
🔹 Ma’lumki, joriy yil 1-iyun kuni Prezidentimiz rahbarligida madaniyat, san’at va adabiyot sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilgan edi.
🔹 Tadbirda Prezident Administratsiyasi vakillari, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Adliya vazirligi mas’ullari, ijodkorlar, san’at va madaniyat sohasi vakillari, huquqshunoslar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
💬 Muloqot davomida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilishning amaldagi mexanizmlari, ijodkorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mualliflik haqini hisoblash va to‘lash tizimini takomillashtirish, shuningdek, raqamli platformalarda mualliflik huquqlarini muhofaza qilish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.
📝 Ishtirokchilar tomonidan amaliyotda uchrayotgan muammolar, mavjud to‘siqlar hamda qonunchilikni takomillashtirishga oid taklif va mulohazalar bildirildi. Mutaxassislar tomonidan murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.
📚 Ta’kidlanganidek, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning ishonchli himoya qilinishi ijodkorlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish hamda mamlakatimizning intellektual salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝 Ochiq muloqot mualliflik huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, ijodkorlar bilan davlat organlari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash hamda mavjud muammolarga yechimlar ishlab chiqish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

❤4👍1