ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

📚 O‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta’lim maktabida Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida ochiq muloqot tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘quv yili yakunlangani bilan tabriklanib, ularning kelgusidagi ta’lim yo‘li va shaxsiy rivojlanishiga oid ezgu tilaklar bildirildi.

🔹Shuningdek, yoshlarga kundalik hayotda uchraydigan huquqiy munosabatlar, o‘z huquq va majburiyatlarini bilishning ahamiyati hamda huquqiy savodxonlikni oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

⚖️ Uchrashuvda advokatlar va huquqiy yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlar vakillari ham ishtirok etib, o‘quvchilarning savollariga javob berdi hamda bepul huquqiy maslahatlar taqdim etdi.

🎮 Tadbir doirasida Markaz tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy o‘yinlar amaliy sinovdan o‘tkazilib, o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

💬 Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, faol ishtirok etgan o‘quvchilar esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📌 Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning faolligini oshirish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
👍6🔥21
#Adliya_aralashgach

⚖️ Adliya aralashuvi bilan 101 nafar talabaning ta’lim olish huquqi tiklandi

🔹Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakultetining Davolash ishi va Pediatriya ishi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bir guruh talabalar kursdan-kursga qoldirilganidan norozi bo‘lib, adliya organlariga murojaat qildi.

🔹Mazkur murojaat Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan atroflicha o‘rganilib, talabalar manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga da’vo arizasi kiritildi.

🔹Sud muhokamalari natijasida universitet rektori buyrug‘ining tegishli bandlari bekor qilinib, jami 101 nafar talabaning o‘z kurslarida ta’limni davom ettirish huquqi tiklandi.

🎓 Mazkur holat yoshlarning ta’lim olish huquqini ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda qonun ustuvorligini qaror toptirish yo‘lidagi amaliy ishlarning yana bir natijasi bo‘ldi.

📌 Adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
8👍5🎉1
#Adliya_xabari

⚖️ Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

📍Qamashi tumanining Chim mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash hamda ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida fuqarolarga murojaatlar bilan ishlash tizimi, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda notinch oilalar bilan ishlash masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

🔹Shuningdek, sayyor qabulda 50 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi.

Qabul davomida 16 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi, 8 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.

📝 Qo‘shimcha o‘rganishni talab etgan 21 ta murojaat belgilangan tartibda ish yurituviga olinib, ijrosi nazoratga qo‘yildi.

📌 Bunday sayyor qabullar fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda davlat organlari bilan aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
👍43
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar

🎓 Sirdaryo viloyatida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


📍Toshkent kimyo-texnologiyalari universitetining Yangiyer filialida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Muloqot davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

🔹Ochiq muloqotda talaba-yoshlar huquqiy sohadagi yangiliklar, davlat xizmatlaridan foydalanish, mehnat va ta’limga oid huquqlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil javoblar oldi.

🔹Shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish va davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
4🔥2
#Adliya_xabari
#PQ_1

❗️ Avval ta'kidlaganidek, Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh bu gal nizoli oilalar bilan ishlashda mediatsiyaning ahamiyati hamda mahalla raislarini mediatorlik kurslarida o'qitish yuzasidan o'quv seminarida ishtirok etdi.

➡️ Andijon davlat universtitetida tashkil etilgan seminarda Adliya vazirligi hamda viloyat adliya boshqarmasi mas'ullari, Mahalla uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari, viloyatdagi mahallalar raislari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirok etib, profilaktika ishlarini manzilli va samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xususan, TDYU dotsenti, yuridik fanlar doktori A.Xaqberdiyev "Oilaviy nizolarni mediatsiya yo'li bilan hal qilish" mavzusida ma'ruza qilib, meditsiyaning ahamiyati, bugungi kunda qo'llanish sohasi hamda amaliyotdagi yangiliklar bo'yicha yig'ilish qatnashchilariga huquqiy tushunchalar berib o'tdi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥2👏1