ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📍 Adliya vaziri A. Tashkulov aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishdi

🔹Yashnobod tumanida aholi, ayniqsa yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda onlayn va kiberfiribgarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

🔹Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan 30-son umumta’lim maktabida tajriba-sinov tariqasida amalga oshirilgan “Axloqiy yuksalish sari 7 qadam” loyihasining natijalari muhokama qilindi.

🔹Tadbir davomida loyiha doirasida erishilgan natijalar, yoshlar tarbiyasi va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan amaliy yondashuvlar hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

💻 Alohida e’tibor kiberfiribgarliklarning oldini olish, yoshlarni axborot xurujlari va turli firibgarliklardan himoya qilish masalalariga qaratildi.


📌 Yakunda kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish hamda “Axloqiy yuksalish sari 7 qadam” loyihasini Yashnobod tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍75
#Tayinlov

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Norboev Anvar Abdisalimovich Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Anvar Norboev 1992-yilda Samarqand viloyati Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 3-darajali adliya maslahatchisi. 2017-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Ingliz va rus tillarini biladi.

Mehnat faoliyati:

— 2017-yilda Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasi 2-toifali ish yurituvchi kotibi;

— 2017–2018-yillarda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasida katta maslahatchi, yetakchi maslahatchi;

— 2018–2019-yillarda Adliya vazirligi Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasida yetakchi maslahatchi, bosh maslahatchi;

— 2019–2021-yillarda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi bosh maslahatchisi;

— 2021–2023-yillarda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamenti Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasidagi islohotlar natijadorligini tahlil qilish bo‘limining bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Adliya vazirligi jamoasi Anvar Abdisalimovich Norboevni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍2810
“O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Joriy yilning 4-iyun kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi “Ramadan” hamda “Kiyikchi” mahallasidan biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda har bir yoshning ma’lumoti, amaliy ko‘nikmalari hamda kelgusidagi mehnat faoliyatiga oid maqsadlari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, ularning ijtimoiy ahvoli va mavjud muammolari batafsil o‘rganildi.

Tahlillar asosida yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish, malaka oshirish kurslariga jalb etish hamda manzilli amaliy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

Belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.


“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
4
#Adliya_aralashgach

👩‍🍼 Yosh onaning qonuniy huquqi adliya aralashuvi bilan tiklandi

🔹Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahridagi umumta’lim maktablaridan birida faoliyat yurituvchi fuqaro homiladorlik va tug‘ruq ta’tiliga chiqqan bo‘lsa-da, unga to‘lanishi lozim bo‘lgan nafaqa mablag‘lari o‘z vaqtida berilmagani sababli adliya organlariga murojaat qildi.

🔹Murojaat adliya organlari tomonidan atroflicha o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotga taqdimnoma kiritildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro foydasiga 26 million 100 ming so‘m miqdoridagi homiladorlik va tug‘ruq nafaqasi undirilishi ta’minlandi.

⚖️ Shu tariqa, yosh onaning qonun bilan kafolatlangan huquqi tiklanib, murojaati ijobiy hal etildi.

📌 Adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
6👍3🔥2
#Intellektual_mulk

Adliya vazirligi tomonidan “ANDIJON DEVZIRA OSHI” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Andijon devzira oshi asrlar davomida shakllangan oshpazlik an’analari, o‘ziga xos tayyorlanish usuli va noyob ta’mi bilan ajralib turadigan milliy taom hisoblanadi. Ushbu osh turi asosan Farg‘ona vodiysida yetishtiriladigan mashhur devzira guruchi asosida tayyorlanadi.

Devzira guruchi o‘zining qizg‘ish tusli, zich va sifatli donalari bilan ajralib turib, oshga betakror ta’m, xushbo‘ylik hamda dona-dona ko‘rinish bag‘ishlaydi.

Geografik ko‘rsatkich maqomining berilishi “Andijon devzira oshi” nomi va uning an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qilish, mahsulotning o‘ziga xosligini saqlab qolish hamda uning sifat kafolatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌍 Mazkur maqom Andijon viloyatining gastronomik salohiyatini namoyon etish, milliy brendlarni rivojlantirish, turizmni qo‘llab-quvvatlash va o‘zbek oshpazlik madaniyatini xalqaro miqyosda targ‘ib etish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Andijon devzira oshi — nafaqat milliy taom, balki xalqimizning mehmondo‘stligi, qadriyatlari va boy madaniy merosining yorqin timsolidir.

📌 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum hudud bilan bog‘liqligini hamda uning sifati va obro‘-e’tibori aynan shu hududning tabiiy va ijtimoiy omillari bilan chambarchas bog‘liq ekanligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42👍2