#yoshlar_kuni
⚖️ Yoshlar murojaatlari va takliflari e’tibor markazida
📍“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Namangan tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🔹Tadbir davomida yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berishga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Ochiq muloqotda kredit va subsidiya olish, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kasb-hunar egallash, uy-joy hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
🔹Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari, mavjud imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berilib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar bildirildi.
✅ Tadbir davomida ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar esa mas’ul tashkilotlar nazoratiga olindi.
🎓 Shuningdek, joriy yilda oliy ta’lim muassasalarini bitirgan yoshlar bilan alohida uchrashuv o‘tkazilib, ularning bandligini ta’minlash, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar yuzasidan tavsiyalar berildi.
📌 Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

❤3
Forwarded from Rasmiy axborot
– Saida Mirziyoyeva
“Ushbu o‘zgarishlarni xalqaro hamkorlarimiz e’tirof etayotgani biz uchun alohida ahamiyatga ega. “Fitch” xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga yaxshiladi.
Bu xalqaro investorlar tomonidan mamlakatimizga bildirilgan yuksak ishonch belgisidir. Mamlakatimizning suveren kredit reytingini oshirish bo‘yicha ishchi guruh rahbari sifatida alohida ta’kidlamoqchimanki, biz hamkorlarimiz bilan faol aloqalarni davom ettiramiz”, - deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
#Adliya_xabari
📌 Adliya vaziri A.Tashkulov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi
📍O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Yashnobod tumanidagi “Barkamol” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
🔹Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari, huquqiy muammolari hamda ularni qiynayotgan masalalar tinglanib, har bir murojaat yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
✅ Jami 30 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi.
🔹3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi;
🔹5 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi;
🔹18 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.
📌 Sayyor qabul davomida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
⚖️ Inson manfaatlari — eng oliy qadriyat.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

👍5❤2🔥1