ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Rahbar_va_yoshlar

🎓 Talabalar uchun yangi imkoniyatlar: sport, muloqot va rag‘bat bir maydonda jam bo‘ldi

⚖️ Toshkent davlat yuridik universitetining 3-son talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan yangi sport infratuzilmalari foydalanishga topshirildi hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Tadbirda adliya vaziri A.Tashkulov ishtirok etib, talabalar uchun barpo etilgan futbol, voleybol va basketbol maydonlari faoliyati bilan tanishdi hamda sport inshootlarining ramziy ochilish marosimida qatnashdi.

🏃‍♂️Yangi sport maydonlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

💬 Shuningdek, talabalar bilan “Rahbar va yoshlar” formatidagi ochiq muloqot o‘tkazildi. Samimiy suhbat davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, yashash sharoitlari, ta’lim sifati, sport va dam olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


📚 Tadbir doirasida universitet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, ta’lim jarayonidagi yangiliklar, xalqaro hamkorlik loyihalari hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

🏆 Faol va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirishga ham alohida e’tibor qaratilib, stipendiya sohiblari hamda sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi.

📌 Bugun talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar nafaqat sifatli ta’lim olish, balki sog‘lom, faol va tashabbuskor avlodni voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
5👍4
🔈DIQQAT, TADBIRKORLAR! «OCHIQ MULOQOT 2026»GA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA!

Biznesingizda muammo bormi yoki tizimli yechimga ega taklif? Ularni qonun loyihasiga aylantirish imkoniyatini boy bermang. Respublika shtabida 40 dan ortiq vazirlik va idoralar ekspertlari Sizga ko‘mak berishga tayyor.

📞 Qisqa raqamlar: 1100, 1094

👍 Telegram bot: @ochiqmuloqot2026_bot

Shoshiling, o‘z kelajagingizni bugundan o‘zgartiring!

OCHIQ MULOQOT 2026
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Nikoh shartnomasining huquqiy ahamiyati, oilaviy munosabatlardagi o'rni va zamonaviy jamiyatdagi dolzarbligi yuzasidan

GAVHARJON IBODULLAYEVA

  “Shuhrat medali”, “El-yurt hurmati" ordeni sohibasi

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍4
#Tayinlov

Xorazm viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Atayev Moʻminjon Xursandovich Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Moʻminjon Atayev 1987-yilda Xorazm viloyati Xiva shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 2-darajali adliya maslahatchisi. 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

—2011–2013-yillarda Xorazm viloyati Xiva tumani “Xiva-sopoli” masʼuliyati cheklangan jamiyatida huquqshunos;

— 2013–2014-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi notarial arxiv arxivariusi;

— 2014–2016-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va FHDY organlari bo‘limi yetakchi maslahatchisi;

— 2016–2017-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi bosh maslahatchisi;

— 2017-yilda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘limi bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i;

— 2017–2022-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

— 2022–2024-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Tayinlovga qadar (2024-yildan) Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Adliya vazirligi jamoasi Moʻminjon Atayevni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍265🔥2👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Chet tili fani mavjud boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirishda xorijiy til bo‘yicha B1 sertifikati uchun 75 foiz ball beriladi

 
Adliya vazirligi Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3515-2, 2026-yil 2-iyun).

Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ko‘ra:
– endilikda ingliz tilidan beriladigan TOEFL iBT sertifikatining muvofiqlik darajasi 1–6 ballik tizim boʻyicha belgilanadi;

– bakalavriatning fanlar majmuasida chet tili fani mavjud boʻlgan taʼlim yoʻnalishlariga qabulda B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;

– pedagog xodimlarga ustama to‘lashda ingliz tilidan beriladigan TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlarining amal qilish muddati hisobga olinadi;

– kasbiy taʼlim tashkilotlarining pedagoglari xorijiy tilda maxsus fanlarni oʻqitganligi uchun ularning lavozim maoshiga nisbatan milliy va xalqaro tan olingan B2 sertifikati uchun 50 foiz, C1 sertifikati uchun 100 foiz miqdorda har oylik ustamalar beriladi;

– o‘qituvchilariga Digital SAT sertifikatining matematika bo‘limidan 750 va undan yuqori ball olgan taqdirda ustama belgilanadi;

– umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari oʻqituvchilariga B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatlar uchun ustama beriladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
16🔥4
#Tayinlov

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Jumanyozov Nodir Xudayberdiyevich Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Nodir Jumanyozov 1982-yilda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2003-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining bakalavr bosqichini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistratura bosqichini tamomlagan. 2013-yilda Koreya Respublikasining CHUNG-ANG CAU universiteti doktorantura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

— 2005–2006-yilda Adliya vazirligi Maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi;

— 2006–2009-yillarda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasida katta maslahatchi, yetakchi maslahatchi, bosh maslahatchi;

— 2009–2013-yillarda Koreya Respublikasining CHUNG-ANG CAU universiteti doktoranti;

— 2013–2017-yillarda Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i;

— 2017–2018-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Xalqaro aloqalar boshqarmasida sho‘ba mudiri;

— 2018-yilda Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i;

— 2018–2020-yillarda Adliya vazirligi tizimida Xalqaro-huquqiy hamkorlik hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro va xorijiy tashkilotlardagi manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan;

— 2020–2021-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;

— 2021–2022-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar (2022-yildan) Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.


Adliya vazirligi jamoasi Nodir Jumanyozovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍31🔥159🎉4👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1👏1
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
Adliya vaziri A.Tashkulov ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta'minlash, aholi muammolarini o'rganish hamda bandlikni ta'minlash maqsadida Yashnobod tumani “Barkamol” MFYda sayyor qabul bo’lib o’tmoqda.
👍82
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_kuni

❗️Marg‘ilon shahridagii "Hunarmandlar markazi" da "Rahbar va yoshlar " uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda

Tadbirda hunarmand yoshlarga qonunchilikdagi mavjud imkoniyatlar, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
6🔥3👏2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahalla_huquqshunosi

“Mahalla huquqshunosi”
loyihasi

Navbatdagi manzil: Namangan viloyati, Pop tumani, “Mustaqillik” mahallasi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥3
#Tayinlov

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Kudratov Inomjon Sattorqulovich Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Inomjon Kudratov 1978-yilda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2000-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetini, 2003-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

— faoliyatini 1997-yilda Sirdaryo viloyati Texnologik jihozlash boshqarmasi huquqshunosi lavozimida boshlagan.

— 2007–2009-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Notariat, FHDY va advokatura bo‘limining yetakchi maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i;

— 2009–2010-yillarda Adliya vazirligi Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasining yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi;

— 2010–2012-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va FHDY organlari bo‘limi boshlig‘i;

— 2012–2015-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;

— 2015–2017-yillarda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – advokatura bo‘limi boshlig‘i;

— 2017–2020-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;

— 2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasi a’zosi, qo‘mita raisining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Tayinlovga qadar (2025-yildan) Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Adliya vazirligi jamoasi Inomjon Kudratovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍218😢1
#Tayinlov

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Zohidov Jahongir Erkinovich Adliya vazirligi Davlat xizmatlari ko‘rsatilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Jahongir Zohidov 1987-yilda Samarqand viloyati Samarqand tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 2-darajali adliya maslahatchisi. 2011-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

— 2012-yilda Samarqand viloyati adliya boshqarmasida ish yurituvchi;

— 2013–2016-yillarda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limida katta maslahatchi, yetakchi maslahatchi;

— 2016–2018-yillarda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi;

— 2018-yilda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i;

— 2018–2020-yillarda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i;

— 2020–2023-yillarda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

— 2023–2024-yillarda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Tayinlovga qadar (2024-yildan) Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Adliya vazirligi jamoasi Jahongir Erkinovich Zohidovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍372👏1
#Tayinlov

Toshkent shahar adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Sodikov Ulugbek Igamberdiyevich Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Ulugbek Sodikov 1986-yilda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2006-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2008-yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

— 2007–2008-yillarda Adliya vazirligi Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasida 2-toifali ish yurituvchi kotib;

— 2008–2017-yillarda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasida katta maslahatchi, bosh maslahatchi, bo‘lim boshlig‘i;

— 2017–2019-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

— 2019–2020-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i;

— 2020–2022-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Tayinlovga qadar (2022-yildan) Adliya vazirligi Davlat xizmatlari ko‘rsatilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Adliya vazirligi jamoasi Ulugbek Sodikovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍46🔥1311👏4